O‘zbekiston respublikasi olliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 160,67 Kb.
səhifə3/4
tarix29.09.2023
ölçüsü160,67 Kb.
#124771
1   2   3   4
(Mustaqil ish) I.Qodirov

Biz hodisalarning birin - ketin o`tayotganligini qayd qilib qolavermaymiz, balki birinchi hodisa bo`lgani uchun ikkinchi hodisa ro`y berdi, undan keyingina hodisalarning har qaysisi (masalan, tovush) oldindan hodisa ro`y berganligi uchun (qalam stolga urilgani uchun) sodir bo`ladi, deb aniq qilib aytamiz va oldingi hodisaning ro`y berganligi keyingi hodisaning muqarrar keltirib chiqarganligini anglaymiz.

  • Biz hodisalarning birin - ketin o`tayotganligini qayd qilib qolavermaymiz, balki birinchi hodisa bo`lgani uchun ikkinchi hodisa ro`y berdi, undan keyingina hodisalarning har qaysisi (masalan, tovush) oldindan hodisa ro`y berganligi uchun (qalam stolga urilgani uchun) sodir bo`ladi, deb aniq qilib aytamiz va oldingi hodisaning ro`y berganligi keyingi hodisaning muqarrar keltirib chiqarganligini anglaymiz.
  • Bu hodisalar ularning ma`lum bir vaqt ichida birin - ketin sodir bo`lganligini idrok qilganimizdan tashqari ular o`rtasida sabab - natija tariqasida bog`lanishi, ya`ni qonuniy bog`lanish bor, deb aniq qilib aytamiz.
  • Biz shu sabab - natija tariqasidagi bog`lanishning o`zini bevosita idrok qila olmaymiz. Uni sezgi organlarimiz vositasi bilan his qilolmaymiz, (ko`rmaymiz, ushlab ko`rmaymiz, eshita olmaymiz) balki shu bog`lanish borligini idrokimizga asoslanib turib fikr qilish yo`li bilan topamiz. So`ngra ayrim hodisalardagi sabab-natija bog`lanishlari ochilganligiga asoslanib, umumiylashtirish yo`li bilan voqelikning umumiy qonuniyatlarini topib olamiz. 

Tafakkur jarayonlari.

  • Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ong jarayoni tariqasida sodir bo`ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po`stining faoliyati mana shu jarayonning nerv - fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorning miyadagi uchlari o`rtasida vujudga keladigan murakkab bog`lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorning bosh miya po`stidagi uchastkalari bir - biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir - biriga tutashib, bir - biri bilan chambarchas bog`lanib ketganligi sababli mazkur bog`lanishlarning vujudga kelishi osonlashadi. Ikkinchi signal tizimida muvaqqat bog`lanishlar vujudga kelishi, yuqorida aytib o`tilganidek, tafakkurning maxsus nerv -fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signal tizimining bog`lanishlari birinchi signal tizimidagi bog`lanishlarga tayanadi.
  • I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o`zaro o`tkazish jarayonida hozir bo`ladi, deb ta`kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida, birinchi signal bilan o`zaro ta`sir qilish jarayonida “dastlab umuminsoniy empirizm”ni va nihoyat odamning o`z tevaragida olamni va uning o`zini bilish uchun oliy qurol bo`lgan fanni yaratuvchi maxsus insoniy, oliy tafakkur voqe bo`ladi.

Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv - fiziologik asos bo`lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol’ o`ynaydi. Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo`lgan ehtiyojlari, tevarak -atrofdagi olam va turmush to`g`risidagi o`z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi.
Fikr qiluvchi kishining tafakkur ob`ektini anglashi (bilish) tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir.
Odam o`zi idrok qilayotgan, tasavvur qilayotgan narsalar to`g`risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar, narsalarning butun bir sinfi (turkumi) to`g`risida fikr qiladi. Odam o`z tafakkuri to`g`risida va boshqa psixik jarayonlar to`g`risida, shuningdek o`ziga xilma xil ob`ektiv xususiyatlari to`g`risida fikr qiladi, ya`ni bo`lar tafakkur ob`ekti bo`ladi.

Yüklə 160,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə