§5. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobi.
Boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlariga uzoq muddatli kiritilgan
investitsiyalar 0610-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida hisobga olinadi:
Aktivlarni uzoq muddatli investitsiyalar tarkibiga kiritish va ularning turlari
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 25-dekabrda 65-
son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining «Moliyaviy investitsiyalar hisobi»
nomli 12-sonli milliy standarti va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan 1998-yil 14-oktyabrda 50-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya
hisobining «Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va sho’ba xo’jalik
jamiyatlariga investitsiyalar hisobi» nomli 8-sonli milliy standarti bilan tartibga
solinadi.
Davlat foizli obligatsiyalari va mahalliy qarzlar, aktsiyalar va boshqa
qimmatli qog’ozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiya (quyilma)larning
mavjudligi va harakati haqidagi xo’jalik muomalalari 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
schyotida hisobga olinadi.
275
Aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarning joriy hisobi
sotib olish baholarida olib boriladi. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning
harakati bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik muomalalari quyidagi buxgalteriya
o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi:
1. Sotuvchi korxonaga asosiy vositalarni berish yo’li bilan qimmatli
qog’ozlarni xarid qilish:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 9210-«Asosiy vositalarni chiqib ketishi»
2. Sotuvchi korxonaga nomoddiy aktivlar va materiallar berish yo’li bilan
qimmatli qog’ozlarni xarid qilish:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarni chiqib ketishi»
3. Sotuvchi korxonaga o’rnatiladigan asbob-uskunalarni berish yo’li bilan
qimmatli qog’ozlarni xarid qilish:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 9000-«Asosiy faoliyatdan (operatsion) daromadlarini hisobga oluvchi
schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
4. Sotuvchi korxonaga o’rnatiladigan asbob-uskunalarni berish yo’li bilan
qimmatli qog’ozlarni xarid qilish:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarni chiqib ketishi»
5. Qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli investitsiyalar sifatida tekinga
olinganda:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 8530-«Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar»
6. Boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlari xarid qilinganda
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 5000-«Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar»
schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti
Kredit 5100-«Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini
276
hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik
schyoti
Kredit 5200-«Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga
oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti
Kredit 5530-«Boshqa maxsus schyotlar»
7. Agar, qimmatli qog’ozlarning nominal qiymati xarid qiymatidan yuqori
bo’lsa:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari»
8. Agar qimmatli qog’ozlarning xarid qiymati nominal qiymatidan yuqori
bo’lsa:
Kredit 9690-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar»
Kredit 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
9. Qisqa muddatli investitsiyalar uzoq muddatli investitsiyalar tarkibiga
kiritilganda:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 5810-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar»
10. Ta’sischilarning korxona ustav kapitaliga ularning ulushi sifatida
berilgan qimmatli qog’ozlar qiymatiga:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha ta’sischilarga qarz»
11. Korxona qimmatli qog’ozlarga tegishli huquqlar unga o’tganligi
to’g’risida guvohnoma olganda:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar»
Kredit 7920-«Turli kreditorlarga uzoq muddatli boshqa qarzlar»
12. Chet el valyutasidagi uzoq muddatli investitsiyalar bilan bog’liq
operatsiyalar bo’yicha ijobiy kurs farqlari summasiga:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
277
Kredit 9540-«Valyuta kurslari farqidan daromadlari»
13. Chet el valyutasidagi uzoq muddatli investitsiyalar bilan bog’liq
operatsiyalar bo’yicha salbiy kurs farqlari summasiga:
Debet 9620-«Valyuta kurslari farqidan zararlar»
Kredit 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
14. Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalar faoliyatiga uzoq muddatli
investitsiyalar kiritilganda:
Debet 0640-«Xorijiy kapitalli korxonaga investitsiya»
Kredit 9030-«Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan daromad»
Kredit 9200-«Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni chiqib ketishini hisobga
oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti
15. Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli
qog’ozlarning qoplanishi (sotib olinishi):
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Debet 5530-«Boshqa maxsus schyotlar»
Kredit 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
17. Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli
qog’ozlarning sotilishi:
Debet 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»
Kredit 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha analitik
hisob uzoq muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu investitsiyalar amalga
oshirilgan ob’yektlar (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi-korxonalar, korxona
ishtirokchisi hisoblangan sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari va shu kabilar)
bo’yicha yuritiladi. Shuningdek, analitik hisob ma’lumotlari O’zbekiston
Respublikasi hududidagi va xorijdagi ob’yektlarga qilingan investitsiyalar
to’g’risidagi ma’lumotlarni ham olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: |