4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja


 Sintetik va analitik (tahliliy) hisob



Yüklə 283,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix27.03.2022
ölçüsü283,44 Kb.
#84776
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4 ва 5мавзу маъруза

4.3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob 

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘larning holati turli tuman 

bo‘lib,  ularni  to‘liqligini  nazorat  qilish  buxgalteriya  hisobi  zimmasidadir. 

Mablag‘larni  turlari  bo‘yicha  hisobga  olishda  buxgalteriya  hisobi  schyotlaridan 

foydalaniladi.  Har  bir  schyot  bir  turli  mablag‘lar  harakatini  hisobga  olish  uchun 

belgilangandir. 




Masalan:  «Kassa»  schyotida  faqat  kassadagi  pul  mablag‘larining  kirim-

chiqimi hisob-kitob qilinadi va bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi. 

Demak,  schyotlar  yordamida  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  zimmasidagi 

mablag‘lar harakati turlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Nazorat ishlarida mablag‘lar 

harakati o‘lchov birliklari bo‘yicha va pul ifodasida olib boriladi. 

Har  bir  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  o‘z  mablag‘larini  to‘liqligini,  undan 

samarali  foydalanishni  nazorat  qilib  borish  maqsadida  sintetik  va  analitik  hisob 

schyotlaridan foydalanadi. Sintetik schyotlar deb, xo‘jalik mablag‘lari harakatini va 

ular  tashkil  topish  manbalari  holati  haqidagi  ma’lumotlarni  umumlashtirib,  pul 

o‘lchov  biriligida  aks  ettiriladigan  schyotlar  tizimiga  aytiladi.  Sintetik  schyotlar 

orqali yuritiladigan hisob esa, sintetik hisob deb ataladi. 

Analitik  (tahliliy)  hisob  schyotlari  esa  xo‘jalik  mablag‘lari  va  ularning 

manbalari  haqidagi  ma’lumotlarni  alohida  turlari  bo‘yicha,  aniq  ko‘rsatkichlar 

orqali ifodalaydi. Ya’ni, sintetik schyotlardagi yozuvlarni turlari bo‘yicha tarkibiy 

qismlarga bo‘lib o‘rganuvchi schyotlar analitik schyotlar deb aytiladi.  

Analitik  hisob  schyotlari  miqdori  u  qo‘llanayotgan  korxona,  tashkilot  va 

muassasaning  iqtisodiyotning  qaysi  tarmog‘ida  ekanligi,  ularning  faoliyati  katta 

yoki  kichikligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Quyidagi  misollar  orqali  sintetik  va  analitik 

schyotlarni  bir-biridan  farqi  va  shu  bilan  birga  ularni  o‘zaro  bog‘liqligini  ko‘rib 

o‘tamiz. 

Misol uchun “Yoqilg‘ilar schyoti”ni olaylik: 

Boshlang‘ich  qoldig‘i  5000000  so‘m,  oy  davomida  kirimga  qabul  qilingan 

yoqilg‘ilar summasi 1456000 so‘m; 

Misolimizdan ko‘rinib turibdiki, kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi 

pulda  ifodalangan,  lekin  “Yoqilg‘ilar”  schyotida  uning  miqdori,  assortimenti,  bir 

birlik  mahsulot  bahosi  ko‘rsatilmadi.  Chunki,  yuqorida  sintetik  schyotlarda 

mablag‘lar harakati faqat pulda hisobga olinishini ta’kidlagan edik. 

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  faoliyatida  mablag‘larning  har  bir  turining 

harakati  alohida  o‘rganilishi  lozim,  chunki  ularni  harakatini  to‘g‘ri  tashkil  qilish 

birinchidan, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlash bo‘lsa, ikkinchidan ularning 

turlari  bo‘yicha  mulkning  but  saqlanishi  ustidan  nazorat  qilish  uchun  etarli 

ma’lumot olishdir. 

Analitik  hisob  yordamida  mol-mulk  va  ularning  manbalari  turlari  bo‘yicha 

o‘rganish uchun asos yaratiladi. Analitik hisob mahsulot turlari bo‘yicha alohida-

alohida yuritiladi va buning uchun maxsus analitik kartochkalardan foydalaniladi. 

Analitik  kartochkaning  tuzilishini  yuqoridagi  misol  shartlaridan  foydalanib 

quyidagicha ko‘rinishdagi jadvalni keltiramiz: 


Yüklə 283,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə