4-Mavzu: Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja


Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “Men va jamiyat” deb nomlanib, u quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir



Yüklə 43 Kb.
səhifə7/19
tarix11.05.2023
ölçüsü43 Kb.
#109552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
4-Mavzu Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja

Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “Men va jamiyat” deb nomlanib, u quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:
1) Go‘daklik tug‘ilgandan to 1 yoshgacha,
2) Maktabgacha yoshdagi bolalar 3 yoshdan 6 yoshgacha,
3) O‘smirlar 10 yoshdan to 15 yoshgacha.
D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli o‘laroq, o‘smirlik davrini uch bosqichga ajratadi. Uning mulohazasiga ko‘ra, birinchi bosqich (1011 yosh) o‘ziga munosabatni kashf qilishdan iborat bo‘lib, o‘zini shaxs sifatida his qilish va qat’iy qarorga kelish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqich 1213 yoshdagi o‘smirlarni o‘z ichiga olib, bir tomondan, o‘zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi tomondan, o‘ziga salbiy munosabatda bo‘lish xususiyatiga ega. Uchinchi bosqich 1415 yoshli katta yoshdagi katta o‘smirlardan iborat bo‘lib, tezkorlikda o‘zo‘zini baholashga moyil munosabati bilan tavsiflanadi.
Bolalarda “Men jamiyat ichida” pozitsiyasi ilk bolalik, kichik maktab yoshidagi, yuqori sinf o‘quvchilik davrlarida faollik keng ko‘lamda quloch yoyadi, chunki mazkur taraqqiyot bosqichida faoliyatning amaliy predmetli jihatlari jadal o‘sishda bo‘ladi. Ularda “Men va jamiyat” pozitsiyasi vujudga kelishi maktabgacha tarbiya yoshi, o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri kelib, ular tomonidan ijtimoiy xattiharakatlarning normalari va qoidalarini o‘zlashtirish, shaxslararo munosabat o‘rnatish, o‘zaro muloqotga kirishish xususiyati bilan tavsiflanadi. Ana shu murakkab sotsialpsixologik holatlarga asoslangan holda D.I.Feldshteyn bolaning ijtimoiy taraqqiyotida uning jamiyatga nisbatan munosabatining asosiy (bosh) va oraliq toifalarga ajratadi. Bolada jamiyatga nisbatan oraliq munosabatning shakllanishi ijtimoiylashuv, individuallashuvning tarkibiy qismlarini egallash va bir davrdan ikkinchisiga o‘tishi natijasida yuzaga keladi. Asosiy (bosh) munosabat shaxsning rivojlanishida keskin siljish nuqtalarining paydo bo‘lishi, ichki sifat o‘zgarishlarining vujudga kelishi va unda yangi xislatlarni tarkib topishining mahsulidir.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi nazariyasi ontogenezda yuz beradigan barcha psixologik holat va fazilatni izohlab berish imkoniyatiga ega emas. Lekin u ta’limtarbiya sifatini oshirishga va takomillashtirish jarayoni (faoliyati) ga ijobiy ta’sir o‘tkazish xususiyati bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, hamdo‘stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiymetodologik negizga ega bo‘lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo‘lib xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni echishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Ammo ontogenezda shaxsning shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariya yaratish mavrudi etib keldi.

Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə