O‘zbekiston respublikasi olliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 160,67 Kb.
səhifə1/4
tarix29.09.2023
ölçüsü160,67 Kb.
#124771
  1   2   3   4
(Mustaqil ish) I.Qodirov

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OlLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

IJTIMOIY FANLAR FAKUL’TETI SIRTQI TA’LIM

SOTSIOLOGIYA YO‘NALISHI

MENTALLITET SOTSIOLOGIYASI

MUSTAQIL ISH

Mavzu:Sharq mutafakkirlari asarlarida tafakkur muammosining talqini

Bajardi:I.U.Qodirov Qabul qildi:M.B.Ibragimov

Reja:

1.Tafakkur haqida umumiy tushuncha.

2.Tafakkur jarayonlari.

3.Sharq mutafakkirlari asarlarida tafakkur muammosining talqini.

Tafakkur haqida umumiy tushuncha.

  • Tafakkur haqida umumiy tushuncha.
  • Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgiidroktasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular oʻrtasidagi bogʻlanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yoʻl bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va toʻlaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin boʻlmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bogʻlanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalarhukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang Ong). Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi.

Tafakkur koʻpgina fan sohalari (falsafamantiqjamiyatshunoslik, ped., fiziologiyakibernetikabiologiya.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi.
Psixologiyada tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmali obrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon boʻladi.

Yüklə 160,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə