8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə31/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

Darsning turi: Interfaol, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, proyektor,kompyuter.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish,darsni tashkil qilish,sinf o`quvchilarining darsga tayyorligini tekshirish va davomatni aniqlash.
II.O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash:
Uyga berilgan vazifani so`rash va tekshirish,`quvchilar bilan suhbat o`tkazish:
III.Yangi mavzuning bayoni.

1-topshiriq. Rasmlarni kuzating va savollarga javob bering.
- Siz „Bolalar ijodiyoti“ uyida bo`lganmisiz?
- Maktabingizda qanday to`garaklar bor?
- Do`stlaringiz qaysi to`garaklarga qatnashadilar?
2-topshiriq. Matnni o`qing, ajratib ko`rsatilgan so`zlarga e’tibor bering.
Amaliy san’at maktablari
Antik davrda rangtasvir va amaliy san’atning barcha turlari rivojlangan. O`zbekistonning janubidan topilgan haykallarda Gandhara haykaltaroshlik maktabining ta’siri sezilib turadi. Jumladan, Ayritom piramonida tasvirlangan sozandalar, sovg'a-salom ko`tarib ketayotgan ayollar, kushoniylar kiyimini kiygan va shohga sovg‘a taqdim qilayotgan mehmonlar tasvirlangan. XIV-XVI asrlar tasviriy san’atda Uyg‘onish davri bo`lib, manzara tasvirlari Samarqanddagi ayrim maqbaralarda saqlanib qolgan. Amir Temurning rangli rasmlar bilan bezatilgan saroylarida hukmdor, temuriy malikalar va sohibqiron safdoshlarining ramziy suratlari tasvirlangan. XVI-XVII asrlarda O`rta Osiyo miniatyura maktablari yuqori darajada rivojlangan. Xususan, Hirot, Samarqand va ayniqsa, Buxoroda kitobat va muqovasozlik san’atida katta yutuqlarga erishilgan. Uslubiy jihatdan Hirot maktabiga yaqin turgan Samarqand rangtasvir maktabiga mansub asarlar orasida 1437-yilda yaratilgan Sufiy risolasi qo`lyozmasiga ishlangan rasmlar, Ulug‘bek siymosi tasvirlangan miniatyura, Nizomiyning ,,Xamsa“ asariga ishlangan miniatyuralar bor. Ushbu nodir qo`lyozma asarlar Parij, Vashington, Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.
(„ Ensiklopedik ma 'lumotnoma “dan)

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə