Academic Research in Educational Sciences Volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 45,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü45,81 Kb.
#138890
1   2   3   4   5
bo-lajak-pedagoglarning-kreativligini-rivojlantirish-usullari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 6 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
652
 
June, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish 
Har bir pedagogning o‟zini o‟zi rivojlantirishi va o‟zini o‟zi namoyon eta olishi 
bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‟liq. Odatda pedagoglarning 
kreativlik qobiliyatiga ega bo‟lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish
ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‟zaro ijodiy 
hamkorlikka erishishlari orqali ta‟minlanadi. Pedagog o‟z- o‟zidan ijodkor bo‟lib 
qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum vaqt ichida izchil o‟qib-o‟rganish, o‟z 
ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. 
Har qanday mutaxassisda bo‟lgani kabi bo‟lajak pedagoglarning kreativlik 
qobiliyatiga ega bo‟lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‟yiladi va kasbiy 
faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‟zini o‟zi 
ijodiy faoliyatga yo‟naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim 
ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni 
yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi 
ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e‟tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va 
vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy 
yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog 
o‟z oldiga muammoli masalalarni qo‟yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy 
tajribalariga zid bo‟lgan dalillar bilan to‟qnash keladi. Buning natijasida o‟z ustida 
ishlash, mustaqil o‟qib o‟rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagog o‟zida quyidagi 
kreativlik malakalarini namoyon eta oladi: 
bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish
masalaning qo‟yilishini tahlil qila olish; 
masalani hal qilish rejasini tuzish; 
masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez, induksiya, deduksiya, 
taqqoslash va b.)larni qo‟llash; 
masalani hal qilish usullarini tanlay olish; 
qabul qilingan qarorning to‟g‟riligini asoslash va qayta tekshirish
masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish; 
masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala yechimi yakunlarini 
umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish 
Ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirish ham 
pedagogning kreativlik potensialini rivojlantiradi. Natijada pedagog: 
ijodiy fikrlashga odatlanadi; 
-ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish ko‟nikmalarini puxta 
o‟zlashtiradi; 



Yüklə 45,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə