A. V. Mavlonov



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə19/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

Birinchi nusxa - bunda yaxlit qatlam kollektorda ba’zi g’tkazmaydigan linzalar mavjud, ular keng tarqalganligi uchun korrelyatsiya qilib bg’lmaydi, demak, ular barqaror bg’lmaganligi uchun gidrodinamik tg’siq vazifasini o’ta olmaydi. Bunday kollektorlar 70% quduqlarda ochilgandagina ushbu nusxaga mansubdirlar.
Ikkinchi nusxa - bunda mahsuldor va mahsuldor bg’lmagan qatlamlar bir-biri bilan ketma-ket joylashganlar, g’tkazgich bg’lmagan qatlamlar yaxshi gidrodinamik tg’siq vazifasini bajara oladi. Umuman, qatlamlar orasida bog’liqlik yg’q, bg’lsa ham juda kam. Bunday nusxaga kollektorlarning 30-70 % ochilgan holatda mansubdirlar.
Uchinchi nusxa - bunda mahsuldor qatlamlar uning g’tkazgich bg’lmagan qismida linzalar sifatida namoyon bg’ladi, ularni korrelyatsiya qilish imkoni yuq, chunki ular har joy - har joyda mavjuddirlar. Bunday holatlarda agar hamma quduqlarning 30 % dan kami kollektorni ochgan bg’lsa, ular uchinchi nusxaga mansubdirlar.
Qatlamdagi neft- gazlarning xossalari. Neft va gazlarning xossalari ularning tarkibiga va mavjud sharoitni belgilovchi bosim va haroratga bog’liqdir. Qatlamni qazib chiqarish jarayonida undagi bosim va harorat paydar-pay g’zgaraveradi va bu g’zgarish neft-gaz aralashmasiga g’z ta’sirini kg’rsatadi, shuning uchun ular bir kg’rinishdan boshqa kg’rinishga g’tishlari mumkin. Bunday holatlarni g’rganish zahiralarni hisoblashda, qazib chiqarish loyihalarini tuzishda va qazib chiqarishni boshqarishda, ishlatish hamda uzatish jarayonlarida bg’lajak ahvolni bilishga yordam beradi.
Neft va gaz uglevodorodlarining aralashmasidan iborat bg’lib, ular aksariyat hollarda kg’proq metan (parafin) qatoridan iborat (SnN2n+2) hamda naften qatori (SnN2n) va xushbg’y uglevodorodlardan (aromatik SnN2n-6) iboratdir. Tabiiy sharoitlarda uglevodorodlar g’zining fizik holati bg’yicha SN4 dan S4N10 gacha gazlar, S5N12 dan S1bN34 gacha suyuqliklar, S17N36 dan S35N72 gacha qattiq jismlardan iboratdir.
Qatlamda gaz kg’p bg’lgan vaqtda u neftning ustida joylashishi mumkin, lekin g’sha gazning tarkibida ham neft bug’ kg’rinishida mavjud bg’ladi. Katta bosim ostida gazning solishtirma og’irligi ortib, engil suyuqliklarnikiga yaqin bg’lib qoladi. Ana shunday holatlarda engil uglevodorodlar gazda erib ketadi. Natijada neft gazda erib ketish holatlari kuzatiladi. SHunday uyum ishlatilishi natijasida bosim va harorat pasayishi va uning tarkibidan suyuq uglevodorodlar kondensat tariqasida ajralib chiqishi kuzatiladi.
Agarda qatlamda gaz kam va anchagina bosim mavjud bg’lsa, gaz neftda erib ketadi va faqat suyuqlik holatida namoyon bg’ladi. YUqorida keltirilgan holatlarga qarab uglevodorodlar qatlamda: 1) faqat gaz holatida, 2) gaz-kondensat holatida, 3) gaz-neft yoki nef-gaz holatida va 4) sof neft holatida namoyon bg’lishi mumkin. Neft-gaz uyumi yoki aksincha gaz-neft uyumi deb belgilashlik gaz va neft miqdoriga qarab ajratiladi, neft uyumlarida ozmi-kg’pmi albatta gaz erigan bg’ladi.
G’arbiy Sibirda gazogidrat uyumlari mavjudligi aniqlandi. Bunda qatlam sharoitida gaz suv bilan qg’shilishgan holda gidrat hosil qiladi. SHunday konlar asosan mangu muzlik zonalariga joylashgan.
Unday konlarning zahiralarini hisoblash va ishga solish boshqalariga nisbatan anchagina farq qiladi.



Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə