5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar


«Fikrlarning shiddatli hujumi» - destruktiv berilgan baho bilan dialog



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə52/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

7. «Fikrlarning shiddatli hujumi» - destruktiv berilgan baho bilan dialog. Bu metod e.A. Aleksandrov tomonidan taklif qilingan va G.Ya. Bush tomonidan o’zgartirilib yo’lga qo’yilgan. Dialogning mohiyati shundaki, jamoa bo’lib g’oyalar ishlab chiqishda ishtirokchilarning ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi va unga zid g’oyalar qo’yiladi.

Mashg’ulot bosqichma-bosqich quyidagi tarzda o’tkaziladi:

1- bosqich. Miqdor va psixologik muloqoti jihatidan maqbul kichik guruhlarni shakllantirish;

2- bosqich. Vazifa, muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni ifodalash;

3- bosqich. To’g’ridan-to’g’ri «Fikrlar hujumi» qoidasiga asosan har bir guruhda g’oyalar ishlab chiqish;

4- bosqich. G’oyalarni tartibga solish va tasniflash;

5- bosqich. G’oyalarni destruktivlash, ya’ni amalga oshishi imkoniyatiga qarab baholash;

6- bosqich. Avvalgi bosqichlarda bildirilgan tanqidiy mulohazalarga baho berish.


Ishtirokchilar: 1) g’oyalar ishlab chiquvchi; 2) muammoli vaziyatni tahlil qilish va g’oyalarni baholovchi; 3) zid (qarshi) g’oyaiarni ishlab chiquvchi guruhlarga bo’linadigan bo’lsa, samarali natijaga erishish mumkin.

8. Keyingi davrlarda « Yashirin fikrlarning shiddatli hujumi» shaklidagi metod keng rivojlanmoqda. Bu metodning kelib chiqish mohiyati shunday har bir kishi ham ijodiy mehnat qila olmaydi, begona shaxslar oldida, ayniqsa, begona shaxslar bahsga aralashib turganda g’oyalar ishlab chiqa olmaydi. Lekin ularning g’oyalar ishlab chiqishga uquvlari bor, balki ular yolg’izlikka va sokinlikka muhtoj bo’ladilar. Shu tufayli «yashirin fikrlar hujumi» da ikki g’oya ishlab chiquvchi guruhcha: biri- odatdagi fikrlarning shiddatli hujumi davomida g’oyani olg’a suruvchilar; ikkinchisi — yashirin, ya’ni ular birinchi guruh muhokamalarida qatnashmaydilar, ular uchun «yashirin xona» tashkil etiladi va joylashtiriladi. Ular telemonitor vositasida birinchi guruhning bahslarini kuzatadilar hamda yuzaga kelgan g’oyalarni o’z daftarchalariga yozib boradilar va ularni «ekspert»larga uzatadilar.




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə