2021 Oʻrxun-enasoy obidalarining oʻzbekistonda oʻrganilishi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 427,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix31.01.2023
ölçüsü427,25 Kb.
#99850
1   2   3   4   5
o-rxun-enasoy-obidalarining-o-zbekistonda-o-rganilishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
21 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
oʻrganishga qiziqish katta boʻldi. Shu sababdan, maqolada yodgorliklarning 
Oʻzbekistonda oʻrganilishi mavzusiga toʻxtalishni joiz topdik.
Oʻtgan yillar davomida umumturkologiya qadimgi turkiy yodgorliklar sohasida 
yangi yutuqlarni qoʻlga kiritdi, yangi yozuv yodgorliklari topildi va topilmoqda. 
Ilgari fanga ma’lum boʻlgan yozma yodgorliklar qadimgi turkiy tilning maxsuli 
sifatida ilmiy istifodaga kiritildi. Bu oʻrinda “Oltin yorugʻ” (IX asr) sutrasi, moniylik 
va buddaviylik oqimidagi yozma yodgorliklarning qadimgi turkiydan hozirgi oʻzbek 
tiliga qilingan tabdili nashrlarini eslash kifoya. Bulardan tashqari, Oʻzbekiston 
hududidan miloddan oldingi davrlarga va milodiy VII-VIII asrlarga oid turkiy-run 
yozuvidagi yodgorliklar topildi va tahlil etildi
1
. Shu bilan birga, Janubiy Sibir va 
Oʻzbekiston tuprogʻidan topilib, ilgari tahlil etilgan turkiy-run yozuvlari qaytadan 
deshifrovka qilindi. Qadimgi turkiy tilning manbalaridan Kulteginga bagʻishlangan 
yodgorlikning qiyosiy nashri va til xususiyatlariga bagʻishlangan asar ham aynan 
Oʻzbekisonda yaratildi
2
.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarini oʻrganishga A.Fitrat, O.Sharafiddinov, N. 
Mallayev, N. Mallayev, A.Qayumov, A.Rustamov, Gʻ.Abdurahmonov, E.Umarov, 
T.Salimov, B.Toʻxliyev, N.Rahmonov, Q.Sodiqov kabi oʻzbek olimlari ham 
oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshganlar. Jumladan, bu yodgorlikning topilish 
tarixi N.Mallayevning “Oʻzbek adabiyoti tarixi”, B.Toʻxliyevning “Oʻzbek 
adabiyoti”, A.Qayumovning “Qadimiyat obidalari” asarlarida yoritilgan. H.Zarif, 
M.Saidov, B.Sarimsoqov, M.Joʻrayev, S.Turdimov, A.Musaqulov, G.Akramov, 
J.Eshonqulovlar oʻz ishlarida bu borada u yoki bu darajada toʻxtalib oʻtganlar. Lekin 
bu umumturkiy ma’naviy merosimizni oʻrganishda Qosimjon Sodiqov va Nasimxon 
Raxmonov xizmatlari beqiyos
3
.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va 
obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. 

Yüklə 427,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə