6-mavzu: ilk о‘spirinlik va yoshlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari reja



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə2/5
tarix18.04.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#106095
1   2   3   4   5
6-mavzu ilk о‘spirinlik va yoshlik davrida psixik rivojlanish x

Ikkinchidan, jinslarning о‘zaro mayli ta’sir kо‘rsatadiki, bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol о‘ynaydi. О‘zining jismoniy kuchini va jozibadorligini, sog‘lomligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda о‘ziga ishonch, dadillik, tetiklik, optimizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir kо‘rsatadi.
  • Bо‘yning о‘sishi о‘spirin qizlarda 15-16 Yoshgacha, о‘g‘il bolalarda 17-18 Yoshgacha davom etadi. Bu Yoshda muskullar kuchi tez о‘sadi. Masalan, 18 Yoshli bola muskul kuchi 12 Yoshli bolaga nisbatan 2 baravar kо‘p bо‘ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan, tо‘g‘ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishiga kо‘p jihatdan bog‘liq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu Yoshdagi kо‘pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda bо‘ladilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta Yoshdagi odamning jismoniy rivojlanishidan kam fark qiladi. Bо‘yning va organizmning notekis о‘sishi va rivojlanish davri tugallanadi hamda jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshlanadi.О‘spirinlik Yoshida jismoniy sifatlar (bо‘y, og‘irlik) nisbatan barqaror darajaga etgan bо‘ladi. Shuningdek, muskul kuchi va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.
  • Ilk о‘spirinlik davrini ikkinchi о‘tish davri deb hisoblash mumkin. Agar birinchi о‘tish davri kо‘proq bolalikka yaqin bо‘lsa, ikkinchi о‘tish davrida bо‘lgan о‘spirin kо‘proq Yoshlik davriga yaqindir va shu jihatidan о‘rganiladi hamda tadqiq etiladi. Ilk о‘spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlanishi (о‘rta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi)bilan xarakterlanadi. Hayotdagi bu о‘zgarishlar ilk о‘spirinning shaxsiga, о‘z-о‘zini anglashiga ta’sir kо‘rsatadi. О‘smirlardan farqli о‘laroq ilk о‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar.
  • О‘spirinlar (16-18 Yoshlar) о‘zlarining psixologik xususiyatlari bilan boshqa Yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Jismoniy hamda aqliy jihatdan voyaga etgan, kamolotga erishgan, dunyoqarashi, о‘z-о‘zini boshqarishi kabi etuk insoniy xususiyatlari tarkib topgan bо‘ladi. Ular vazmin, mulohazali bо‘ladilar, katta Yoshdagilarga hurmat-yehtirom bilan qaraydilar. Ular uzoqni kо‘zlaydigan, kelajak uchun qayg‘uradigan, ota-onalarining yaqin yordamchisiga aylanadilar.
  • Lekin, shunga qaramay о‘spirinlarda kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə