6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix30.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

aqliy rivojlanish
– inson 
psixikasining individual o‘ziga xosliklaridan, u yashayotgan ijtimoiy-tarixiy 
Sharoitlar bilan bog‘liqlikda hayotiy tajribalarni oshib borishi va uning yoshi bilan 
aloqadorlikdagi intellektual faoliyatidan kelib chiqadigan miqdoriy va sifat 
o‘zgarishlarining murakkab dinamik tizimi. Insoniyat tajribasini qanchalik 
o‘zlashtirganlik aqliy rivojlanishda hal qiluvchi omil sifatida aks etadi. 
Amaliy 
bilimlar zahirasi
aqliy rivojlanishning tuzilishiga kiruvchi tarkibiy qismlardan biri 
sifatida qaralishi kerak.
Amaliy bilimlar zahirasi bilan bir qatorda aqliy rivojlanishning tuzilishida 
ta’lim olganlik o‘z aksini topadi. 
Ta’lim olganlik
– bu aql sifatini Shakllantiruvchi 
Shaxs intellektual xususiyatlarining tizimi. 
Aqlning teranligi
inson yangi materialni egallashda mavhumlashtira olishi 
mumkin bo‘lgan belgilarning muhimligi bosqichi va ularni umumlashganligi 
darajasida namoyon bo‘ladi.
Aqlning sustligi
qarama-qarshilikda: bir qoliplikka, fikrlashdagi odatiylikka 
moyillikda, bir harakatdar tizimidan boshqasiga o‘tishdagi qiyinchilikda namoyon 
bo‘ladi. 


Fikrning moslashuvchanligi
maqsadga muvofiq o‘zgaruvchanlikni talab 
etadi. 
Aqlning barqarorligi
insonga vazifalarni fikriy hal etish, ularning butun 
belgilarini xotirada eslab qolishga imkon beradi. Bu sifat tasniflashga oid biror 
vazifani hal etishda aniq ko‘rinadi. 
Fikriy faoliyatning anglanganligi
– uning mahsuli sifatida so‘zda ifoda etish 
imkoniyatida aks etadigan aqlning sifati. 
Aqlning mustaqilligi
– yangi bilimlarni, vazifalarni hal etishning yangi 
yo‘llarini faol izlashda namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə