5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə59/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

Rang-baranglik. Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g’oyalar paydo bo’ladi.

Rang-barang fikr va g’oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog’dagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda talabalarning fikrlashiga chek qo’yiladi. Faqat birgina javob mayjud bo’lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin.



Faollik. Tanqidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog’langan. . Odatda, talabalar sustkash tinglovchilar bo’lishadi. Chunki ularda o’qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilim I olishlariga o’qituvchi masul degan ishonch shakllanib qolgan. O’quv jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va o’qishlariga o’zlarining masul ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o’z g’oyalari va fikrlari bilan o’zaro o’rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondoshuv ularning faolligini o’stiradi.

Mixali Chikjentmixaliy (1975) ta’kidlaydiki, talabalar o’sha murakkab darajadagi o’kuv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va o’zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə