4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja



Yüklə 283,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix27.03.2022
ölçüsü283,44 Kb.
#84776
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4 ва 5мавзу маъруза

 

 

4.4.  Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish. 

Xo‘jalik  faoliyatiga  rahbarlik  qilish  va  buxgalteriya  hisobining  to‘g‘ri 

yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va 



jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir. 

Schyotlar  tizimi  xo‘jalik  mablag‘larini  tashkil  topish  manbalarini,  xo‘jalik 

jarayoni  natijasida  ularning  tarkibiy,  miqdoriy  va  harakat  jihatidan  o‘zgarib 

borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir. 

Ikki  yoqlama  yozuv  —  bu  xo‘jalik  jarayonida  vujudga  keladigan 

o‘zgarishlarni schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir. 

Ikki  yoqlama  yozuv  usulining  ahamiyati  shundaki,  uning  yordamida,  hisob 

ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik 

jarayonini  bir  schyotining  debeti  va  ikkinchi  schyotning  kreditida  aks  ettirilishi 

buxgalteriya o‘tkazmasi deyiladi. 

Sintetik  va  analitik  hisobning  ma’lumotlarini  tekshirishda,  ma’lumotlar  har 

oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta obyekti 

bo‘yicha  ma’lumotlar  mavjud  bo‘ladi.  Barcha  mablag‘larni  yoki  hammasini 

birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma’lumotlar bir oydagi 

qoldiq  va  aylanmalar  yakunini  ko‘rsatuvchi  aylanma  qaydnoma  (oborot 

vedomost)larda mujassamlanadi. 

Aylanma  qaydnoma  (oborot  vedemost)  bu  buxgalteriya  hisobi  schyotlari 

yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga (asosan 

bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.  

Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi: 

1. 

 

Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti; 



2. 

 

Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. 



Aylanma vedomostlarida obyektlarning boshlang‘ich qoldig‘i, oy davomidagi 

xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi. 

 Sintetik  schyotlarda  ma’lumotlar  umumlashtirilib,  faqat  pul  ko‘rsatkichida 

ifodalangani  uchun  sintetik  hisob  sintetik  schyotlari  aylanma  vedomostlari 

quyidagicha shaklda bo‘ladi. 

Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich qoldiqqa debet oborot 

summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. 

Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich qoldiqqa 

kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi. 

Aylanma  qaydnomadagi  ustunlar  bir  -  birovlariga  tegishli  tartibda  teng 

keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha 

boshlang‘ich  qoldiqlar  jamilarining  tengligi  balansning  har  xil  bo‘limlarida 

keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida 

bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir. 

Barcha  schyotlar  debeti  va  kreditining  yakunlari  har  xil  bo‘lishi  mumkin  emas, 

chunki  barcha  muomalalar  schyotlarda  ikki  yoqlama  yozuv  bilan  aks  ettiriladi. 

Oxirgi  qoldiqlarning  tengligi  boshlang‘ich  qoldiqlarning  tengligiga  o‘xshab 



shartlanadi. 

Yangi balansni tuzish uchun sintetik aylanma vedomostidagi oxirgi qoldiqlar 

summalaridan  foydalaniladi.  Gap  shundaki,  o‘ng  tomondagi  so‘ngi  ustunlarda 

ko‘rsatilgan  oxirgi  qoldiqlarning  barchasi  birgalikda  korxonaning  yangi  balansini 

anglatadi. 


Yüklə 283,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə