A qodiriy nomidagi


Nuklein kislotalar almashinuvi  haqida umumiy tushuncha



Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

2.3.Nuklein kislotalar almashinuvi  haqida umumiy tushuncha 

 

 

Molekulyar biologiya, molekulyar genetika, gen muhandisligi va 



biotexnologiya fanlarining shakllanishida va hozirgi kunda jamiyat hayotida 

yetakchi o`rin egallab turishida nuklein kislotalar va ularning metabolizmi asosiy 

o`rin egallab kelmoqda.  

 

Ozuqa mahsulotlari tarkibida nukleoproteinlar ma'lum miqdorda bo`lib, 



ovqat hazm qilish jarayonida oshqozon va ichak suyuqliklari tarkibidagi HCl va 

proteolitik fermentlar ta'sirida oqsil va nuklein kislotalarga parchalanadi. Nuklein 

kislotalar  nukleazalar deb ataladigan fermentlar ta'sirida mononukleotidlarga 

ajraladi. Nukleazalar gidrolizlaydigan nuklein kislotalar turiga qarab 

dezoksiribonukleaza (DNK-aza) va ribonukleazalar (RNK-aza) ga bo`linadi.  

 

Oshqozon osti bezi suyuqligi tarkibida DNK-aza va RNK-aza fermentlari 



bo`lib, ular ta'sir chegarasiga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi:  

  

●  zanjirdagi ichki nukleotidlararo bog`larga-endonukleazalar, ohirgi 



nukleotid qoldiqlariga-ekzonukleazalar ta'sir qiladi; 

 

● bir zanjirli yoki ikki zanjirli nuklein kslotalarni parchalovchilar ; 



 

●  murakkab efir bog`lari 3' yoki 5' bo`lgan holda ta'sir etuvchilar; 

 

●  nuklein kislotalarni  α yoki 



δ

 bog`lariga ta'sir etuvchilar; 

5' - F – N – F – N – F – N – F – 3'

 

 



                                          

α

-guruh     



δ

-guruh 


Н – nukleozid; F – Fosfst. 

 

 



●purin yoki pirimidin azot asoslari bo`yicha ta'sir etuvchi fermentlar

  

●restriktaza asosida ta'sir etuvchi enzimlar. 



 

 

DNK va RNKlarning degradatsiyasi gidrolitik va fosforilitik nukleazalar 



ishtirokida sodir bo`ladi. Fosforilitik parchalanishda jumladan, RNK 

molekulasidan nukleotid qoldig`i noorganik fosfat kislotasiga uzatiladi.  




40 

 

RNK



n

 

+ Н



3

РО

4



 

RNK


n-1

 + NADF (nukleoziddifosfat) 

 

Ushbu reaksiya hujayradagi noorganik fosfat kislota konsentratsiyasini bir 



me'yorda saqlanishida hizmat qiladi. 

 

RNK  -aza va DNK-azalarning hujayradagi vazifalari bir xil bo`lmaydi. 



Masalan, pankreatik ribonukleaza (RNK -  aza I ) ekzo-va endonukleaza 

xususiyatiga ega bo`lib, turli xil RNK larni parchalaydi. Bular bilan bir qatorda 

yuqori spetsifik to`qimali RNK-azalar bo`lib, ular RNK-dagi muayyan bog`larni 

uzishda xizmat qiladi. Bu reaksiya ribosom va transport RNK larni shakllanishida 

ishtirok etadi.  

 

Oshqozon osti bezining tarkibidagi DNK  -  aza bir zanjirli molekulani 5' 



tomonidagi fosforil guruhidan boshlab oligodezoksiribonukleotidlargacha 

parchalaydi. Taloq tarkibida aniqlangan DNK-aza II, DNK ning ikkita zanjiridagi 

3'- 5'- fosfodiefir bog`larini katalizlab, 3'-fosfooligonukleotidlarni hosil qiladi.  

 

Restriktaza fermentlari DNK-azaga o`xshab, DNK molekulasini 



depolimerlash jarayonini muayyan nuqtalardan boshlaydi. Restriktazalar yuqori 

spetsifiklikka ega bo`lib, ma'lum azot asoslari bo`yicha DNK molekulasini 

gidrolizlaydi. Bu fermentlar fag va viruslarga tegishli DNK molekulasini nukleotid 

qatorini aniqlashda, genetik muhandisligida keng qo`llaniladigan rekombinativ 

DNK (gibrid) tayyorlashda ishlatiladi.  

 

Shunday qilib, oshqozon-ichak yo`lidagi bir qator fermentlar ovqatdagi 



nuklein kislotalarni nukleotid va nukleozid darajasigacha parchalaydi. 

Нosil 


bo`lgan mahsulotlar qonga so`rilib, hujayralarga yetkaziladi. Nukleotidlar nuklein 

kislotalar sintezida ishtirok etishi bilan birga organizmdagi boshqa metabolitik 

jarayonlarda ham qatnashadilar. Nukleotidlar nukleozidlar, purin va pirimidin 

asoslari, riboza va dezoksiribozalarga parchalanadi, yangidan sintezlanib, bir-

biriga o`tadi. Bu o`zgarishlar turli fermentlar ta'sirida, bir qator oraliq bosqichlari 

orqali sodir bo`ladi.  

 


Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə