5-Ma’ruza Mavzu; Telekommunikatsiya tarmoq resurslari, ularni boshqarish asoslari. Tarmoq resurslari, ahamiyati, samarali foydalanish mezonlari. O’tkazuvchanlikni oshirish usullari. Vaqt ehtimolligi xarakteristikalari


DCC kanallari asosida tarmoqni boshqarish



Yüklə 69,75 Kb.
səhifə4/4
tarix22.02.2023
ölçüsü69,75 Kb.
#101302
1   2   3   4
5-ma\'ruza

DCC kanallari asosida tarmoqni boshqarishAmalda qo’llaniladigan ikki satxli SDH tarmoqlarini boshqarish sxemasini qarab chiqamiz. Masalan: bir nechta tugun multipleksorlaridan tashkil topgan SDH xalqasida, xalqalarni va tugunlarni ulashni SMN shakllantiradi. Bunday ulanishlarni boshqarishni SDH qurilmalarining o’zi ta’minlaydigan DCC kanallarini qo’llash yoki X.25 va Ethernet tarmoqlarida qo’llaniladigan, tugunlar orasidagi tashqi kabellarni qo’llash orqali amalga oshirish mumkin. Har qanday holda ham har bir tugun boshqarish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Boshqariladigan tarmoqning anchagina muhim uchaskalarini himoyasi uchun zaxirani qo’llash mumkin.Boshqariladigan tarmoqlarning marshruti masalan, oxirgi va oraliq tizimlar orasidagi aloqa bayonnomalari yoki (IS-IS) oraliq tizimlari orasidagi aloqa bayonnomalari asosida amalga oshadi. Bunday bayonnomalar Q3 xizmat interfeysining bayonnomasidan olinadi. Bu tarmoq instalyatsiyasi jarayonidagi kabi, tarmoqda xatolik yuzaga kelganda ya’ni tarmoqning biror zvenosi nosoz bo’lganda alternativ marshrutni qo’llash orqali avtomatik marshrutlashtirishni ta’minlaydi. Marshrutlashtirish sxemasi, konfiguratsiya o’zgarganda avtomatik holda o’zgarishi lozim. Bunda bitta tugun uchun, marshrutlashtirish vaqti katta bo’lmasligi uchun ikkita yoki uchta DCC kanallari qo’llaniladi. Agar lozim bo’lsa ularni sonini ettitagacha oshirish mumkin. SDH tarmoqlarini boshqarish quyidagi sxemada berilgan:1 .26-rasm. SDH tarmoqlarini boshqarish sxemasi 1.26-rasmda, Qinterfeysi orqali SDH tarmog’ini lokal tarmoq bilan ulaydigan, SDH tarmoqlarini boshqarishni amalda qo’llaniladigan sxemasi berilgan. U, EM-element menenjeri (boshqarishning past sathi)ga ega bo’lgan to’rt multipleksorli ikki xalqadan tashkil topgan bo’lib, £ interfeysi va NMS tarmoq menedjeri (boshqarishning yuqori sathi) orqali ulangan. Bu lokal (berilgan xalqa uchun) yoki markaziy menedjer bo’lishi mumkin. Shuningdek xalqa, Qinterfeysi orqali boshqarish konturi bo’yicha o’zaro bir-biri bilan ulangan.Tarmoqning har bir tuguni, NSAP tarmoq servisining imkoniyatli nuqtalarini o’zini manziliga ega bo’lishi lozim. U juda ajoyib va uni EM ga yoki NMSga ulanganda tugun identifikatsiyasi uchun xizmat qiladi.Aniq bir tarmoqlarni boshqarishda, boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan tugun (multipleksor)larning maksimal soni, eng asosiy parametrlardan biridir. Masalan bu son 100 ga teng. Agar tarmoq o’sishi natijasida tugunlar sonining ko’rsatkichi oshsa, unda boshqariladigan tarmoq, boshqariladigan elementlar soni kichik bo’lgan oblastga bo’linadi. Agar bunday bo’linish lozim bo’lsa, u holda bir qator chegaralanishlar hisobga olinadi. Odatda bunday bo’linishlar marshrut bo’yicha qo’llaniladigan ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi. Bo’linishlarni amalga oshirish uchun quyidagilarni bilish lozim:- bir nechta oblastlarga ega bo’lgan boshqarish tarmog’i uchun qulay topologiyani tanlash. (masalan yulduzcha topologiyasini);

  • oblastni boshqarish, SDHning transport tarmoqlari topologiyasi bilan hech qanday umumiylikka ega emas;

  • EM sifatida normativ kompyuterni qo’llagan holda, normativ kompyuterning NSAP manzilini oblastdan oblastga o’tkazganda o’zgartirish mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim.

NSAP manzili: boshlang’ich va o’ziga xos ikki qismdan iborat (ISP va DSP). Boshlang’ich qism IDR o’z navbatida ikki maydondan tashkil topgan: identifikator AFI format maydoni (1 bayt uzunlikdagi) va IDI boshlang’ich identifikator (2 bayt uzunlikdagi). Spetsifik qismning tuzilishi (DSP) IS- IS bayonnomaga mos keladi (bizning misolimizda marshrutizator sifatida).Endi boshqarish uchun Ethernet tarmog’ini qo’llashni qarab chiqamiz. Lokal tarmoq sifatida Ethernet standart kabellar yordamida ulanishi mumkin. Ethernet tarmoqlaridagi maksimal tugunlar soni (bitta stantsiya ega bo’lgan) chegaralangan (masalan bitta funktsional vazifaga ega bo’lgan bitta yoki bir nechta tugun).Ethernet tarmoqlariga ulangan SMN tarmoqlaridagi tugunlar soni chegaralangan, (masalan 15 tagacha) bo’lishi mumkin. Ethernet tarmoqlarida hosil bo’lgan bunday “orolchalar” ko’priksimon ko’rinishda ulanadi va ular xuddi Ethernet tarmog’ining ko’shimcha ulanishi kabi hisoblanadi.Endi xizmat kanallari va tashqi interfeyslarning ishini qarab chiqamiz. Bizga ma’lumki STM-N freymining SOH va POH sarlavhasi, har xil xizmat kanallarini shakllantirish uchun qo’llash mumkin bo’lgan etarli darajadagi juda katta zahira xajmga ega. Sarlavhaning umumiy xajmi 90 (81+9) baytni tashkil etadi. Har bir baytni qo’llanilishi 64 kbit/s xajmli kanalning shakllanishiga ekvivalentdir. Ko’rsatilgan barcha baytlar uch turga bo’linadi:

  • SDH qurilmalaridan foydalanuvchilar qo’llana olmaydigan baytlar (ular 36 ta va quyidagi jadvalda shtrixlangan);

  • xizmat maqsadida yoki xizmat kanallarini yaratish uchun qo’llaniladigan maxsus baytlar (ular 16 ta bo’lib simvol varaqalarida ko’rsatilgan). Unga masalan: regeneratsiyalash sektsiyasining xizmati uchun, tezligi 192 kbit/s ga ega bo’gan DCC kanali (D1, D2,D3,), multipleksorlash sektsiyasi xizmati uchun 576 kbit/s A4 DCCm (D4- D12) kanallari bundan tashqari yana E1, E2 va A1, A2 4 baytlar mavjud bo’lib, 64 kbit/s xajmli to’rtta kanalni yaratish uchun zaxiralangan;

  • foydalanuvchining imkoniyatli baytlari bo’lib, lekin funktsiya standart bo’yicha reglament qilmagan (ular 38 ta bo’lib, belgilanmagan).








































E1







F1







D1







D2







D3





























































D4







D5







D6







D7







D8







D9




















































E2







1.27-rasm. SOH va POHlarning baytlari va foydalanish imkoniyatlariBaytlarning keyingi ikki guruhi, xizmat kanallarini va SDH qurilmalaridan foydalanuvchilar ulanishi uchun lozim bo’lgan tashqi interfeyslarga kommutatsiyalashni hosil qilish uchun guruhlashtirilishi mumkin. Bunday interfeyslarning soni (xuddi shunday guruhlashtirish variantlari kabi) qurilmani ishlab chiqaruvchilariga bog’liq. Masalan Nokia kompaniyasi STM-1,4 sathdagi multipleksorlarda, 4-6 shunday interfeyslarni ta’minlaydi. Bunday interfeyslarni yaratish va juda katta berilganlar majmuasi, V.11 interfeyslari yordamida SDH multipleksorlariga ulangan, 64 Kbit/s li boshqaruv kanallarini ulagan holda, freym sarlavhalarining baytlari asosida, PDH qurilmalarini SDH tarmog’i yordamida boshqarishni amalga oshiradi. Bu, yagona birlashgan tarmoq asosida gibrid PDH-SDH majmualarini boshqarish imkonini beradi va PDH qurilmalaridan foydalanish davrini oshiradi.
Yüklə 69,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə