3 amaliy mashg’ulot. Meva daraxtlarini payvand qilish usullari va tartibini o’rganish Ishning maqsadi



Yüklə 101,88 Kb.
səhifə4/4
tarix31.03.2023
ölçüsü101,88 Kb.
#103878
1   2   3   4
3-amaliy mashg\'ulot

Tilma payvand - qilishda payvandtagning pastki qismi 20 - 25 sm qoldirib, kesiladi. Keyin yer yuzidan 5-8 sm yuqori qismi qiya qilib, tana yo’g’onligining yarmidan oshirilmay bo’yiga kesiladi. Qalamchaning oxirgi kurtakdan pastki qismi uchi o’tkir ponasimon qilib ikki tomonidan yo’naladi, keyin kambiy qatlamlari bilan bir-biriga to’g’ri keladigan qilib, payvandtagning tilingan joyiga qo’yiladi. Bu usulda o’simlik barg yozmasdan oldin qanday payvand qilinsa, barg yozganidan keyin ham shunday qilinadi.
Qishki payvand - meva o’simliklarini faqat bahor va kuzda emas qishda ham payvand qilish mumkin. Qishda urug’ ko’chatlarini kovlashda qishki payvand uchun ulaming baquvvatlari ajratiladi va novdalar tayyorlanadi. Ular sovuq bo’lmaydigan binoda nam qumga ko’mib quyiladi. Qishki payvand yanvarda yoki fevral boshida istalgan yorug’ binoda ulanadi. Bunda urug’ ko’chatlar qo’shilgan joyidan olinib ildizlari yuvilib, loy qumlaridan tozalanadi, so’ngra ularga payvand ulanadi. Buning uchun urug’ ko’chatning ildiz bo’g’izi oldidan qiyshiq kesib tanasi olib tashlanadi va shunday yo’g’onlikdagi novdani olib, u ham qiyshiq kesiladi. So’ngra har ikkalasini kesigidan yorma tilcha chiqazi’adi, novda bilan urug’ ko’chat kesiklari bir-biriga ulanadi. Ulanganda ularning tilchalari bir-biri ring orasiga kirib turishi kerak. Ulangan joy lenta yoki po’stloq tola bilan mahkam bog’lanadi.


34





4 - rasm. Payvand turlari:
1-kurtak payvand; 2-qaIamcha payvand; 3-yorma payvand;
4-yonidan payvand; 5-iskana payvand.





5 - rasm. Payvandlash texnikasi:
A qalaincliadan qirqib olish; B-payvandtagda tayyorlangan
lu ik V qalumchadan ko’zni qirqib olish; G - kesikka ko’z qo’yish



35




Vazifa:

  1. Payvandlash usullari va texnikasi tartibi bilan tanishish.

  2. Qalamcha, qo’ndirma, iskana, tilma va kurtak payvandlashlami o’rganib, yozib olish.

  3. Olma, o’rik, nok, gilos, olcha kabi ekinlarda kurtak va qalamcha payvand yo’li bilan yetishtirilgan hosilli daraxtlami ta’riflang. Bunda qanday o’zgarishlami sezasiz?

  4. Klaster usulidan foydalanib, meva ekinlarini ko’paytirísh usullarini ko’rsating?





Yüklə 101,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə