O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 64,26 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.12.2023
ölçüsü64,26 Kb.
#165468
Maktabgacha yosh davrda idrokning rivojlanishi.



 
 

 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR 
VAZIRLIGI 
 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIMI 
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 
2-kurs 22-19 gurux
Sodiqova Durdonaxonning 
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostika 
fanidan 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 


Maktabgacha yosh davrda idrokning 
rivojlanishi. 
Reja: 
1.Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarda 
sezgi 
a’zolarining 
rivojlanishi xususiyatlari.
2.Ko‘rish, eshitish, hid, ta’m, teri sezgilari takomollashuvining 
bola psixik taraqqiyotiga ta’siri.
3.Sensor tarbiyaning bolalar idrok taraqqiyotiga ta’siri.
Bolalarning vaqt, fazo va harakatni idrok qilishlari.


Maktabgacha yoshdagi bolalarda sezgi a’zolarining rivojlanishi 
xususiyatlari. 
Sezgi o‘z mohiyati jihatidan birmuncha sodda psixik jarayon 
(aks 
ettirish 
jarayoni) 
bo‘lishga 
qaramay, 
barcha 
bilimlarimizning asosiy manbaidir. Narsa va hodisalarning 
ayrim belgilarini, xususiyatlarini aks ettirishdan iborat bo‘lgan 
sezish protsessining fiziologik mohiyati mashhur fiziolog 
I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlarning analizatorlar xaqidagi 
ta’limotlarida atroflicha ochib berilgan. Akademik I.P.Pavlov 
organizmning hissiy aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb 
ataydi. 
Mana 
shuning 
uchun 
har 
bir 
sezgi 
organi 
analizatorlarning barcha qismlarini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumki, akademik I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, har bir 
analizator asosan uch qismdan iborat: 
Tashqi ta’sirlarni qabul qilib oluvchi periferik qism (buni odatda 
retseptor deb yurgiziladi);
Taassurotni markazga olib boruvchi (afferent) va markazdan 
tegishli javob reaksiyasini olib qaytuvchi(efferent) nerv tolalari;
Analizatorlarning opqa yoki bosh miyadagi markaziy qismi.
Sezgi mana shu qismlarning yaxshi va ravon ishlashiga 
bog‘liqdir. Analizatorlarning bironta qismi ishdan chiqsa, sezish 
bo‘lmaydi. Demak, sezishning fiziologik asosida analizatorlar 
ishidan iborat bo‘lgan organizmning reflektor faoliyati yotadi.
Analizatorlarning asosiy vazifasi organizmga ta’sir etayotgan 
turli ko‘zgovchilarni ayrim bo‘laklarga ajratishdan, ya’ni analiz 


qilishdan iboratdir. Shuning uchun ham sezgi organlari 
analizatorlar deb ataladi.
Sezgi va idrokning rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq bo‘lgan 
bilish jarayonlarining (xotira, xayol, tafakkur) paydo bo‘lishi 
uchun zamin yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy 
odamning amaliy faoliyati takomillashuvining asosidir.
Rus psixologlarining nuqtai nazarlari bo‘yicha sensor 
rivojlanish yangi, bolada ilgari bo‘lmagan sensor jarayonlarni 
shakllantirishdir. Albatta, analizatorlarning takomillashuvi 
(eshitish, ko‘pish, teri tuyush, hid bilish va sezgi va idrok 
rivojlanishining zarur shartlaridan va uning rolini rad etish 
mumkin emas. Lekin bu faqat sensor rivojlanishning organik 
imkoniyati, sharti bo‘lmay, biroq bularning barchasi sezgi 
tajribasini egallamay turib sodir bo‘lmaydi. Tafakkur, nutq 
sensor tajriba ortishi natijasidir.Sensor etalon bo‘lib musiqiy 
tovushlar (do, re, mi...), ona tilining tovushlar sistemasi
geometrik figura, ranglar va b. xizmat qiladi.Sensor 
namunalarni o‘lchov tizimi tarzida egallash idrokni sifat
jihatidan o‘zgartiradi.
Bola sezgisining asosiy turlari va uning rivojlanishi va idroki. 
Bola taraqqiyotining dastlabki birinchi yilida idrok rivojlanishi 
yo‘li ancha murakkabdir. Bu davr mobaynida juda ko‘p
o‘zgarishlar ro‘y beradi, birinchi o‘pinda bu o‘zgarishlar 
sezgirlik sohasida sodir bo‘ladigan rivojlanishga taalluqlidir.
Butun bog‘cha yosh davri mobaynida ko‘z sezgirligining 
o‘tkirligi ortadi. Shuningdek, ko‘z o‘tkirligi darajasi faoliyat 


sharoitiga bog‘liqligi ham aniqlangan - o‘yin vaziyatida tadqiqot 
o‘tkazilganda o‘zning o‘tkirligi sezilarli tarzda ortadi.
Bog‘cha yosh davrida ranglarni farqlashda ham ancha o‘sish 
kuzatiladi: aniq va tiniqligi ortadi. Z.M.Istominaning 
tadqiqotlari bola hayotining ikkinchi yilida ixtiyorsiz tarzda 
to‘ptta asosiy ranglarni farqlaydi: qizil, sariq, ko‘k, yashil. 
Oraliq ranglarni differensirovka qilishda, ya’ni qovoq rang, 
havo rang va siyox ranglarni ajratishda biroz qiynaladi.
Eshitish sezgirligi xam bog‘cha yoshdagilarda o‘ziga xos 
tarzdagi xususiyatlarga ega. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 
eshitishning nozikligi 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 
kattalarnikiga nisbatan ancha past bo‘ladi va bu yosh ortishi 
bilan o‘sib boradi. Bog‘cha yosh davrida shuningdek 
tovushlarning balandligini farqlash qobiliyati ham rivojlanadi. 
Birok, fonematik (og‘zaki) va musiqani eshitish parallel tarzda 
shakllanmaydi. Fonematik eshitish birinchi yilning oxirlariga 
borib rivojlanib boradi va bog‘cha yosh davrining dastlabki 
bosqichlarida o‘z ona tilining deyarli barcha tovushlarini amaliy 
farqlay oladi. passiv nutq bilan bir qatopda faol nutqni ham 
egallaydi.
Bu davrda hid bilish sezgisi ham rivojlanadi. Katta guruh 
bolalari hidlarni farqlashda kam xatoliklarga uchraydi, aniqrog‘i 
ularni aniqroq nomlaydi. Teri tuyish hamda og‘irlikni seza 
olish xususiyati ham rivojlanadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha 
bo‘lgan bolalarda bu qobiliyat taxminan ikki barobarga ortadi.


A.Y.Kolodnayaning tadqiqotlari ko‘psatishicha, fazoda mo‘ljal
olishning rivojlanishi bolani o‘z tana a’zolarining fazoviy 
munosabatlarini differensirovka qilishdan o‘ng, chap qo‘lini, 
juft tana qismlarini ajratib nomlashdan boshlanadi. Idrok 
jarayoniga so‘zning qo‘shilishi, mustaqil nutqni o‘zlashtirishi 
sezilarli darajada fazoviy munosabatlar, yunalishlar haqidagi 
bilimlarining mustahkamlanishiga yordam beradi (D. 
A.Lyublinskaya , A.Y.Kolodnaya,YE.F.Ribalko va b.).
Ba’zi chet el psixologlari 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 
bolalar shaklini farqlashga juda ojizlar va ular predmetni idrok
qilishda odatda rangiga tayanadilar. AALyublinskaya va 
N.X.Shvachkin va bolalarning olib borgan tadqiqotlari xatto 
kichik bog‘cha yosh davridagi bolalar ham tanish predmetlarni
idrok qilishda, shaklga - predmetning mazmun va mohiyatidan 
ajralmas bo‘lgan biror bir belgisiga asoslanadilar, degan xulosa 
chiqarish 
imkoniyatini 
berdi. 
Biroq 
shaklni 
ajratib, 
mavhumlashtirishni bunchalik tez bajara olmaydi.
Kichik bog‘cha yosh davridagi bola geometrik shaklni idrok
qila turib odatda uni biror bir predmet bilan o‘xshatadi 
(kvadratni ko‘pincha "deraza", "kubik" va b. deb; aylanani - 
"koptok", "g‘ildirak" kabi nomlaydi).
O‘rta va katta bog‘cha yoshidagilar duch kelgan shaklni farqlash 
zxtiyojini sezadilar. Ular ko‘pincha predmet nimaga o‘xshashi 
va ularda mavjud tushunchalar orasidagi boshqa turli 
shakllardan nimasi bilan farqlanishini aniqlashga urinishadi.


Vaqtni idrok qilish bolalar uchun ancha kiyinchilikni
uyg‘otadi va buni tushunish ham mumkin. Axir vaqt
ko‘rgazmali shaklga ega emas,utib ketuvchi, qaytarilmas, uni
idrok qilish subyektiv holatga bog‘liq hamda shaxsiy 
xarakterga ega.
Sutka qismlaridan bolalar ertalab va kechqurinni osonroq tun 
va kunni esa biroz qiynalib idrok qilishadi. Dastlab bola 
vaqtning sifat belgilariga asoslanib, ketma-ketlikda va 
sistematik tarzda kechadigan hodisa, faoliyatlar hisobiga, kun 
tartibiga qarab (ertalab - "bu nonushtagacha", kun - "kunning 
o‘ptasi, ya’ni tushlik vaqti", kechqurun onam ishdan chiqib 
meni olib ketadigan payti") mo‘ljal oladilar.
Ko‘pincha ilk yosh va kichik bog‘cha yosh davrida vaqtni
muljallashdagi xatoliklar bilan bog‘liq chalkashliklar sodir 
bo‘ladi.
Hafta kunlarini tartibsiz tarzda o‘zlashtiradilar. Bog‘chaga 
boruvchi katta yoshdagilar «Hafta kunlaridan qaysi birlarini 
bilasan?" degan savolga ko‘pincha shanba, yakshanba. va 
dushanbani - emotsional boy, ular uchun alohida ahamiyatga 
ega bo‘lgan kunlarni atashadilar (shanba va yakshanbani - oila 
a’zolari bilan birga ) o‘tkazadilar; dushanba – yana do‘stlari, 
tarbiyachi, tabiat burchagidagi hayvonlar bilan uchrashuvni
kutayotgan bog‘chaga beradilar).
Hozirgi zamon haqidagi tupshunchalar erta shakllanishni 
boshlaydi, o‘tgan zamon haqidagi tushunchalari esa hali aniq 
emas (ayniqsa kichik bog‘cha yoshdagilarda).


Biroz kechroq bolalar maqsadli hayot uchun katta ahamiyatga 
ega bo‘lgan kelgusi zamonni o‘zlashtirishni boshlaydilar. 
Ertangi kunga nazar tashlash, rejalarni tuzish "ertangi kun"ni, 
kelajakni anglamay turib bo‘lishi mumkin emas.
Kelgusi 
zamon 
xaqidagi 
elementar 
tushunchalarning 
shakllanishi hayotining uchinchi yiliga, ya’ni "qilaman", 
keyinchalik esa yanada anikroq bo‘lgan "keyin", "ertaga", "sal 
turib" kabi so‘zlarning paydo bo‘lish davriga to‘g‘ri keladi.
Psixologlar boladagi vaqt va fazoni idrok qilishdagi 
umumiylikni 
e’tirof 
qiladilar. 
Maxsus 
tadqiqotlar 
tushunchalardagi umumiylik bolaning dunyoni yagona vaqtli-
fazoviy kompleksda aks etgira olish qobiliyatiga ega 
ekanligidandir, degan fikrga asos bo‘la oladi.
Rus 
psixologlari 
badiiy 
idrokning 
rivojlanishi 
shaxs 
rivojlanishining natijasi sifatida kupishadi. U insonga tyg‘ma 
ravishda berilmaydi. Bola san’at asarini annan shu tarzda darhol
idrok qila olmaydi; rivojlanishning dastlabki pog‘onalarida bola 
uchun unga nisbatan harakatli (rasmdagi tasvirni bolalar 
ushlab, paypaslab ko‘radilar, uni ushlab ko‘radilar va hokazo). 
Biroq badiiy idrokning ilk kurtaklari bog‘cha yosh davrida 
namoyon bo‘la boshlaydi.
Ta’lim va tarbiya ushbu insonga xos bo‘lgan qobiliyatlarning 
rivojlanishida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Fransuz psixologi A.Bine va nemis psixologi V.Shtern bolalar 
tomonidan rasmlarni idrok qilishning guyoki bir-birini 


to‘ldiruvchi va mazkur tartibdagina sodir bo‘luvchi
bosqichlarini ishlab chiqadilar.
A.Bine idrokning quyidagi bosqichlarini ajratadi: 
predmetlarni tapqoq tarzda hisoblash (3 yoshdan 7 yoshgacha);
rasmdagi predmetlar orasidagi aloqani ilg‘agan tarzda tahlil
qilish bosqichi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha);
rasmni butunlay tarzda tahliliy idrok qilish bosqichi 
(o‘smirlik davridan). Shunga o‘xshash bosqichlarni V.Shtern
ham ko‘pcatgan.
S.Vigotskiy eksperimental yo‘l bilan V.Shtern tomonidan 
ilgari surilgan idrok bosqichlari rasmlarni idrok qilishni emas, 
balki idrok hamda nutq rivojlanishining ma’lum bir 
bosqichidagi o‘zaro munosabatini izohlaydi, degan tahlilini 
bildiradi. Badiiy idrokda tasvirning mazmunini tushunishda 
asarning kompozitsiyasi, rasmning mazmuniy va strukturaviy 
mohiyatining muvofiq kelish darajasi katta ahamiyatga ega.
Estetik idroki bolaning turli xil badiiy hamda kundalik 
faoliyati davomida rivojlanadi. Kattalar tomonidan to‘g‘ri tarzda 
raxbarlik qilishi bog‘cha yosh davridayoq estetik idrokning 
ancha yuqori darajaga ko‘tarilishiga olib keladi.
Insonni inson tomonidan idrok qilish kabi murakkab bo‘lgan 
psixik jarayon idrok qiluvchining o‘zining rivojlanishi bilai 
barobar tarzda uning muloqotdagi extiyojining o‘zgarishida, 
bilishda hamda mehnatda shakllanadi. Hayotining birinchi oyi
oxiri, ikkinchi oyining boshida bola kattalarni o‘pab turgan 
muhitdan ajraladi, dastlab jilmayish bilan, keyinchalik unga 


nisbatan jonlanish kompleksi bilan. Ushbu ijtimoiyperseptiv 
jarayon go‘daklik va ilk bolalik davrida faol tarzda rivojlanadi.
Bog‘cha yosh davrida insonni idrok qilishi faol tarzda 
shakllanishda davom etadi. Buni esa yangi faoliyat turlarini 
(ayniqsa jamoa) bola tomonidan o‘zlashtirilishi, muloqot 
doirasining kengayishi va nosituativ shaxsiy muloqotning
paydo bo‘lishi takazo etadi. Bola tomonidan insonni aks
ettirishning faol shakli bu o‘yindir. Unda bola o‘z
yaqinlarining obrazlarini yaratadi. Ayniqsa, bolaning tasviriy 
ijodi insonni idrok qilishning yaqqol namunasidir. Bolaning 
qanday kishilarni tasvirlab berishiga, ularning obrazlarini qay 
tarzda ochib chiqishiga qarab ma’lum bir ma’noda bolaning 
ularga nisbatan munosabatiga baho berishimiz, insondagi
nimadan oson ta’sirlanadi, nimaga ko‘proq diqqatini
qaratadi kabi savollarga javob topishimiz mumkin.
Idrok etish uchun tavsiya etiladigan shakllar
Shakllarni o‘chiring metodikasi
Quyidagi metodika 5-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, diqqat, idrok, tafakkurni rivojlanganlik darajasini 
aniqlashga yordam beradi. Metodika davomida bola namunada 
keltirilgan shakllarni jadvaldan topib o‘chirishi kerak. 
Topshiriqni bajarish uchun 6 daqiqa vaqt ajratilgan.
Ko‘rsatma: Namunada keltirilgan shakllarni quyidagi jadvaldan 
toping va o‘chiring.


Natijalarni baholash: 
6-ball- bola barcha shakllarni belgilangan vaqt mobaynida topdi 
va o‘chirib chiqdi.
3-4 ball- bola belgilangan vaqtdan o‘tib shakllarni topdi va 
o‘chirdi.
1-2 ball- bola belgilangan vaqtdan o‘tib namunada keltirilgan 
shakllarni barchasini topa olmadi, topshiriqni yakunlamadi.
Rivojlanganlik darajasi:
5-6 ball- juda yuqori, 3-4 ball- yaxshi rivojlangan, 1-2 ball- 
past rivojlangan.
“Bu kimning uychasi?” metodikasi
Metodika diqqat, idrok, xotirani rivojlanganlik darajasini 
aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, 4-6 yoshdagi bolalar uchun 
mo‘ljallangan.
Avval bolalarga 10 soniya mobaynida 1-rasm ko‘rsatiladi.
Unda xayvonchalar o‘zlarining uychalarida joylashtirilgani 
ko‘rsatilgan. So‘ng rasmni olib qo‘yib 2-rasm ko‘rsatiladi. 
Unda xayvonchalar uychalaridan tashqarida tasvirlangan. Bola 
xayvonchalarni qaysi uyda yashashaini topib, uycha bilan 
xayvonchani qalab bilan birlashtirib qo‘yishi lozim. Buning 
uchun bolaga 40 soniya vaqt beriladi.
Ko‘rsatma: Hozir sizga 1-rasm ko‘rsatiladi, siz 10 soniya 
mobaynida qaysi hayvoncha qaysi uychada joylashganini ko‘rib 
olishingiz lozim. So‘ng rasm olib qo‘yiladi va 2-rasm 
ko‘rsatiladi. 2-rasmda hayvonchalar uychalaridan tashqarida 


tasvirlangan. Siz har bir hayvonchaga uychasini topib bering va 
qalam bilan birlashtiring. Buning uchun sizga 40 soniya 
beriladi.
Natijalarni baholash: 
8-ball- bola belgilangan vaqt mobaynida barcha hayvonchalarni 
uychalarini to‘g‘ri topdi va birlashtirdi.
6-7 ball- bola belgilangan vaqt mobaynida 3 ta hayvonchani 
uychasini to‘g‘ri topdi va birlashtirdi.
4-5 ball- bola belgilangan vaqtdan mobaynida 2 ta hayvonchani 
uychasini to‘g‘ri topdi va birlashtirdi.
2-3 ball- bola belgilangan vaqt mobaynida 1 ta hayvonchani 
uychasini to‘g‘ri topdi va birlashtirdi.
Rivojlanganlik darajasi: 
8 ball- yuqori rivojlangan,
6-7 ball- yaxshi rivojlangan,
4-5 ball- o‘rtacha rivojlangan,
2-3 ball past rivojlangan.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Nishonova Z.T., Alimova K.G. Bolalar psixologiyasi va 
psixodiagnostiasi T.: TDPU 2017 – 264 b.
2.G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental 
tahlil T.: Noshir 2010. – 356 b.
3.Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T. va boshqalar Yosh 
davrlari va pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 
2013 – 343 b.
4.Shapovalenko I.V. Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya 
razvitiya i vozrastnaya psixologiya): uchebnik dlya studentov 
vuzov. – M.: Gardariki, 2007. – 349 s.

Yüklə 64,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə