93
- jamiyatda muhtoj bolalarga rahmdillik hissi;
- yolg‘izlik hissi;
- diniy sabab va boshqalar.
Vaqtinchalik qabul oilasi professional mutaxassislar oilasi bo‘lgani
bilan vasiylik oilasidan farq qiladi. Agar xorij tajribasiga murojaat
qilsak, uning bir nechta belgilarini aniqlasak bo‘ladi; bunday oilaning
psixologik-pedagogik
tayyorligiga
mos
tushuvchi
malakaning
mavjudligi, bu oila xizmatlariga haq to‘lanishi; bolaning oilada bo‘lish
vaqti qabul qiluvchi ota - onaning ish staji
muddati hisoblanishi va
boshqalar.
Bola vaqtincha qabul qiluvchi oilada uning keyingi taqdiri xal
bo‘lgunga qadar yashaydi: o‘z oilasiga qaytishi, bolalar uyi, internat yoki
boshqa muassasaga yuborilishi. Bolaning o‘z oilasiga qaytib kelishi bola
oiladan ajratib olingan sabablarningobartaraf etilishini ko‘zda tutadi.
Bular ota - onasining davolanishi, oila inqirozining tugashi va boshqalar.
Bolaning bu oilada bo‘lish bir oydan bir necha yilgacha cho‘zilishi
mumkin. Bolaning qabul qiluvchi oilada qisqa muddatli bo‘lish o‘z
oilasida inqirozli holatda, to‘satdan ota - onasidan judo bo‘lganda bolaga
shoshilinch yordam ko‘rsatilishini anglatadi. Bolaning qabul qiluvchi
oilada uzoq muddat bo‘lishi bola o‘z oilasining uzoq reabilitatsiya
jarayoni yoki boshqa sabablar bilan izohlanishi mumkin.
Vaqtinchalik
qabul oilasiga kelayotgan bolalar kontingentining murakkabligini
(ijtimoiy qarovsiz, kasallik, jismoniy va ruhiy nuqsonlar) inobatga olib
oilalarda bu bolalarning normal rivojlanishi uchun alohida sharoitlar,
g‘amxo‘rlik yaratilishi lozim.
Bular bolaga boshdan kechirgan qiyin
vaziyat bilan bog‘liq stress holatidan chiqishga yordam beradi. Bunday
oilaning asosiy maqsadi - biologik ota - onalar bilan aloqalarni ushlab
turish va bolani o‘z oilasiga qaytarib berish. Agar bolani o‘z
oilasiga
qaytarishning imkoniyati bo‘lmasa unda uning keyingi taqdiri borasida
sud qarori chiqmaguncha vaqtinchalik qabul oilasida bo‘lib turadi.
Aslida bunday oila biologik oilada biror - bir inqirozli vaziyat yuzaga
kelganda “tez tibbiy yordam” vazifasini bajaradi. Qabul qiluvchi oila
institutining joriy qilinishi avvalambor bunday oilalarni tanlab olish,
ularni bu faoliyatga tayyorlashning effektiv mexanizmini ta’minlaydigan
normativ huquqiy bazaning yaratilishini talab qiladi.
Qabul qiluvchi
oilalar va ular vazifalarining farqlanishiga qaramay ijtimoiy
pedagogning bu oilalar bilan ish yuritishini belgilab beruvchi bir qator
umumiy qoidalarni ajratsak bo‘ladi. Bu faoliyatni bir qator bosqichlarga
94
ajratsak bo‘ladi: oilalarni tanlash, ota - onalarni o‘qitish, bolalar ta’lim-
tarbiyasi masalasi bo‘yicha faoliyatlarining patronajini o‘tkazish va
boshqalar. Shuningdek, ijtimoiy pedagogning faoliyati doim boshqa
mutaxassislar - ijtimoiy ishchilar, shifokorlar, psixologlar, defektologlar
bilan hamkorlikda bo‘ladi. ijtimoiy pedagogik
faoliyat har qanday
boshqa faoliyat kabi faoliyat maqsadi, subyekt va obyekti, funksiyalari,
tashkil qilish metodlari va usullari bilan aniqlanadi. Qabul qiluvchi oila
bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishning maqsadi - oilada bolani normal
tarbiyasi va rivojlantirish. Uning subyektlari yuqorida sanab o‘tilgan
mutaxassislardir. Faoliyat obyekti oila va bola hisoblanadi. Qabul
qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishni bir nechta
bosqichlarga ajratib, bu bosqichlarda ijtimoiy pedagog faoliyatining
funksiyalarini belgilasa bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: