Konfliktologiya ilmiy fan sifatida


Kriminologiya fanining predmeti tizimini belgilashda uning tadqiqoti doirasiga kiruvchi quyidagi ijtimoiy muammolarni ko‘rsatish mumkin



Yüklə 77 Kb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü77 Kb.
#149373
1   2   3   4
KONFLIKTOLOGIYA ILMIY FAN SIFATIDA

Kriminologiya fanining predmeti tizimini belgilashda uning tadqiqoti doirasiga kiruvchi quyidagi ijtimoiy muammolarni ko‘rsatish mumkin:

  1. jinoyatchilikning ijtimoiy voqelik sifatida paydo bo‘lish sabablari va uning sodir bo‘lishiga shart-sharoit yaratuvchi muhitning mavjudligi;

  2. jinoyatchi shaxsi va jinoiy faoliyatning mavjudligi;

v) jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash;
g) jinoyatchilikning kriminologik tadqiqotlarida ilmiy bashorat (prognostika)ni yo‘lga qo‘yish;

  1. jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini tashkil etish va ilmiy boshqaruvni yo‘lga qo‘yish.

Ushbu muammolar kriminologiya fanining tadqiqot obyektiga kiradi va predmetini belgilaydi. Lekin yuqoridagi muammolarning atroflicha tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu predmetning mavjudligi uning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi asosida kechadi.
Kriminologiya fanining metodi. Kriminologiya fanini o‘rganish zarur ilmiy metodlar mavjud bo‘lishini talab etadi. Shunga ko‘ra kriminolo­giyaning predmeti bilan metodining aniq chegarasi belgilanganidan keyingina ularning o‘zaro bog‘lanishi yuzaga keladi.
To‘g‘ri, ilmiy bilishda har bir fan uchun umumiy bo‘lgan metodlar mavjud. Shu bilan birga, falsafa fanida hech qachon aniq bir fan uchun ilmiy bilishni amalga oshirishda zarur bo‘lgan alohida toifadagi metod mavjudligi belgilanmagan. Balki har bir fan o‘z muammolarini ilmiy yechimini topishi uchun zarur bo‘lgan fikrlashning nazariy jihatdan asoslangan yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kriminologiya sohasida ham falsafiy qarashlar, jinoyatchilikning asl mohiyatini idrok etish va jinoyatchilikning mavjud voqelik bo‘lgani bois, uning ichki qonuniyatlarini ilmiy bilishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham kriminologiya fanida jinoyatchilikka atroflicha baho berish maqsadida, falsafiy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda tadqiqot olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kriminologiyada jinoyatchilik bilan bog‘liq tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish va shu orqali zarur ilmiy xulosalarga kelishda falsafiy yondashuv muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotganligini ko‘rish mumkin.
Kriminologiya tadqiqoti doirasiga kiruvchi muammolarni o‘rganishdagi fan metodologiyasini shakllantirish ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa kriminologiya sohasida ilmiy bilishning turli metodlarini joriy etishni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, kriminologiya fanining ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda, birinchidan, o‘z tadqiqotlari doirasidan kelib chiqqan holda fan predmetini yaratish, ikkinchidan, ilmiy bilishda o‘ziga xos ilmiy metodlarni ishlab chiqish lozim.

Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə