Abdurashid to xtaboyev



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

45


4-holat
Ahvolingiz tang. Hamkoringiz kelmadi. Kiyinishingizga e’tiroz 
bildirishdi. Ataylab qilinganidek, rahbaringizga aqliy hujumni tashkil etish 
zarur bo‘lib qoldi. Qanday qilib o ‘zingizni bosib olishingiz mumkin?
«Yoqimli xayollar» texnologiyasi.
Hayotingizdagi eng baxtli bo ‘lgan daqiqalami eslang. U kimgadir 
dengizdagi hordiq, ishxonadagi faoliyat yoki birinchi muhabbat bo‘lishi 
mumkin. Xayolingizda ushbu holatni tasavvur eting, borlig‘ingiz bilan o ‘sha 
davrga qayting. Lekin «qaytib kelish»ni yodingizda tuting. «Emosional» 
zaryad sizni o ‘zingizni bosishga, to ‘la quvvat bilan ishlashga ko‘mak beradi. 
Bu texnologiyani aktyor va yozuvchilar qo‘llashadi. Ular shu darajada 
boshqa holatga o‘tadilarki, jism larida biologik o ‘zgarishlar bo‘ladi: qon 
bosimlari oshadi, yuraklari tezroq uradi, isitmalari ko‘tariladi.
Eslatma 1. Tasavvur etishda eshitish, ko ‘rish va sezishni bir vaqtda 
amalga oshiring.
Eslatma 2. 0 ‘zingizga tashqaridan qaramang, balki real faoliyatdagi 
shaxs sifatida tasavvur eting.
5-holat
Siz sherigingiz bilan hamkorlikda ishlaysiz. Lekin qaror qabul qilishga 
fursat yetganda, oqqush, qisqichbaqa va cho‘rtanni eslatasizlar. Ammo 
arava hamon joyida. Sizlar qanday qilib umumiy bir to ‘xtamga kelishingiz 
mumkin?
«Sehrli so‘zlar» texnologiyasi.
Aksariyat hollarda insonlar tashqi dunyoni bir xil qabul qilmasliklari 
sababli bir-birlarini tushunmaydilar. Hamkoringiz qanday fikrlashiga qarab 
uni o ‘z tarafingizga og ‘dirib olishingiz mumkin. B a’zilar suratlar (vizuallar), 
boshqalar tovushlar (audiallar), uchinchilari his qilish orqali (kinostetik) 
fikrlashadi. Uning qaysi turga bo‘ysunishini bilmoqchi bo‘lsangiz, so‘zlariga 
quloq soling.
Vizuallar baland ovozda, tez so‘zlaydi. Bunday insonlarga «Siz ko‘rib 
turganingizdek, masalani hal qilish yo ‘li», «buni yana bir bor ko‘rib 
chiqing», «yaqindan olib ko‘rsak» kabi so‘zlami ishlating.
Audiallar sekin va mayin so‘zlashadi. So‘zlashganda ruchkani yoki 
oyog‘ini bir m aromda taqillatadi. Ularga «bunday deyish ham mumkin», 
«buni eshitmagan m a’qul», «ajoyib yangraydi» degan iboralami so‘zlash 
darkor.
Kinostetik sekin v a o ‘ylanib gapiradi, pastga va yon-atrofga qaraydi.
Agar sizga shunday hamkor duch kelgan bo‘lsa «bir daqiqa to ‘xtab 
turing», «siz xaqligingizni his qilayapman», «sovuq hisob-kitoblar», 
«achchiq haqiqat» iboralarini ishlating.
46


Eslatma: Hamkoringizni, ayniqsa, u o ‘ylanib turganda diqqat bilan 
|u z a tin g hamda uning kimligini aniqlab, moslashib oling.
6-holat
Hamkasblaringiz hech narsadan hech narsa y o ‘q siz bilan sovuqqonlik 
bilan muomala qilishni boshlashdi. 0 ‘zingiz to‘g ‘ringizda orqavarotdan 
nobop so‘zlar eshitmoqdasiz, kotiba g ‘alati qarab qo‘ymoqda. Siz qandaydir 
Xufyona kelishuvning jabrlanuvchisiga aylanganingizni sezmoqdasiz. Bu 
f>‘rinda bunday «o‘rgimchak uya»dan qanday qutulish mumkin?
«Antiintrigan» texnologiyasi.
1. Hech qachon mish-mishlarni tarqatgan odamni qidirmang.
2. Sizga mish-mishlarni yetkazishayotganda hazilga oling.
3. Yangiliklami so‘zlayotganlarga katta qiziqish bildirmang.
4. Hamma bilan bir xil muomalada bo‘ling, hech narsa bo‘lmagandek 
jyuravering.
5. Psixologik «xaspo‘shlashni» amalga oshiring. Ular bilan birga ishlash 
nasib etganidan va ularning mahoratidan g ‘ururlanib so‘zlang. G ‘alamisligi 
javobsiz qolganda u o ‘z-o‘zidan chekinadi.
Xullas, boshqalargata’s iro ‘tkazishnio‘rganing,aks holda sizga boshqalar 
ta ’sir etadi.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə