|
7-ma’ruza Mavzu: O‘zbek shevalari leksikasi va leksikografiyasi RejaO‘zbek
Оq, qarg‘a, tog‘, sut, besh, qor, qirq, bosh
|
səhifə | 3/7 | tarix | 23.05.2022 | ölçüsü | 33,47 Kb. | | #87733 |
| Ungin bitiktoshi haqida-www.hozir.orgO‘zbek
|
Оq, qarg‘a, tog‘, sut, besh, qor, qirq, bosh
|
Qozoq
|
Ак, алақарға, тау, сут, бес, қар, қьрьқ, бас
|
Qirg‘iz
|
Ак, карга, тоо, сут, беш, кар, кьрк, баш
|
Turkman
|
Ак, гарга, даг, суйт, бэш, гар, кьрк, баш
|
Ozarbayjon
|
Ағ, гарға, дағ, суд, беш, гар, гьрх, баш
|
Boshqird
|
Ақ, қарға, тау, hот, биш, қар, қьрқ, баш
|
O‘zbek shevalarida mixnat (Toshkent) // me:nät (Xorazm), qimmät (Toshkent) // qïmbat (qipchoq), umir (Toshkent) // ömür (shim. o‘zb. shev.) kabi arab tilidan; dosti // dos (shim. o‘zb. shev.), dökän, nax (Andijon), daraq // darax (Farg‘ona) kabi fors tilidan; doxtir, buyaltir, istänsä, pätinkä kabi rus va u orqali kirgan so‘zlar mavjud va ular ham shevalar leksik tarkibini hosil qiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, boshqa tillardan so‘z olish shu so‘zga ehtiyoj bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
O‘zbek tili tarixiy taraqqiyoti davomida turkiy va turkiy bo‘lmagan til elementlari negizida yangi so‘zlar ham yasalgan. Bu ayniqsa fan-texnika, bozor iqtisodi bilan bog‘liq so‘z va terminlarning yasalishida ko‘rinadi. Ularning asosiy qismi boshqa tillarga xos, lekin yasovchi unsuri (elemetlari) o‘zbek tiliga oid bo‘ladi va u yasama so‘z o‘zbek tilidagina qo‘llanadi, masalan, ishxona, bizneschi, tasvirchi va boshqalar. Bular, albatta, shevalarda ham ayrim fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llanadi va sheva mulki bo‘lib qoladi. Shevalarning maxsus so‘zlarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |
|
|