5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar


Dasturlashtirilgan o’qitish texnologiyasi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə75/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

4.5.6. Dasturlashtirilgan o’qitish texnologiyasi


Dasturlashtirilgan o’qitish XX asrning 50-yillari boshida paydo bo’ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bog’liq. U materiallarning o’zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi.

N.Krauder tarmoqlangan dasturni ishlab chiqdi, unda nazorat natijalariga ko’ra ta’lim oluvchilarga mustaqil ishlar uchun turli xildagi materiallar tavsiya etiladi.

G.K.Selevko dasturlashtirilgan o’qitishga quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni dasturlashtirilgan o’qitish deganda o’qitish uskunalari (EHM, programmalashtirilgan darslik, kinotrenajer va b.) yordamida programmalashtirilgan o’quv materialining o’zlashtirilishini boshqarishni tushunadi. Dasturlashtirilgan o’quv materiali muayyan mantiqiy izchillikda beriladigan nisbatan katta bo’lmagan o’quv axborotlari («kadrlar», «fayllar», «odimlar») seriyasidan iborat bo’ladi.

V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya tasnifini tavsiya etdi. U o’qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha belgilaydi:

berk- (o’quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati);

davriy (nazorat, o’z-of’zini nazorat qilish, o’zaro nazorat);

tarqoq — (frontal) yoki yo’nalganlik (individuallik);

goh (og’zaki) yoki avtomatlar (o’quv vositalari) orqali. V. P. Bespalko texnologiyasi turlari:

1. klassik leksiya metodida o’qitish (boshqaruv-berk, tarqoq, qo’lda);

2. audiovizual texnik vositalarda o’qitish (berk, tarqoq, avtomatlashtirilgan);

3. «Konsultant (maslahatchilar)» tizimi (berk, yo’naltirilgan, qo’lda);

4. o’quv adabiyotlari yordamida o’qitish (berk, yo’naltirilgan, avtomatlashtirilgan) — mustaqil ish;

5. «Kichik guruhlar» tizimi (davriy, tarqoq, qo’lda) — guruhlardagi o’qitishning tabaqalashtirilgan usuli;

6. kompyuter o’qitishlari (davriy, tarqoq, avtomatlashtirilgan);

7. «Repetitor» tizimi (davriy, yo’naltirilgan, qo’lda) individual o’qitish;

8. Dasturlashtirilgan o’qitish (davriy, yo’naltirilgan, avtomatlashtirilgan), ular uchun oldindan programmalar tuzib qo’yiladi.

Dasturlashtirilgan o’qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi:




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə