ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1122-1126
Academic Research, Uzbekistan 1123 www.ares.uz
munosabati hamkorligi va erkin tanlash printsipi
uni tanlagan sohasi bilan
shugʼullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi. Pedagog
olimlar tomonidan taʼlim jarayonida shaxsga yoʼnaltirilgan
yondashuvning
asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan boʼlib, u quyidagilardan
iborat: shaxsga yoʼnaltirilgan taʼlim; hamkorlik pedagogikasi;
- adaptiv muloqot
pedagogik
texnologiyasi; oʼyin texnologiyasi; rivojlangan oʼqitish texnologiyasi;
muammoli oʼqitish texnologiyasi; differentsial oʼqitish; individual oʼqitish
texnologiyasi. Ushbu yoʼnalishlarning har birida taʼlim oʼkuvchi shaxsining qiziqishi,
qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari eʼtiborga olinib tashkil etiladi. Аyniqsa,
shaxsga yoʼnaltirilgan taʼlimda oʼquvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli
vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urgʼu beriladi.
Mustaqil oʼqib-oʼrganish, oʼquv jarayonidagi qiyin vaziyatlarda oʼqituvchining
yordamisiz muammolarni hap qilishga urinish, shundan keyingina oʼzining xulosalari
toʼgʼriligiga ishonch hosil qilish uchun oʼqituvchining yordamiga tayanish zarurligini
anglatish muhimdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oʼquv jarayoniga faol yondashish yuzaki qaraganda oddiy boʼlib koʼrinishi
mumkin. Oʼqituvchi biror hodisani uzoq vaqt tushuntirish oʼrniga oʼquvchiga
darslikdagi maʼlum mavzuni mustaqil oʼqib-oʼrganishga,
mavzu yuzasidan berilgan
amaliy tajribalarni mustaqil bajarish, oʼquv natijalarini tekshirish uchun test
savollariga mustaqil javob tayyorlashni topshirishi ijobiy natija beradi. Аgar oʼquvchi
oʼz oʼquv faoliyatining mohiyatini koʼra olmasa, u oʼkuv
maqsadini tan olmaydi,
oʼqituvchi qoʼygan vazifaparni tushunmaydi va qabul qilmaydi. Shuning uchun oʼquv
materiali mazmuni avval oʼqituvchi tomonidan ijobiy oʼzlashtirilib, qayta ishlanib,
undan oʼquvchini qiziqtiradigan, shaxsiy tajribasiga mos kelib, fikrini koʼzgʼaydigan,
hayajonga soladigan xos jihatlar belgilab yetkazilgandagina natijasi samarali boʼlishi
isbotlangan. Аna shundagina oʼquvchi oʼzini ushbu hodisalarning bevosita
ishtirokchisi va ijodkori deb hisoblaydi. Oʼqituvchi oʼquvchini
sust tinglovchidan
dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishi katta ahamiyatga ega. Bunga
oʼquvchining oʼz bilimi va qobiliyatiga ishonch hissini oshirishi oʼta taʼsirchan
omildir. Ushbu vazifani amalga oshirishning har bir bosqichida oʼquvchining
jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan rivojlanish darajalari tahlil qilinib,
zaruriy
tavsiyalarni berib, pedagogik qoʼllab-quvvatlash, uning faoliyatiga zarur oʼrinlarda
tuzatish va qoʼshimchapar kiritib borish muhim. Oʼquvchining shaxsiy mustaqil
bilish faoliyati ularning ichki motivatsiyasi yuqori darajada boʼlganda faol va