Konfliktologiya ilmiy fan sifatida



Yüklə 77 Kb.
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü77 Kb.
#149373
  1   2   3   4
KONFLIKTOLOGIYA ILMIY FAN SIFATIDA


KONFLIKTOLOGIYA ILMIY FAN SIFATIDA

Reja:



  1. Kriminologiya fanining tizimi, predmeti va metodlari

  2. Huquqbuzarliklar (yoki jinoyatlar)ning profilaktikasi xususida

  3. Kriminologiya fani predmetining tizimi.

  4. Kriminologiya fanining metodi.

Kriminologiya fanining tizimi, predmeti va metodlari
Jamiyat ijtimoiy hayotida eng dolzarb muammolardan biri jinoyatchilik va unga qarshi kurashni tashkil etish muammosidir. Shuning uchun ham insoniyat o‘z taraqqiyoti davomida ushbu muammoni hal etish uchun jinoyatchilik, uning sabablari hamda sodir etilishiga shart-sharoit yaratuvchi muhitni o‘rganish va ilmiy jihatdan bilishga harakat qilgan. Bunga esa o‘z davrining fan-texnika taraqqiyoti darajasida ilmiy-nazariy jihatdan yondash- ganligini ko‘rish mumkin.
Jinoyatchilikni ilmiy bilishda falsafa, jamiyatshunoslik, psixologiya va huquqshunoslik yo‘nalishlarida har bir soha o‘z tadqiqot nuqtai nazaridan yondashganligi hamda bu tadqiqotlarning mohiyati jinoyatchilikning oldini olish va unga umuman yo‘l qo‘ymaslikka qaratilganligi bilan e’tiborga loyiqdir.
Jinoyatchilikdek ijtimoiy illatni ilmiy bilishga qiziqish tarixan qadimiy bo‘lsa ham XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda sodir etilishi mexanizmining ichki qonuniyatlarini o‘rganish borasida yuzaga kelgan ehtiyoj mustaqil kriminologiya1 fani shakllanishiga asos bo‘ldi. XX asrda esa bu fanning tadqiqot obyektiga taalluqli tizim yaratildi. Shu bilan birga, kriminologiya fanining predmeti xususida ham fanda bir qator ilmiy-nazariy qarashlar mavjud . Bu kabi ilmiy- nazariy qarashlar fan taraqqiyotida muhim omil bo‘lishi tabiiydir.
Kriminologiya fanining predmeti. U yoki bu fanning eng asosiy muammosi uning predmetini to‘g‘ri belgilashdan iborat. Bunday yondashuv ilmiy tadqiqot jarayonida fanning predmetini tadqiq etish va aniq ifodalashga imkon yaratadi. Shu bilan birga, fan predmetining to‘g‘ri belgilanishi ushbu fanda tadqiqot ishlarini olib borishda nazariy va metodologik jihatdan zarur yo‘nalishda borishning boshlang‘ich nuqtasini aniqlashga ham yordam beradi. Fan predmetining to‘g‘ri belgilanishi uning maqsadi va vazifalarini aniq ifodalashda muhim omil ekanligini yodda tutish zarur.
Har bir fanning predmeti va metodini aniq belgilash bilan uning tadqiqot obyektiga qanday muammolar kiradi va ilmiy bilishning qaysi metodlaridan tadqiqot jarayonida foydalaniladi, degan savolga javob topish mumkin. Tabiiyki, ilmiy bilishning falsafiy asoslari kriminologiya fanining predmetini to‘g‘ri belgilashga bevosita taalluqlidir. Chunki hozirgi kunga qadar krimi­nologiya fanining predmetini belgilash olimlar o‘rtasida munozaraligicha qolmoqda.
Kriminologiya fani tadqiqot doirasining o‘ziga xosligini oydinlashtirish uchun uning boshqa bir qator fanlar tizimiga kiruvchi muammolar bilan o‘zaro bog‘liqligini e’tiborga olish lozim.
Xo‘sh, bu bog‘liqlik nimalardan iborat va kriminologiya fanining predmetini belgilash hamda tadqiq etish xususida qanday qarashlar mavjud? Avvalo, ta’kidlash joizki, kriminologiya huquqiy fandir, shu bilan birga, kriminologiyani ijtimoiy fan sifatida yoqlovchi qarashlar ham mavjud.
Bir qator mualliflar kriminologiyani huquq tarmog‘i sifatida ta’rif- laydilar. Shu o‘rinda kriminologiyani ijtimoiy fan sifatida sotsiologiya bilan o‘zaro aloqadorligini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Chunki huquq- shunoslikning barcha sohalari, jumladan kriminologiyani ham boshqa barcha ijtimoiy-huquqiy fanlar kabi «sof ijtimoiy» yoki «sof huquqiy» fan sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiq emas. Bu holat fanning ilmiy asoslarini yaratishga salbiy ta’sir etadi. Kriminologiyaning boshqa ijtimoiy va huquqiy fanlar bilan uzviy bog‘liq ekanligini yodda tutish lozim.
To‘g‘ri, keng ma’noda kriminologiya fanining predmeti birinchi galda jamiyatda o‘z o‘rni va mohiyatini, maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri belgilash hisoblansa, ikkinchidan, jamiyatning ijtimoiy hayotida to‘g‘ri siyosatni joriy etish va zarur ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga o‘zining ilmiy- nazariy tavsiyalarini yaratish bilan ishtirok etishidir. Shu bilan birga, o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni boshqa ijtimoiy munosabatlardan farqlash bilan bog‘liq masalalar ham kriminologiya fanining predmeti hisoblanadi. Aynan shu o‘ziga xos ijtimoiy munosabatlar zaminida jinoyat­chilik, uning oldini olish muammolarini yechish, jinoyatchilikning sabab va sharoitlari, jinoiy faoliyatga moyil shaxslar hamda ular tomonidan jinoyatga yo‘l qo‘ymaslik kabi muammolar mavjudligiga e’tibor qaratilmog‘i lozim.
Tabiiyki, kriminologiya fani predmetining o‘zagini yuqorida sanab o‘tilgan muammolar tashkil etadi hamda bu fanning o‘ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Shu bilan birga, kriminologiya predmetiga jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, ammo jinoyat hisoblanmaydigan, biroq jinoyatchilikni yuzaga kelishiga yo‘l ochuvchi g‘ayriinsoniy, nojo‘ya xatti-harakatlarni o‘rganish ham kiradi.
Ta’kidlangan har ikki ijtimoiy munosabat mazmunan mustaqil tushunchalardir. O‘z tabiatiga ko‘ra nojo‘ya harakat yoki jinoyat bir-biriga yaqin, ya’ni zamirida qonunbuzarlik bo‘lgani holda aynan bir xil xususiyatlarga ega emas. Shuning uchun ham ularni kriminologiyaning predmeti sifatida qiyosan o‘rganish mumkin. Aslida har ikki qonunbuzarlik huquqiy asoslari bilan farqlanadi.
Aytilganlarga asoslanadigan bo‘lsak, faqat jinoyatchilik va u bilan bog‘liq muammolargina kriminologiyaning predmeti sifatida ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Zotan, fanning predmeti hisoblanadigan jinoyat­chilikni ilmiy bilishdagi tadqiqotlar (shu jumladan, jinoyatlarning bashorati ham), o‘z navbatida: jinoyatchilikni mavjud voqelik sifatida; alohida olingan jinoyatning sabab va sharoitlari; jinoyatchilarning shaxsi; jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatlarning aniq bir turining oldini olish kabi muammolarni ham o‘z ichiga oladi.
Sanab o‘tilganlar, ya’ni jinoyatchilik, jinoyatchilarning shaxsi, jinoyat­chilikning sabab va sharoitlari kriminologiya fanining predmeti va tadqiqot obyekti bo‘lgani holda, fanning tizimini ham tashkil etadi. Demak, kriminologiya fani jinoyatchilik, jinoyatchilarning shaxsi, jinoyatchilikning sabab va sharoitlari va ularning oldini olish choralari tizimi haqidagi fandir.
Kriminologiya faniga berilgan ushbu ta’rif an’anaviy tarzda, hozirgi ayrim ilmiy qarashlarni umumlashtirish asosida ifoda etilgan. Kriminologiya fani taraqqiyotining davomiyligi uning predmetiga bo‘lgan yangicha qarashlar shakllanishiga imkon yaratadi. Shundan kelib chiqqan holda kriminologiya fani kelgusida qanday va qaysi yo‘nalishda shakllanadi degan muammo ham o‘zining ilmiy yechimini topmog‘i zarur.
Ma’lumki, kriminologiya fanining zaminida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar jinoyatchilikning oldini olish (profilaktika), bashorat qilish (prognostika), jinoyatchilik va uning sabablarini hamda jinoyatchining shaxsini o‘rganish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, viktimologiya yo‘nalishini ham alohida shakllanayotganligini e’tiborga olish darkor. Bu yo‘nalishlarning har biri mustaqil tadqiqotni talab etib, alohida o‘quv mashg‘ulotlarining predmeti sifatida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan har bir yo‘nalish aynan kriminologiyaning tadqiqot obyekti hisoblanadi. Shu o‘rinda nafaqat kriminologiyaning umumiy nazariyasi xususida, balki bu fanga oid bo‘lgan xususiy nazariyalarni ham inobatga olgan holda mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Kriminologiyada mavjud bo‘lgan har ikki nazariya mohiyat jihatidan bir maqsadga, ya’ni kriminologik tadqiqotlarni aniq belgilashga yo‘naltirilgandir.
Jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni profilaktika ishlarini tashkil etish muammolarini o‘rganish kriminologiya fani predmetiga xosligini rad etuvchi ayrim olimlar o‘z qarashlarini kriminologiya va jinoyatlar profilaktikasi predmetlarini bir-biriga mos kelmasligini ko‘rsatish bilan izohlaydilar. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, jinoyatlarning profilaktikasi kriminologiya fani­ning nazariy konsepsiyasiga tayanadi, undan o‘z tadqiqoti va jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyoti jarayonida foydalanadi. Ammo ushbu nazariy konsepsiya o‘zaro mushtarak emas.

Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə