Konfliktologiya ilmiy fan sifatida


Huquqbuzarliklar (yoki jinoyatlar)ning profilaktikasi xususida



Yüklə 77 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü77 Kb.
#149373
1   2   3   4
KONFLIKTOLOGIYA ILMIY FAN SIFATIDA

Huquqbuzarliklar (yoki jinoyatlar)ning profilaktikasi xususida fikr yuritilganda ushbu muammoni qay tarzda ko‘rib chiqishni ham e’tiborga olish zarur. Jinoyatlarning oldini olish choralarini ilmiy tomondan bilish kriminologiya predmetiga kirishini yoqlashdan maqsad kriminologiyada jinoyatlarning profilaktikasi muammolariga alohida e’tibor qaratish zaru- ratini ta’kidlashdir.
Jinoyatlarning oldini olish, ya’ni profilaktika faoliyati kriminologiya fani kabi boshqa bir qator ijtimoiy-huquqiy fanlarning tadqiqot obyekti ekanligiga ham alohida e’tibor qaratish lozim.
Kriminologiyada profilaktika masalalarini tadqiq etish yo‘nalishi jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyoti ehtiyojlari bilan bog‘liq holda yuzaga keldi va shakllandi. Shuning uchun ham bu faoliyat zaruriy yondashuv sifatida tushuniladi. To‘g‘ri, profilaktika masalalari nafaqat kriminologiya nuqtai nazaridan tadqiq etiladi, balki, yuqorida aytilganidek, jinoiy-huquqiy fanlar: sotsiologiya, psixologiya, boshqaruv psixologiyasi kabilarda ham atroflicha o‘rganiladi.
Shu bois, tadqiqot obyekti bir-biri bilan o‘zaro aloqador fanlar asosida shakllangan huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi o‘quv mashg‘uloti sifatida yuzaga kelganligini va mustaqil tarzda rivojlanayotganligini ham ko‘rish mumkin. Ushbu o‘quv kursi kriminologiyaning nazariy asoslariga tayangani holda o‘zining mustaqil tadqiqot obyektiga ega. Chunki ijtimoiy psixologiya, kriminologiyadan farqli o‘laroq, ijtimoiy hayotning turli yo‘na- lishlaridagi muammolarni kengroq ko‘rib chiqadi. Shuning uchun ham ushbu tadqiqot yo‘nalishi kriminologiya predmetining zarur muammolarini o‘ziga jamlaganligini yaqqol ko‘rish mumkin.
O‘z navbatida, kriminologiyada tadqiq etiladigan profilaktika masalalari esa ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot doirasidan kelib chiqqan holda o‘rganiladi.
Kriminologiya fani predmetining tizimi. Kriminologiya fani predme­tining tizimini ko‘rib chiqishda, avvalo, uning o‘ziga xos belgilarini e’tiborga olish lozim. Ilmiy nuqtai nazaridan qaralganda kriminologiya predmetining o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga, ularning o‘zaro bog‘liqligini bilmay turib, ushbu fanning predmeti tushunchasini to‘g‘ri ifodalash aslo mumkin emas.
Shuning uchun ham ushbu soha olimlari fanning predmetini belgilashda aynan shu qoidaga rioya qiladilar. Bunda aniq bir fanning tadqiqot obyektiga kiruvchi muammolar va ular bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar tizimiga alohida e’tibor qaratiladi. Aynan shuning uchun ham kriminologiya predmetining tizimini belgilashga ilmiy-nazariy jihatdan chuqur yondashish maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashuv fan predmetining tizimini tadqiq etishda asosiy omil hisoblanadi.
Ushbu sohada tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar va olimlar ishlarida kriminologiyaning predmetiga jinoyatchilik, uning sabablari va jinoyat sodir bo‘lishiga sharoit yaratuvchi muhit, jinoyatchining shaxsi kabi ijtimoiy muammolar kiritilganligini ko‘rish mumkin.
Biroq faqatgina sanab o‘tilganlar bilan bog‘lash nuqtai nazaridan kelib chiqib fan predmetini belgilash zarur natija bermasligini e’tiborga olish lozim. Chunki kriminologiya predmetining tizimiga aynan shu jihatdan yondashish kriminologiya predmetini jinoyatchilikning barcha ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq deb belgilasa-da, tadqiqotlar doirasini jinoyat­chilik va uning sabablariga mos ravishda kengaytirish imkonini bermaydi. Natijada ushbu holatlar kriminologiya predmetini to‘g‘ri va ma’lum bir tartibda shakllanishiga salbiy ta’sir etadi.
Demak, jinoyatchilik, uning sabablari va sodir etilishiga shart-sharoit yaratuvchi muhitning shakllanishini va jinoyatchining shaxsini, avvalo, ijtimoiy munosabatlarning ichki qonuniyatlarini o‘rganish bilan bog‘lash katta ahamiyatga ega. Bu, tabiiyki, kriminologiyaning predmetini to‘g‘ri belgilashga imkon yaratadi.
Jinoyatchilik va u bilan bog‘liq sabab hamda sharoit (keng ma’noda)ni o‘rganish jinoiy-huquqiy fanlarning ham tadqiqot obyektiga kiradi (jinoyat - kriminal bilan bog‘liq yo‘nalish). Bular: jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, kriminalistika va jinoiy jazolarni ijro etish huquqi kabilardir (shular jumlasidan kriminologiya ham). Sanab o‘tilgan huquqiy fanlarning tadqiqot yo‘nalishi jinoyat va u bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishga qaratilganligi bilan birga, har bir fan o‘z usul va vositalari orqali jinoyatlarni tadqiq etishga zarur yo‘nalishda yondashadi.
O‘z xususiyatlariga ko‘ra huquqiy bo‘lmagan fanlar esa (u yoki bu muammolarni tadqiq etishda kriminologiya fani bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar) jinoyatlar, ularning sabab va sharoitlarini qiyosan o‘rganadi. Ushbu fanlarning tadqiqot doirasida jinoyatchilik faqat o‘z predmetlari nuqtai nazaridan hamda jinoyatchilikni o‘z predmetlari doirasidagi muammolar bilan aloqadorligi mavjudligini e’tiborga olgan holda o‘rganadilar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, sotsiologiya, psixologiya, psixiatriya shular jumlasidandir.
Jinoyatchilik, uning sabab va sharoitlari bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar jinoiy-huquqiy jihatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jinoiy-huquqiy bo‘lmagan ijtimoiy munosabatlarda esa qiyosan o‘rganiladi, deyish mumkin. Birinchi guruhdagi ijtimoiy munosabatlar kriminologiya fani predmetiga taalluqlidir va ular o‘z xususiyatlariga ega. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, jinoiy-huquqiy fanlar nuqtai nazaridan kriminologiya jinoyatlar, umuman olganda jinoyatchilik muammolarni o‘rganishda o‘zaro kesishish nuqtasiga ega. Aynan shu kesishish nuqtasida u yoki bu fan manfaatlari birlashadi.
Jinoyatchilikning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, uning sabab va sharoitlarini o‘rganuvchi huquqiy fanlar, ehtiyojlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, o‘z predmetlarini aniqlashlari lozim. Chunki jinoyatchilik va jinoiy-huquqiy muammolarni o‘rganishda ushbu muammolarni o‘rganuvchi fanlarning ehtiyoji bir nuqtada, ya’ni jinoyat va u bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishda kesishadi.
Shuning uchun ushbu fanlar o‘rtasida o‘ziga xos «Xitoy devori»ni o‘rnatish ilm-fan taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jinoiy-huquqiy fanlar tadqiqoti doirasiga kiruvchi muammolarni bir-biridan ajratgan holda hal qilishga urinish esa, o‘z navbatida, har bir fanning umumiy maqsadi bo‘lgan jinoyatchilik va u bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish doirasining qisqa- rishiga olib kelishini e’tibordan chetda qoldirmaslik darkor.
Shuningdek, jinoiy-huquqiy muammolarni o‘rganuvchi har bir fan predmeti va ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda ushbu fanlar predmeti tizi- mining shakllanganligi zarur ilmiy yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar orqali qo‘yilgan maqsadga erishishga kafolat beradi va jinoyatchilikka qarshi kurashda fan yutuqlarini joriy etishga imkon yaratadi.

Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə