3-mavzu: sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash. SINF RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USUllari. Reja


Sinfda intizomni mustahkamlash usullari



Yüklə 117,94 Kb.
səhifə12/15
tarix29.11.2023
ölçüsü117,94 Kb.
#140136
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
3-mavzu sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshiri

Sinfda intizomni mustahkamlash usullari.
Sinf rahbari o‘z o‘quvchisini doimo o‘rganib borrishi uchun faqat o‘quvchilar bilangina emas, balki o‘qituvchilar bilan, o‘quvchilarning otaonalari bilan ham ish olib borishi kerak. Sinf xonasining jihozi va ko‘rinishi o‘quvchilarning estetik tarbiyasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Sinf rahbarining ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalanish, o‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtlaridan foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda ularni har tomonlama kamol toptirishga yordam beradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilarning jamoat topshiriqlarini bajarishni, to‘garaklarda ishtirok etishini nazorat qilish kerak.
Bolalarni sevish, ularni hurmat qilish yaxshi xislatlarga yuzaga keltirishi mumkin. Agar o‘qituvchi o‘z o‘quvchilariga nisbatan befarq, ayniqsa mensimasdan munosabatda bo‘lsa, bunday o‘qituvchini o‘quvchilar hurmat qilmaydi va obro‘si tushib boradi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishilarini topib joriy etishga boliq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holda keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsina qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. O‘zbekistonda yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ular ongiga umuminsoniy va milliy-madaniy , ma'naviy, axloqiy qadriyatlarni singidirshi talab etiladi.
O‘quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda sinf rahbari o‘z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo‘yadi.
- yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma'naviy tarixiy an'analarga, urf-odatlari hamda umubashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishidir.
- shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishi.
- yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishni shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish.
- o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyachtlar, vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish.
- har bir o‘quvchini bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab ularni rivojlantirish, inson faoliyatining turli sohalarda joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratish.
- insonparvarlik odobi me'yorlarini shakllantirish, bir-birini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitilishlarga toqatsizlik, muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg‘onchilik, tuxmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo‘llanilishi lozim.
- vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayoitgan odamlar bilan o‘zaro mnuosabat-muloqotni o‘rganish, o‘z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga , bayrog‘iga, gerbiga, madhiyasiga, Prezidentga sadoqatli qilib tarbiyalash.
- qonuniy jamoa axloqli va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas'uliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoiyilik, ekologik talim-tarbiya berish.
- mustaqil Respublikamiz O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish, uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ochiq oshkora tashqi siyosatiga va o‘z xalqining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatni to‘g‘ri tushuntirmog‘i kerak.
- turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarni shakllantirish.
- sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish.
- yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
- barkamol avlodga xos odoblilik san'ati va madinyatini o‘rgatish.
- o‘zbek xalqining milliy urf-odati, an'ana va qadriyatlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish.
- insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma'naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar etish.
- markaziy Osiyo mutafakkir va ma'rifatparvarlarning asarlaridagi hikmat, o‘git va nasihatlarni o‘rgatib, ularga amal qilishni uqtirish.
- tabiatga to‘g‘ri munosabatning mohiyatini, tabiatni muhofaza qilish insonning burchi ekanligini, ekologik nochorlikka olib keladigan sabablarni anglash va baholash bo‘yicha bilimlar berish.
- ota-ona va vatan oldidagi burchni va unga sodiqlik nima ekanligini anglatish.
- o‘z-o‘zini anglash, shart-sharoitlarini, inson qadri va xo‘rligini anglash, uning tabiatini, milliy va umuminsoniy madaniyatini, ona tilini saqlash, ma'naviy taraqqiyotni bozor iqtisodiyoti bilan uzviy rivojlanishini tushuntirib berish.
- yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo‘lish, yaxshini-yomonni ajrata olish bilimiga ega bo‘lishini tushuntirish.
- ta'lim-tarbiya jarayonida beriladigan bilimlar yaxlit va ijtimoiy shart-sharoitlar, milliy va tarixiy, ma'naviy omillar, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish.
- o‘quvchilarni bilim olish bilan birgalikda yuksak insoniy komillik mohiyatini tushunib amal qilishga o‘rgatish.
- darslarda ma'naviy, ma'rifiy, iqtisodiy, huquqiy, kasbiy tushunchalarning mohiyatini uzluksiz anglatib borishi muhimdir.
- odob- xloqqa xos sifatlarni o‘quvchilarning kundalik ehtiyojiga aylantirish.
- o‘quvchilarda mehnat ko‘nmkmalarini, ijodiy mustaqil fikrlashni, kasb tanlashga va atrof olamga ongli munosabatni hosil qilish.
- axloqiylikning oddiy hayotiy qoidalari bo‘lishi kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, oilada bir-birini e'zozlash, mehmon kutish va boshqalarni kundalik turmushga singdirib borishi. Bolalarni tarbiyalashda (o‘quvchi) o‘qituvchi quyidagilarni hisobga olishi kerak.
- tarbiyaning o‘quvchilar ruhiyati va yosh xususiyatiga mosligini hisobga olish.
- o‘quvchilarning aqli-ma'naviy munosabatlari ta'siri o‘rganish.
- o‘qituvchi-tarbiyasining savodxonlik darajasi, san'at va mahorati.
- o‘quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda darslarni ijodiy, noan'anaviy, suhbat, o‘yin, tabiatda, baxs-munozara, uchrashuv shaklida bo‘lishi maqsadga muvfoiqdir.
Pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda o‘qituvchi quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim.
1.Zamonaviylik ta'lim-tarbiya amaliyotga asoslangan tajriba, sinovdan o‘tgan didaktika sohasidagi yangiliklarni joriy etish.
2.Tarbiya mazmunini uzluksiz yangilab borish.
3.Umumiy va milliy qadriyatlar sohasidagi yangi-yangi ijodlarni o‘rganib borish.
4.Tarbiya jaaryonida o‘qituvchi bilan o‘quvchi faoliyatini optimallashtirish, faollashtirish. Ularning ichki ruhiyati va tarbiya darajasini kengaytirish.
5.Ilmiylik yangi usul, vosita muammosi holatlaridan foydalanib, o‘quvchilairni mustaqil fikrlash va o‘zini anglashga o‘rgatish.
6.Buning uchun bolalarni rejadagi mavzular asosida amaliy faoliyatga jalb etish muhimdir.
7.Ilg‘or tajribalarga suyanish.
8.Tarbiyaning maqsadini aniqligi, mazmunining zamonaviyligi. Milliy ma'naviy qadriyatlar bilan boyitilishi, o‘quvchining ijodiy mustaqil faoliyati, tarbiya jarayonida maqol, matal, ertaklardan o‘rinldi foydalanish, o‘yin test savollari, ko‘rgazmali qurollar, savol va topshiriqlardan foydalanish.
9.Yangi pedagogik texnologiyani amalga oshirish uchun o‘qituvchi nazariy chuqur bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
1-2-3-4-sinflarda darslarni turli shakllarda tashkil etish lozim.
1. O‘yin, suhbat, bahs, uchrashuv, ertalik, oilada, jamoat joylarda, mahallalarda har bir dars maqsadining aniqligi, tarixiyligi va zamonaviyligi bilan odob-axloq tushunchalarini tarbiyalashga qaratilishi.
2. O‘quv mashg‘ulotni rang-barang usullari audio, video, ko‘ragazmalilik, jonli so‘z ta'sirida tashkil etilishi.
3. O‘qituvchini yangi texnologik mahoratga ega bo‘lishi va ijodkorligi.
Tarbiyaviy soatlarni maqsadiga ko‘ra xilma-xil shakllarida tashkil etish.
1.Ijodiy dars. 2.Ertalik darsi. 3.Bahs. 4.Suhbat. 5.Sayohat darslari. 6.Uchrashuvli dars.
Yangi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga odatlantirish maqsadida kino, televidenie, ma'naviy o‘yinlar, mushoiralar qo‘llanilishi mumkin. Kishilik jamiyatining har bir sohasi yoki ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilishda insondan mahorat talab etishini xalq og‘zaki ijodiyotida, yozma yodgorliklarida, afsona, doston, qissa, hikoya, rivoyatlarda, hamda hurfikrli, dono, ma'rifatparvar, mutafakkirlarimizning asarlarida atroflicha talqin etilgan. Shu asarlardan o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda bu asarlardan keng foydalanish mumkin. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyasi, odobligi, uning muomalasida namoyon bo‘ladi.



Yüklə 117,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə