7 ozbekiston tarixi nashr uchun



Yüklə 104,37 Kb.
səhifə14/14
tarix29.04.2023
ölçüsü104,37 Kb.
#107624
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
7-sinf-tarix-fanidan-testlar-3

Variant 04 .07
1. Qaysi davrdan boshlab odamlar tumor, bilakuzuk va taqinchoqlar yasay boshlashgan?
A. Ilk paleolit oxiridan C. Neolit davridan
B. O’rta paleolit davridan D. So’ngi paleolit davridan
2. Qaysi tarixiy manba ko’plab mamlakatlar xalqlari madaniyati va tarixiy voqealari haqida ma’lumot beradi?
A. “Tarix” asari C. “Tarixiy yilnomalar” asari
B. “Geografiya” asari D. “Xitoy yilnomalari” asari
3. Qaysi davrdan boshlab odamlar temirdan foydalana boshlashgan?
A. Neolit B. Ilk temir asri C. Bronza D. Eneolit
4. Ilk o’rta asrlarda qaysi hududda ko’chmanchilar tez orada o’troqlashdi?
A. Buxoro, Naqshab va choch vohasida
B. Toxariston va Sharqiy So’g’dda
C. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida
D. Janubiy-g’arbiy so’g’d va Naqshabda
5. Qachon Movarounnahrda yaxlit turkey etnik qatlam ,jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi? A. V-VI asrlarda B. IX-asrda C. XI-asrda D. XII-asrda
6. Kimni “Aflotuni zamon” deb atashgan?
A. Qozizoda Rumiy C. Abu Nasr Farobiy
B. Ali Qushchi D. G’iyosiddin Jamshid Koshoniy
7. Ossuriyaliklar tayziqini kimlar to’xtatishga muyassar bo’lgan?
A. Ahmoniylar B. Midiyaliklar C. Xettlar D. Misrliklar
8. Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni bo’lgan xudoni toping?
A. Ossiris B. Maat C. Amon –Ra D. Xapi
9. Rimda kimlar jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga ega bo’lgan?
A. Diktatorlar B. Liktorlar C. Xalq tribunlari D. Konsullar
10. Parlament soliqlarni tasdiqlash huquqini qo’lga kiritgandan 70 yil oldin qanday voqea roy berdi?
A. Mo’g’ullar Russiyani zabt etishga kirishdi
B. O’qtoy mo’g’ullar ulusining ulug’ hoqoni qilib tatinlandi
C. Qirol Ioan Hukmronligi tugadi
D. Chingizxon bosib olgan yerlarini o’g’illariga taqsimlab berdi
11. Qaysi hukmdor ritsarlarga chek yerlarni meros qoldirish to’g’rida qonun chiqardi?
A. Buyuk Karl B. Otton I C. Xlodvig D. Konrod II
12. Qaysi asarda Yaponiyaning 1180-yildan 1266 –yilgacha bo’lgan tarixi aks ettirilgan?
A. “Sharq ko’zgusi” C. “Ilohiy monarxlik vorisining haqqoniy tarixi”
B. “Urushlar tarixi haqida qaydnoma” D. “Ulkan dunyo haqida hikoya”
13. Qaysi shahar yaqinida Aleksandriya Esxata shahri qurilgan?
A. Kiropolis yaqinida C. Xo’jand yaqinida
B. O’ratepa yaqinida D. Maroqand yaqinida
14. Qachon xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqildi?
A. Milodiy I-asrda C. Milodiy II-asrda
B. Miloddan avvalgi I-asrda D. Miloddan avvalgi I-asrda va milodiy I-asrda
15. Ud cholg’u asbobini chalayotgan ayollar tasviri tushirilgan mashhur friz qaerdan topilgan?
A. Ayritom B. Xolchayon C. Qoratepa D. Dalvarzintepa
16. Muqannaga qarshi zarbalar markazi qaer edi?
A. Balx B. Naqshab C. Marv D. Nishopur
17. Qaysi tariqat Movaunnahr, Xuroson va Xorzmda keng tarqaldi?
A. Yassaviya B. Kubroviya C. Naqshbandiya D. A va C
18. Qaysi davlatda aholidan tuz solig’i , jun solig’i va kumush solig’i solingan?
A. Turk hoqonligida C. Samoniylarda
B. Qorahoniylarda D. Mo’g’ullarda
19. Qaysi davlat Eronning g’arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada vujudga keldi?
A. Midiya B. Lidiya C. Elam D. Ossuriya
20. Xitoyda hukmronlik qilgan U Di qaysi sulola vakili edi?
A. Chjou B. Sin C. Xon D. Shan
21. Yunon quldorlari qaysi voqeadan so’ng qullar hayotini qadrlamay qo’yishdi?
A. Buyuk yunon kalonlashtirishidan so’ng ko’plab qullarning
Yunonistonga olib kelinishi natijasida
B. Forslar ustidan g’alaba qozonilgandan so’ng
C. Yunonlar olib brogan istilochilik yurushlaridan so’ng
D. Barcha javoblar to’g’ri
22. Qachon butun G’arbiy Yevropada shaharlarning feodallarga qarshi kurashlari bo’lib o’tdi?
A. XI-XII asrlar C. XII-XIII asrlar B. XI-XIII asrlar D. X-XII asrlar
23. Konstantinopol cherkovi boshlig’i qanday atalgan?
A. Apostol B. Papa C. Episkop D. Patriarx
24. Xato javobni toping?
A. Angliya aholisi 14 yoshdan boshlab soliq to’lashgan
B. Kentlik qo’zg’olnchilar barcha toifaviy tafovutlarni bekor qilishni talab qilishdi
C. Genrix VII itoatsiz feodallarning qasrlarini to’pga tutib, vayron qilgan
D. Javoblarda xatolikka yo’l qo’yilmagan
25. Qaysi davrdan boshlab odamlar sun’iy tarzda olov yoqqa boshlashgan?
A. Ilk paleolit oxiridan C. Mezolit davridan
B. O’rta paleolit davridan D. So’ngi paleolit davridan
26. Avestoga ko’ra urug’ jamoasi qanday nomlanadi?
A. Vis B. Varzana C. Daxyu D. Zantu
27. Kanna yonidagi jangda ancha legioner halok bo’ldi?
A. 17 000 B. 50 000 C. 40 000 D. 70 000
28. Qaysi xalqlar yozuvni o’rganganlaridan so’ng xat yozish uchun Misr papiruslridan foydalanishgan?
A. Bobilliklar B. Rimliklar C. Yunonlar D. Ossuriyaliklar
29. “Kitob at- tavhid”(Ollohning birligi) asarining muallifini toping?
A. Abu Mansur al-Motrudiy C. Imom al- Buxoriy
B. Mahmud az Zamaxshariy D. Bahouddin Naqshband
30. Qaysi hukmdor Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog’liq bo’lgan Sirdaryo etaklari va Mang’ishloq yarim orolini egallaydi?
A. Otsiz B. Qutbiddin Muhammad C. Takash D. Muhammad Xorazmshoh
31. Qaysi davlat poytaxtida oddiy odamlar va zadagonlar uchun alohida-alohida maktablar bo’lgan? A. Inklar B. Asteklar C. Mayyalar D. A va C
32. Kimlar Apenin yarim orolida davlat tuzishgan?
A. Vesgotlar B. Osatgotlar C. Vandallar D. Franklar
33. Pataliputra shahari qaysi davlat poytaxti bo’lgan?
A. Mauriya B. Magadxa C. Koshala D. Malla
34. Maykop qo’rg’oni qaerda joylashgan?
A. Oltoyda B. Yettisuvda C. Kavkazda D. Sharqiy Turkistonda
35. Ardasher boshliq Shohruh elchilar qachon Xitoyga bordi?
A. 1420 - yil B. 1422- yil C. 1418- yil D. 1419- yil
36. Xatolikka yo’l qo’yilgan javobni toping?
A. VIII-asr o’rtalarida Yettisuvda qorluqlar davlati tashkil topdi
B. Kipr oroli XV-asr ikkinchi yarimidan Venetsiya qo’liga o’tdi
C. Mil.avv. II-I asrlarda Farg’ona yuksak taraqqiy etgan, aholisi ko’p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko’rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo’lgan
D. Mil. avv. IV-asr oxiriga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng deb e’lon qilgan qonunlar qabul qilindi





Yüklə 104,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə