4. O’yin holatlari O’yin qoidasi va musobaqa tashkil qilish asoslari



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə4/6
tarix21.01.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#98941
1   2   3   4   5   6
BASKETBOL TURI BO\'YICHA MUSOBOQALARNI O\'TKAZISH

Himoya texnikasi.
Jamoaning hamma basketbolchilari himoyada samarali o’ynay olishlari kerak. Buning uchun eng avvalo mavjud himoya texnikasining hamma usulllarini egallash lozim. Himoya texnikasi 2 guruhga: maydonda harakat qilish texnikasi to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasiga bo’linadi.
To’pni egallash va harakat qilish texnikasi.
To’pni olib qo’yish. Bu usulni bajarish uchun to’p o’zatayotgan basketbolchlarning harakatlarini diqqat bilan kuzatish, to’pning yo’nalish tomonini oldindan aniqlash va to’g’ri pozisiyani tanlash zarur. Himoyadagi basetblchi to’p uzatish vaqtida uni olib qo’yish maqsadida o’zini to’sib turgan hujumchining oldindan to’pga qarshi chiqishi uchun turgan joyidan keskin qo’zg’alishi lozim. Bunda oxirgi qadamning katta qo’yilishi, gavda va qo’llar to’ga qaratilgan bo’lishi kerak. To’p sharsimon shaklda va tasdiqlangan qizg’ish rangda bo’lishi kerak: u sirti bilan birga charmdan, rezina yoki sun’iy xomashyodan tayyorlanadi; uning aylanasi uzunligi 749 sm dan kam va 780 sm dan ko’p bo’lmasligi lozim; u kamida 567 g dan kam va 650 g dan ko’p bo’lmagan og’irlikka ega bo’lishi kerak; unga havo shunday to’ldirilishi kerakki, to’p taxminan 1,80 m balandlikdan (to’pning pastki qirrasidan o’lchanganda) o’yin maydoniga yoki qattiq yog’och polga tushgan vaqtida to’pning yuqori qirrasidan o’lchanganda 1,20 m dan kam va 1,40 m dan ortiq bo’lmagan balandlikka ko’tarilishi lozim. To’pning choklari yoki chuqurliklarining kengligi 0,635 sm dan ortiq bo’lmasligi kerak (35-rasm).



yoki



35-rasm. Basketbol to’pi.
Maydon egasi bo’lgan jamoa yuqorida aytib o’tilgan shartlarga javob beradigan, kamida bitta avval ishlatilgan to’p bilan ta’minlanishi lozim. Katta hakam to’pning yaroqliligini aniqlab beruvchi yagona shaxs bo’lib hisoblanadi va u mehmon jamoa taqdim qilgan to’pni o’yin uchun tanlab olishi mumkin.
Quyidagi texnik jihozlar maydon egalari tomonidan tayyorlangan bo’lishi va hakamlar hamda ularning yordamchilari ixtiyoriga havola qilinishi kerak:
a) O’yin vaqtini belgilovchi soat va tanaffuslarni hisoblaydigan soat; soniya hisoblovchi, hech bo’lmaganda bitta o’yin vaqtini belgilovchi soat yoki bitta soniya o’lchagich bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. O’yin bo’limlarini va ular orasidagi tanaffuslarni hisoblashda ishlatiladigan soat hamda tanaffus vaqtini belgilashda ishlatiladigan soniya o’lchagich shunday joylashgan bo’lishi kerakki, ularni ham soniya hisoblovchi, ham kotib aniq va ravshan ko’rib turishlari lozim;
b) 24 soniya qoidasiga rioya qilinishini nazorat qilish uchun barcha o’yinchilar va tomoshabinlarga ko’rinadigan tegishli moslama bo’lishi kerak. Uni 24 soniya vaqtini belgilovchi operator boshqaradi.
v) Halqaro basketbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qaydnoma rasmiy hisoblanib, undagi qoidalarga asosan o’yin boshlanishidan oldin va o’yin davomida kotib tomonidan to’ldirib boriladi;
g) Juda bo’lmaganda ushbu qoidalarda ko’zda tutilgan uchta signal uchun moslamalar bo’lishi lozim.
O’yinchilar, tomoshabinlar va kotibga ko’rinadigan qo’shimcha hisob tablochi bo’lishi kerak;
d) 1-chi raqamdan 5-raqamgacha bo’lgan ko’rsatkichlar kotib ixtiyorida bo’lishi zarur. Har safar u yoki bu o’yinchi fol qilganida, kotib o’yinchi nechanchi fol olganligiga qarab shu raqamli ko’rsatkichni har ikkala murabbiy ko’ra oladigan darajada yuqoriga ko’taradi. Ko’rsatkichlar oq rangda bo’lishi, raqamlari o’lchov bo’yicha 2 sm va eniga 1 sm, hamda 1-chidan 4-chi raqamgacha qora rangda, 5-chi qizil rangda bo’lishi kerak;
e) Kotib jamoa follarini belgilovchi ikkita ko’rsatkichlar bilan ta’minlangan bo’lishi shart. Ko’rsatkichlar qizil rangda va shunday tayyorlangan bo’lishi kerakki, kotib stoli ustida turganida o’yinchilar, murabbiylar va hakamlar yaqqol ko’rib turishsin;
to’p jamoa o’yinchisi beshinchi fol qilinganidan so’ng o’yinga kirgan vaqtda, ko’rsatkich kotib stoli ustiga, ya’ni o’yinchisi beshinchi fol qilgan jamoa o’rindig’i yaqinidagi chekkaga qo’yilishi kerak;
j) Jamoa follarini belgilash uchun ishlatiladigan munosib moslama.

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə