Abdurashid to xtaboyev



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

3. Aqliy hujum
Q o‘lingizning bir yengil harakati bilan, sizga qarshi chiqqanlar siz 
taraf bo‘lishadi. Kipriklaringizni bir qoqishingiz bilan hamma sizga quloq 
soladi. Bu ertak va xayollar emas, bu insonlar ichki dunyosiga ta ’sir qilish 
texnologiyasi to ‘g ‘risidagi fan. Unda singdirish, ta’sir qilish, so‘zamollik, 
energoamaliyot va imidjologiya usullari qo‘llaniladi. Insonlarga ta ’sir 
ko ‘rsatishning oddiy usullarini bilsangiz har qanday holatda yutib chiqasiz.
1-holat
Siz o ‘zingizning zo ‘r g ‘oyangizni «sotish» uchun hamkorlik qilgani 
uchrashuvga bordingiz. Lekin unga sizning mantiqiy isbotlaringiz va 
rom etuvchi qilib tasvirlagan kelajagingiz ta ’sir etmayapti. Hamkoringiz 
fikringizni qabul qilishi uchun nima qilish kerak?
«Moslashish va ergashtirish» texnologiyasi.
Sizning maqsadingiz - hamkoringiz holatiga moslashib olish. Buning 
uchun u bilan emosional kontakt tuzish kerak: uning holatiga kiring, imo- 
ishoralaridan nusxa oling, bir xil kiyinishga harakat qiling. Bu holatda siz 
uning egizagiga aylanasiz. Endi passiv holatdan aktiv holatga o‘tish kerak: 
ovozingizni pasaytiring, sekinroq so‘zlang. Agar hamkoringiz sizning xatti- 
harakatingizni takrorlasa, «moslashish» muvaffaqiyatli amalga oshmoqda. 
Endi bemalol o ‘z fikringizni ayting, hamkoringiz siz tarafga o ‘tdi.
Eslatma: Suhbatni buyruq ohangida tugating, xuddi hamkor sizning 
fikringizni qabul qilganidek. (Masalan, juda soz, Ibrohim M o‘minovich. 
Ertaga ertalab ofisingizni ta’mirlash uchun zaruriy rekonstruksiya rejasini
44


olasiz. Ibrohim M o'm inovich boshini irg‘itadi, Sizning ta ’sir doirangizga 
|>‘ynayotganini ham anglamaydi.) Sizning ichki o ‘z-o‘zingizga ishonchingiz 
jjamkoringiz Sizning foydangizga qaror qabul qilishi uchun turtki boMadi.
2-holat
Sizni juda katta kelishuv kutmoqda. Lekin xalq naqliga asosan «Ishon, 
Jekin tekshir», «Etti o ‘lchab bir kes» maqoliga amal qilib, siz hamkoringiz- 
jling samimiyligini tekshirmoqchisiz. Qanday qilib oldingizdagi kishi haqi- 
sqiy ishbilarmon yoki uchiga chiqqan «olg‘ir» ekanligini aniqlash mumkin?
F itna («Provokasiya») texnologiyasi.
0 ‘zingizni uning barcha so‘zlariga ishonayotgandek tuting. «Yaxshi, 
m en sizning fikringizni qabul qildim», - deng va uni kuzating:
- agar u samimiy hamkorlikni boshlasa, u haqiqiy ishbilarmon -
Shartnoma tuzsa bo‘ladi;
- agar hissiz va sovuqqon yuz ifodasini saqlab tursa, sizning oldingizda 
,«olg‘ir». Lekin «toshbaqasifat» (o ‘z qobig‘iga ega) odamlar o ‘z his-tuyg‘u- 
larini yashira oladilar.
Eslatma: hamkorning hayajonlanishini uning ko ‘zlarini tez-tez artishidan, 
ja g ‘ va bumini ishqab q o ‘yishidan bilsa bo‘ladi. Chunki inson yolg‘on 
gapirganida aynan shu joylardagi nervlar taranglashar ekan.
3-holat
Rahbar sizni xonasiga chorlamoqda. Uning asabiy xatti-harakatlaridan 
sizni noxushlik kutayotganini sezmoqdasiz. Xuddi shunday ham bo‘ldi: 
rahbaringiz o ‘z vaqtida topshirilmagan hisobot va talay kamchiliklar 
uchun sizni urishmoqda. Takliflaringiz va masalani hal qilishga qaratilgan 
harakatingizga umuman e ’tibor bermayapti. Qanday qilib uni o ‘ziga keltirish 
va o ‘zingizning asablaringizni saqlab qolishingiz mumkin?
«M ehr buluti» texnologiyasi.
K o‘p axborot nafaqat so‘zlar, balki imo-ishoralar bilan uzatiladi. 
Shuning uchun u to ‘g‘risida yaxshi fikrlami o'ylang. 0 ‘z-o‘ziga singdirish 
quyidagichabo‘lishim um kin:«Sizhozirm engaovozingizniko‘tarmoqdasiz, 
lekin siz eng yaxshi odamsiz, sizga eng yaxshi tilaklar bildiraman». Bu fikrni 
o ‘zingizga shu darajada singdiringki, sizdan chiqayotgan mehr uni bulut kabi 
o ‘rab olsin. Agar siz barchasini to ‘g ‘ri qilgan bo'lsangiz, u so‘zining yarmida 
ovozini pasaytiradi. Bu yaxshi. Chunki uning miyasi impulslaringizni qabul 
qildi va sizning do‘st ekanligingizni angladi. Agressiya (qarshilik) so‘ndi, u 
endi sizning fikringizni qabul qiladi.
Eslatma: 0 ‘z his-tuyg‘ularingiz yuzingizda tabassum shaklida namoyon 
boMishiga y o ‘l qo ‘ymang. Siz tinchlantirmoqchi boMgan inson fikran 
«ustimdan kulayapti» degan xayolga boradi.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə