5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə48/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

4. Yangi variantlar metodi vazifani, boshqacha bajarishni talab qilishda, ya’ni echimning bir necha variantlari bo’lgan holda, uning yangi variantini topish va bajarishda ko’rinadi.

5. Axborotlar tanqisligi metodi konstruktorlik faoliyatining birinchi bosqichlarida alohida faollik vazifasi qo’yilganda qo’llanadi. Bunda vazifaning boshlanishida ma’lumotlar juda oz bo’ladi.

6. Axborotlar mo’lligi metodi vazifa qo’yilgan sharoitda, ortiq darajada ma’lumotlardan foydalanishga asoslanadi.

7. Bema’ni metodning mohiyati shundaki, unda mutlaqo bajarib bo’lmaydigan konstruktorlik vazifasi (abadiy dvigatelni yaratishga o’xshash) qo’yiladi.

8. Rekodifikatsiya metodi. Uning mohiyati shundaki, hodisalarni «ko’chirish» faktlari bilan bog’liq yangi va betakror g’oyalarni ishlab chiqish maqsadida hodisalarni boshqacha ifodalashdir. U «kashfiyotlar (maydoni) matritsa» siga asoslanadi. Rekodifikatsiyani birtildan ikkinchi til (fanda ko’pincha matematika tili)ga o’tkazish deb tushunsa ham bo’ladi. Biroq u barcha rekodifikatsiya till bo’lishi mumkin emas, grafik ifodalar, sxemalar, tablitsalar, diagrammalar ham rekodifikatsiya vazifasini bajarishi mumkin.

Ijodiy vazifalarni guruh bo’lib echish metodlari:

Delfi metodi — tavsiya etilgan seriyadagi muqobillardan eng yaxshisini tanlab olishga yordam beradi.

Guruh a’zolaridan har bir muqobilga muayyan izchillikda baho berish talab qilinadi. Tadbirni o’tkazish tartibi quyidagicha. Masalan, statistik metodlar orqali 5ta kamchilik (defekt) sabablari aniqlangan. Qaysi biri muhim kamchiliko’ Muhokama ishtirokchilari muammoni avvalo muhimlik darajasiga ko’ra saralab chiqadilar. O’zlari uchun muhim hisoblangan muqobilni birinchi o’ringa, ikkinchi darajalarini beshinchi o’ringa qo’yadilar. Shundan so’ng har bir muqobilga har bir ishtirokchi kamchiliklarning sabablariga to’xtalgan holda 10 ballik tizim asosida baho qo’yib chiqadi. Bunda eng yuqori ball sifatida 1 va eng pasti 10 ball etib belgilanadi. Uchinchi bosqichda muqobillarning har biri o’zaro ko’paytiriladi va hosila raqam topiladi. Eng kam raqam tezlikda va birinchi navbatda bartaraf qilinadigan sababni bildiradi. Hisoblashni osonlashtirish uchun maxsus jadval (4.03) yasalishi mumkin.




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə