Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə21/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60

43. Pirmuhammadxon va qozoq xoni Tavakkal o‘rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo‘lgan edi?

A) Samarqand yaqinidagi Bog‘i Shamol mavzeida

B) Miyonqolning Uchqora mavzeida

C) Jizzax yonidagi Sangzor darasida

D) Toshkentning Bo‘zsuv daryosi bo‘yida

44. Abdullaxon II ning o‘g‘li Abdulmo‘min qayerda o‘ldirilgan edi ?

A) Zarafshon bo‘yida

B) O‘ratepa va Zomin oralig‘da

C) Seistonda

D) Toshkent va Chinoz oralig‘ida

45. Pirmuhammadxon va Boqi Muhammad o‘rtasidagi aloqaning buzilishiga nima sabab bo‘lgan edi?

A) Boqi Muhammadning Eron bilan pinhona aloqa o‘rnatganligi

B) Jaloir va do‘rmon qabilalarining ig‘vosi

C) Pirmuhammadxonning qozoqlardan olingan o‘ljaning hammasini o‘ziniki qilib olishi

D) Boqi Muhammadning butun hokimiyatni egallab olishga intilishi

46. Qaysi voqeadan so‘ng Muhammad Shayboniyxon butun Movarounnahrni egallashga kirishdi?

A) Abulxayrxon davlatini qayta tiklagandan keyin

B) Samarqand Muhammad Shayboniyxon tomonidan uzil-kesil egallangach

C) Toshkent va Shohruxiyani egallagandan keyin

D) Urganch Shayboniyxon tomonidan bosib olingandan keyin

47. Abdullaxon II ning quyida ko‘rsatilgan hududlarni egallagan yillari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

l) Balx; 2) Samarqand; 3) Toshkent va Farg‘ona; 4)

Badaxshon; 5) Xorazm a) 1574-yil; b) 1578-yil; c) 1583-yil; d) 1584-yil; e) 1595-yil.

A) 1-a; 2-c; 3-b; 4-e; 5-d B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e

C) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a; 5-e D) 1-e; 2-b; 3-c; 4-d; 5-a

48. Shayboniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrning qaysi yillarida qo‘sh hokimiyatchilik yuzaga kelgan edi?

A) 1540, 1599-yillar B) 1541, 1556-yillar

C) 1541, 1598-yillar D) 1557, 1599-yillar

49. Mamlakatda iqtisodiy ahvol og‘irlashgach, 1515- yil Ko‘chkinchixon pul islohotini o‘tkazgan edi. Natijada nechanchi yilga kelib ahvol bir maromga tushdi?

A) 1517-yil B) 1521-yil C) 1527-yil D) 1533-yil

50. Abdullaxon II vafot etgach, Buxoro xonligida sodir bo‘lgan og‘ir vaziyatdan foydalangan Eron shohi Abbos bostirib kirib qaysi shaharlarni egallaydi?

A) Marv, Xorazm, Samarqand, Kesh

B) Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirot

C) Qarshi, Hisor, G‘uzor, Samarqand

D) Balx, Badaxshon, Marv, Chag‘oniyon

51. Shayboniyxon avlodlari Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug‘orish uchun … kanallar qazitgan edi?

A) 20 ga yaqin B) 10 dan ortiq C) 30 ga yaqin

D) 40 ga yaqin

52. Shayboniylar davlatida kimning nomi xonning farmon va yorliqlarida birinchi bo‘lib yozilgan?

A) Ko‘kaldosh B) Shayxulislom C) Naqib

D) Otaliq

53. Abdullaxon II Beklarsoy darasidagi qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o‘rnida ulkan band qurdirgan edi. U qaysi tumanda joylashgan edi?

A) Kattaqo‘rg‘on B) O‘ratepa C) G‘uzor

D) Nurota

54. Shayboniylar davlatida qo‘rchiboshi qanday lavozim bo‘lgan?

A) qurol-aslaha xizmati boshlig‘i

B) chet el elchilarini qabul qiluvchilar boshlig‘i

C) harbiylar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘rib chiqib, ularni bartaraf etuvchi amaldor

D) Xon shaxsiy askarlari boshlig‘i

55. Abdullaxon II Hindistonga necha marta elchi jo‘natgan edi?

A) 3 B) 4 C) 2 D) 5

56. Muhammad Shayboniyxon Eron Safaviylariga qarshi kurashish to‘grisida kim bilan shartnoma tuzgan edi?

A) Sulton Salim B) Navro‘z Ahmadxon

C) Boyazid II D) Ivan III

57. Sulton Salim elchisi Muhammadbek Buxoroga nechanchi yil kelgan edi?

A) 1512-yil B) 1524-yil C) 1527-yil D) 1515-yil

58. Shayboniyzodalarning Movarounnahr uchun kurashida Usmoniylar kimga yordam uchun harbiy kuch jo‘natgan edi?

A) Abdullaxon II ga B) Abdulmo‘minga

C) Ko‘chkinchixonga D) Navro‘z Ahmadga

59. XVI asrda Buxoro va Eron manfaatlari to‘qnashgan asosiy nuqta qaysi hudud edi?

A) Xuroson B) Badaxshon C) Xorazm

D) Kavkaz

60. Abdullaxon II nechanchi yillarda Moskvaga elchilar yuborgan edi?

A) 1558-1559-yillarda B) 1557-1558-yillarda

C) 1583-1584-yillarda D) 1593-1595-yillarda

61. Shayboniylar davridagi ta’lim islohotiga ko‘ra, noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

A) har bir mahallada maktab ochildi

B) bolalarga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo‘ldi

C) maktablarda 4 yil o‘qilgan

D) madrasalarda ta’lim uch bosqichli edi

62. Quyida berilgan allomalardan qaysi biri jarroh bo‘lgan?

A) Mavlono Baqo B) Xoja Muhammad

C) Mavlono Hasan D) Xoja Hakim

63. Xoja Hasan Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” asarida qayd etilgan mavlono Kavkabiy qaysi fanlar ilmida shuhrat topgan edi?

A) tibbiyot va geografiya

B) matematika va astronomiya

C) tarix va adabiyot

D) mantiq va falsafa

64. Hofiz Ko‘hakiy nechanchi yilda Zahiriddin Bobur huzuriga, Hindistonga borgan edi?

A) 1527-yil B) 1529-yil C) 1528-yil D) 1530-yil

65. “Buxoro juda katta shahar, unda g‘ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko‘p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo‘qdir”, ushbu ta’rif kimga tegishli?

A) Fazlulloh ibn Ro‘zbehon B) Muhammad Solih

C) Antoniy Jenkinson D) Muhammadbek

66. Ubaydullaxonning o‘zbek tilidagi devoni nechta ruboiydan iborat?

A) 306 B) 435 C) 345 D) 125

67. Shayboniylar davrida bunyod etilgan hazrati Qosimshayx xonaqosi qayerda joylashgan edi?

A) Buxoroda B) Samarqandda C) Miyonqolda

D) Karmanada

68. Quyidagi allomalarning qaysi biri Ali Qushchining nabirasi bo‘lgan?

A) Muhammad Haydar B) Sultonali Samarqandiy

C) Hofiz Ko‘hakiy D) Kamoliddin Binoiy

69. O‘rta Osiyodagi turli hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga qanday imkon berdi?

A) Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxshi bilib olish

B) Abulxayrxon davlatini qayta tiklashda ittifoqchilar to‘plash

C) bobosining davlatida hukmdor bo‘lish

D) temuriy hukmdorlardan jang san’ati va mahoratini o‘rganish

70. “Zubdat ul-ozor” asarining muallifini aniqlang?

A) Ali Nasrullohiy B) Zayniddin Vosifiy

C) Mirzo Muhammad Haydar D) Hofiz Ko‘hakiy

71. Quyidagi allomalarning qaysi biri yulduzshunos olim bo‘lgan?

A) Mavlono Rafe B) Shohali ibn Sulaymon

C) Hakim Shahrizabziy D) Qiyomiddin Shaydo

72. Toshkent hokimi Darvishxonning buyrug‘i bilan yozilgan asarni aniqlang?

A) “Tarixi Rashidiy” B) “Shifo ul-ilal”

C) “Badoye ul-vaqoye” D) “Muzakkiri ahbob”

73. Ma’lumki, Abdullaxon II 1577-yil Hindistonga Eronga qarshi yurish qilish uchun elchi yuborgan edi. Hind hukmdori Akbarshohning bunga rozi bo‘lmaslik sababi nima edi?

A) Akbarshohning Eron bilan munosabatlari yaxshiligi

B) Akbarshohning Eronni bosib olishdan manfaatdor emasligi, aksincha Turkiyaga qarshi Eronni qo‘llab-quvvatlash

C) Akbarshohning Hindiston shimolidagi Sing va Kashmirni bosib olish uchun tayyorlanayotganligi

D) Abdullaxonning o‘g‘li Abdulmo‘min hind shohi Akbarshohning izzat-nafsiga tekkanligi

74. Shayboniylar davlatida chet el elchilarini qabul qilish xizmatining boshlig‘i lavozimi qanday atalgan?

A) Shig‘ovul B) Mehtar C) Qushchi

D) Muhrdor

75. Quyidagi ko‘rsatilgan sabablardan qaysi biri Muhammad Shayboniyxon uchun temuriylarning Xuroson davlatini egallashiga qiyinchilik tug‘dirmadi?

A) davlatning o‘zaro ichki urushlar oqibatida, inqirozga yuz tutganligi

B) Husayn Boyqaroning muntazam qo‘shini bo‘lmaganligi

C) Alisher Navoiyning vazir lavozimida bo‘lmaganligi

D) Shayboniyxon tomonidan Movarounnahrning osonlik bilan egallanganligi va bu yerdagi mahalliy hokimlarning unga yordam berishi

76. Jo‘ybor shayxi Muhammad Islom nechanchi yillarda yashagan?
A) 1483-1558-yillar B) 1491-1572-yillar

C) 1493-1563-yillar D) 1497-1583-yillar

77. Bobokalon muftiy Samarqandiy qalamiga quyidagi qaysi asarlar mansub?

A) “Ma’rifat samti qibla”, “Ajoyib ut-taboqat”

B) “Risola dar ilmi hisob”, “Vaziyat bar sahor qism”

C) “Shifo ul-ilal”, “Hisobi amal shabaka”

D) “Hayotnoma”, “Ajoyib ut-taboqat”

78. Quyidagi qaysi javobda Zahiriddin Muhammad Boburning xolavachchasi ismi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Xo‘bnigorxonim

B) Hofiz Ko‘hakiy

C) Muhammad Mirzo Haydar

D) Gulbadanbegim

79. Shayboniyxonning shoh Ismoilga qo‘ygan talabi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Shayboniyxon nomini xutbaga qo‘shib o‘qitish

B) Eron hududining shimoliy qismi va qizini Shayboniyxonga berish

C) sunniylik mazhabiga o‘tish va Shayboniyxonga taslim bo‘lish

D) Eron hududi orqali Makkaga boriladigan yo‘lni Shayboniyxon ixtiyoriga berish

80. Abdullaxon II davrida Samonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan qaysi kanal qazilgan?

A) Hovuzixon B) Xo‘ja Ka’ab C) Chahorminor

D) Sangzor

81. Abu Said 1469-yilda urushda halok bo‘lgach, Movarounnahr hokimiyatini boshqargan hukmdorlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri ko‘rsating.

A) Sulton Mahmud - Sulton Ahmad - Sulton Ali - Boysung‘ur Mirzo

B) Sulton Ahmad - Boysung‘ur Mirzo - Sulton Mahmud - Sulton Ali

C) Sulton Ahmad - Sulton Mahmud - Boysung‘ur Mirzo - Sulton Ali

D) Sulton Mahmud - Sulton Ali - Sulton Ahmad - Boysung‘ur Mirzo

82. Sulton Ahmad Mirzo Farg‘ona ustiga yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchrashining sababi nimada?

1) erta qish kirib qolganligidan qo‘shinning kiyim zaxirasidagi muammolari; 2) Samarqand qo‘shini Quvasoy ko‘prigidan o‘tayotganda sinib, natijada ko‘p kishi suvga g‘arq bo‘ladi; 3) otlarga o‘lat tegadi, qo‘shin orasida vahima va sarosimalik boshlanadi; 4) mahalliy xalq g‘animlarga qaqshatqich zarba bera boshlaydi; 5) Axsi himoyachilarining mardonavor kurashi; 6) Samarqandda boshlangan g‘aloyonlar.

A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 6 D) 2, 3, 4, 5, 6

83. XV asr oxirida quyidagi hukmdorlarni hukmronlik qilgan joylari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan holda qayd eting.

1) Bobur Mirzo; 2) Boysung‘ur Mirzo; 3) Sulton Mahmudxon; 4) Muhammad Mazid tarxon

a) Samarqandda; b) Andijonda; c) Toshkentda; d) Turkistonda

A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B) 1-c; 2-b; 3-a; 4-d

C) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a D) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d

84. Shayboniyxon hokimiyatining muvaffaqiyatiga sabab bo‘lgan omillar nimalardan iborat edi?

1) Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan o‘zaro qirg‘inlarning yana takrorlanishini aslo istamaganliklari; 2) Mo‘g‘uliston hukmdorlari Movarounnahrga harbiy yurishni har tamonlama qo‘llab-quvvatlaganliklari; 3) Safaviylar davlatining kuchayishi; 4) Dashti Qipchoq qabilalarining o‘troq hayot tarzida yashashni orzu qilishlari; 5) Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishga birdan-bir qodir qudrat deb hisoblaganliklari; 6) Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi; 7) Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va aholining ma’lum qismi Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlaganliklari;

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 4, 5, 6, 7 C) 2, 3, 4, 7

D) 2, 3, 4, 5, 6, 7

85. Ma’lumki, shayboniy Ubaydullaxonning tariximizda xizmatlari katta. Quyidagi ko‘rsatilgan javoblarning qay biri Ubaydullaxonning xizmatlarini e’tirof etadi?

1) manbalarda yozilishicha, ikki qo‘ltig‘iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan; 2) Ismoil Safaviy va qizilboshlilarning hujumini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy siyosiy tazyiqidan saqlab qoldi; 3) tarixchi, musiqachi, ajoyib suvoriy, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi; 4) Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi o‘sdi; 5) o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarni tiklashga harakat qildi; 6) mamlakat ichkarisidagi o‘zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi; 7) Hirot eronliklardan tortib olindi; 8) oltin va kumushdan tangalar zarb qildirdi.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 4, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7

D) 2, 3, 4, 6

86. Shayboniylar hukmronligi davrida vujudga kelgan qo‘shhokimiyatchilikni eslang. Buxoro va Samarqandda kimlar hukmronlik qilgan?

A) Buxoroda Ibodulla Sulton, Samarqandda Pirmuhammad Sulton

B) Buxoroda Abdulamin, Samarqandda Sulaymon Sulton

C) Buxoroda Abdulatifxon, Samarqandda Abdulazizxon

D) Buxoroda Abdulazizxon, Abdulatifxon Samarqandda

87. 1601-yilda Samarqand yaqinidagi Bog‘i Shamol mavzeyida kimlar o‘rtasida jang bo‘ladi?

A) Jahongir Sulton va Ibodulla Sulton

B) Tavakkal va Pirmuhammadxon

C) Pirmuhammadxon va Boqi Muhammad

D) Boqi Muhammad va Abdulmo‘min

88. Ma’lumki, Abdullaxon II pul islohotini o‘tkazgan. Bunga ko‘ra u ...

A) kumush va mis tangalar zarb qildirgan va faqat Buxoroda zarbxonalar faoliyat ko‘rsatib, qolganlari yopilgan

B) oltin pul zarb etishni yo‘lga qo‘ygan va uning tarkibiga qiymati past bo‘lgan boshqa ma’danlar aralashtirilmasligini qattiq nazorat qilgan

C) Mo‘g‘uliston va Eron davlatlari tangalari namunasida 5,2 grammlik yangi kumush tangalar zarb qildirgan

D) yangi zarb qildirilgan oltin, kumush va mis tangalarning hajmini oldingisiga qaraganda miqdorini kamaytirgan, ammo qiymatini saqlab qolgan

89. Ma’lumki, usmoniylar va shayboniylarning safaviylarga qarshi kurashida din bir niqob edi. Aslida esa bu qaysi hududlar uchun olib borilayotgan siyosiy kurashning natijasi edi?

A) G‘arbiy Eron, Kavkaz va Xuroson

B) Hindiston, Eron, Ozarbayjon

C) Iroq, Suriya, Falastin, Xuroson

D) Sharqiy Eron, Armaniston, Hindiston

90. Abdullaxon II tomonidan Moskvaga yuborilgan elchilar o‘z xonlari nomidan savdogarlarning qaysi hudud bo‘ylab erkin o‘tishlariga ijozat so‘raydilar?

A) Kaspiy dengizining g‘arbiy sohillari bo‘ylab

B) Volga bo‘ylab

C) Ural va Dnepr bo‘ylab

D) Qora dengiz sohillari bo‘ylab

91. Abdullaxon II nima sababdan Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilib, bu orqali o‘z davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi bo‘lgan edi?

A) davlatning shimoliy chegaralarini kengaytirish va mustahkamlash

B) podsho Ivan III davrida Rossiy qudratining oshib ketishi

C) podsho Ivan Grozniy davrida Rossiyaning mavqeyi kuchaya borishi

D) Ivan Grozniyning Abdullaxon II ga Eron uchun kurashda yordam berishi haqidagi taklifi

92. Qaysi hol XVI asrda Rossiyaga O‘rta Osiyoga boradigan savdo yo‘llarini nazorat qilish imkonini berdi?

A) Ivan Grozniy tomonidan Qozon xonligi, Hojitarxon xonligi, Volga bo‘ylari va G‘arbiy Sibirning bosib olinishi

B) Abdullaxon II ning to‘satdan vafot etishi va Movarounnahrdagi siyosiy kurash

C) qozoq juzlarining Rossiya tobe’ligiga o‘tishi

D) Ivan IV va Abdullaxon o‘rtasida tuzilgan savdo bitimi

93. Nima sababdan XVI asrda Rossiya Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi?

A) Rossiyaning cho‘yanlari va mo‘ynalari Buxoro bozorlarida qimmatbaho otlar qiymatida baholanganligi sababli

B) Buxoroning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligi va Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lardi

C) Rossiyaning Buxoro va boshqa xonliklardan arzon xom ashyolarni olib ketib, o‘z davlatida qayta ishlab, tovar holatida yana xonliklarga bir necha o‘n baravarga sotish rejasi

D) O‘rta Osiyoning qimmatbaho va zotdor otlarini Buxoro xonligi orqali arzon narxlarda qo‘lga kiritish rejasi tufayli

94. XVI asrda Rossiya Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishda birinchi navbatda qayerga chiqish maqsadi hisobga olingan edi?

A) Hindistonga B) Eronga C) Xitoyga

D) Arab davlatlariga

95. Shayboniylarning ta’lim sohasidagi islohotiga ko‘ra, ...

A) har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi

B) 7 yillik ikki bosqichli madrasa ta’limi joriy qilindi va u yerda 6 yoshdan o‘qitish belgilandi

C) Buxoroda 21 ta maktab ochildi va unda 4-5 yil o‘qitish belgilandi

D) o‘qitishning dastlabki bosqichi madrasa ta’limi deb belgilandi va u yerda diniy bilimlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham o‘qitilishi belgilandi

96. XVI asrda matematika va astronomiya sohasida qanday asarlar yozilgan?

A) “Hisobi amali Shabaka”, “Risola dar ilmi hisob”, “Visayat bar chahor qism”, “Tuhfayi amir”, “Ma’rifati samti qibla”, “Risola dar muaddili qamar”, “Ajoyib ut-tabaqot”

B) “Dastur al-iloj”, “Muqaddimoti dastur al-iloj”, “Shifo ul-ilal”, “Umdat ul-kuhliya fil-amror ul-basariya”

C) “Ajoyib ut-tabaqot”, “Tarixi Toshkand”, “Badoyi ul-vaqoye”, “Ma’rifati samti qibla”

D) “Risola dar ilmi hisob”, “Zubdat ul-ozor”, “Muqaddimoti dastur al-iloj”, “Tuxfayi amir”, “Ajoyib ut-tabaqot”, “Tarixi Toshkand”

97. XVI asrda tibbiyot sohasida qanday asarlar yozilgan?

A) “Hisobi amali Shabaka”, “Risola dar ilmi hisob”, “Visayat bar chahor qism”, “Tuhfayi amir”, “Ma’rifati samti qibla”

B) “Dastur al-iloj”, “Muqaddimoti dastur al-iloj”, “Shifo ul-ilal”, “Umdat ul-kuhliya fil-amror ul-basariya”

C) “Ajoyib ut-tabaqot”, “Tarixi Toshkand”, “Badoyi ul-vaqoye”, “Ma’rifati samti qibla”

D) “Risola dar ilmi hisob”, “Zubdat ul-ozor”, “Muqaddimoti dastur al-iloj”, “Tuxfayi amir”

98. Sultonali Samarqandiy 1526-yili qaysi sohaga doir va qanday asarlar yozgan?

A) tibbiyot sohasiga doir “Shifo ul-ilal”, “Umdat ul-kuhliyafil-amror ul-basariya”

B) tarixga oid “Ajoyib ut-taboqat”, “Zubdat ul-osor”

C) tibbiyot sohasiga doir “Dastur al-iloj”, “Muqaddimoti dastur al-iloj”

D) astronomiyaga oid “Ma’rifati samti qibla”, “Ajoyib ut-tabaqot”

99. Quyidagi shayboniylar davrining yetuk tarixchilardan qay biri hajga borib, Usmonlilar Turkiyasi sultoni bilan uchrashadi, vazirlikka qilingan taklifni rad etadi?

A) Muhammad Haydar B) Ali Nasrullohiy

C) Hofiz Ko‘hakiy D) Muhammad Amin

100. Sahayboniylar davrida aniq fanlarga oid yozilgan asarlar mualliflarini to‘g‘ri ko‘rsatgan holda belgilang.

l) “Hisobi amali shabaka”; 2) “Risola dar ilmi hisob”; 3) “Tuxfayi amir”; 4) “Ma’rifat samti qibla” 5) “Risola dar muaddili qamar”; 6) “Hoshiy li shahri ashkoli ta’sis”; 7) “Ajoyib ut-tabaqot”

a) Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo‘minobodiy; b) Bobokalon muftiy Samarqandiy; c) Tursun Zominiy; d) Muhammad Husayn munajjiru Buxoriy; e) Mahmud ibn Ahmad Foriziy; f) Tojis-Saidiy; h) Said Muhammad Tohir ibn Abulqosim

A) 1-a; 2-h; 3-e; 4-d; 5-f; 6-c; 7-b

B) 1-f; 2-e; 3-c; 4-d; 5-b; 6-a; 7-h

C) 1-b; 2-a; 3-d; 4-c; 5-e; 6-h; 7-f

D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e; 6-f; 7-h

101. Sayboniylar davrida tarixchi olimlarning asarlari bilan to‘g‘ri ko‘rsatgan holda belgilab chiqing.

1) Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiy; 2) Hofiz Tanish Buxoriy; 3) Zayniddin Vosifiy; 4) Mirza Muhammad Haydar; 5) Hofiz Ko‘hakiy.

a) “Tarixi Toshkand”; b) “Abdullanoma”; c) “Badoyi ul-vaqoye”; d) “Tarixi Rashidiy”; e) “Zubdat ul-ozor”.

A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e B) 1-e; 2-c; 3-b; 4-a; 5-d

C) 1-e; 2-b; 3-c; 4-d; 5-a D) 1-c; 2-e; 3-a; 4-d; 5-b

102. Qaysi shayboniy hukmdorning yurt obodonchiligi yo‘lidagi sa’y-harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan?

A) Abdullaxon II B) Ubaydullaxon

C) Abdulazizxon D) Ko‘chkinchixon

103. Shayboniyxon tomonidan Balx shahrining bosib olingan yilini aniqlang.

A) 1506-yil B) 1503-yil C) 1505-yil D) 1507-yil

104. 1503-yilda Shayboniyxon Toshkent va Shohruhiya shaharlarini egallagach, u yerga kimni hokim etib tayinlaydi?

A) ukasi Mahmud Sultonni

B) jiyani Ubaydullo sulton va o‘g‘li Muhammad Temurlarni

C) amakilari Ko‘chkunchi sulton va Suyunchxo‘jalarni

D) Hamza sulton va uning farzandlarini

105. Dunyodagi musulmon aholining qanchasi sunniylik mazhabiga mansub?

A) 70% B) 30% C) 80% D) 90%

106. 1512-yil 28-aprelda Bobur Mirzo qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratgan shayboniylarni aniqlang.

A) Sultonshoh va Ahmad sulton

B) Ko‘chkunchi sulton va Suyunchxo‘jalar

C) Mahmud sulton va Ubaydulla sulton

D) Muhammad Temur va Ubaydulla sulton

107. “Boburnoma”dan olingan quyidagi gapni davom ettiring. “Hindistonning bir ulug‘ aybi budurkim, …”

A) yog‘ingarchilik yo‘qdur

B) oqar suvi yo‘qdur

C) iqlimi issiqdur

D) aholisi ko‘p va ular ochdur

108. Shayx Muhammad Islomdan keyin kim Buxoroda shayxulislom lavozimini egallagan edi?

A) ukasi Shayx Abulmakorim

B) o‘g‘li Shayx Abdulla

C) o‘g‘li Shayx Abubakr Sa’d

D) jiyani Shayx Abdulaziz

109. Shayboniy Abdulmo‘min o‘ldirilgach, ichki nizolarlardan foydalangan qozoq xoni Tavakkal Movarounnahrga qo‘shin tortib, qaysi shaharlarni egallab oldi?

A) Axsi, Andijon, Toshkent va Samarqandni

B) O‘sh, Marg‘ilon, Shohruxiya va O‘ratepani

C) Turkiston, Taroz, Samarqand va Buxoroni

D) Samarqand, Buxoro, Kesh va Qarshini

110. Mirza Muhammad Haydar yashagan yillarni aniqlang.

A) 1512-1563-yillar B) 1500-1556-yillar

C) 1498-1552-yillar D) 1486-1550-yillar



II BOB


1.Ashtarxoniylar sulolasi Astraxan va uning atrofidagi yerlarda qachondan boshlab hukmronlik qilib kelishgan?

A) XIII asr 90-yillaridan B) XIV asr 40-yillaridan

C) XIV asr 80-yillaridan D) XV asr 20-yillaridan

2. Boqi Muhammadxon nechanchi yilda Eron qo‘shinlariga zarba berib, Balxni egalladi?

A) 1602-yil B) 1604-yil D) 1605-yil C) 1603-yil

3. Quyidagilardan qay biri Boqi Muhammad davrida yuz bermadi?

A) Eron shohlari qo‘shini Buxoro xonligi hududidan haydab chiqarildi

B) ichki kurash yana avj oldi, qabila beklari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar

C) qozoqlar xoni Keldimuhammad hujumi to‘xtatildi

D) Buxoro xonligining qo‘ldan chiqqan bir qancha hududlari yana qayta egallandi

4. Ashtarxoniylarning qaysi hukmdorlari o‘z o‘g‘illarini qatl qildirgan?

A) Imomqulixon, Abdulazizxon

B) Nodir Muhammad, Ubaydullaxon II

C) Vali Muhammad, Imomqulixon

D) Subxonqulixon, Abulfayzxon

5. Buxoroda markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi bilan Xiva xonlari Buxoro xonligi hududiga bostirib kirishgan. Shunday vaziyatda qaysi Xiva xoni Samarqandni egallab o‘z nomiga xutba o‘qitgan edi?

A) Abulg‘ozixon B) Anushaxon C) Elbarsxon D) Eringxon

6. Ashtarxoniylarning qaysi hukmdori Makkaga hajga borib, o‘sha yerda vafot etgan?


A) Abdulazizxon B) Nodir Muhammad

C) Vali Muhammadxon D) Imomqulixon

7. Qatag‘on urug‘ining sardori Mahmudbiy qachon o‘zini xon deb e’lon qilgan edi?

A) 1707-yil B) 1711-yil C) 1706-yil D) 1708-yil

8. Kenagas urug‘i boshlig‘i Ibrohimbiy Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo‘lgan davlat tuzishga kirishgan edi. Ibrohimbiy bu harakatda qaysi viloyat hokimlari bilan ittifoq tuzgan edi?

A) Karmana va Kesh B) G‘uzor va Qarshi

C) Urgut va Miyonqol D) Termiz va Chag‘oniyon

9. Nodir Muhammad va Hindiston hukmdori Shoh Jahon o‘g‘illari o‘rtasidagi jang qayerda bo‘lgan edi?


A) Maymana yo‘lida B) Tahrirobod yaqinida

C) Qunduz shahrida D) Murg‘ob daryosi bo‘yida

10. Ibrohimbiy va Rajab Sulton Buxoroni bo‘ysundirish uchun kimlardan yordam so‘ragan edi?

A) qoraqalpoqlardan B) qalmoqlardan

C) qipchoqlardan D) qozoqlardan

11. Ma’lumki, 1736-yil Nodirshoh o‘g‘li Rizoquli boshchiligida Buxoro xonligiga qarshi qo‘shin yuborgan edi. Ularning maqsadlariga erisholmay Eronga qaytishiga sabab nima edi?

A) Eron qo‘shinlarida oziq-ovqat tugab qolishi

B) Buxoro xonining Xiva xonidan yordam so‘rashi

C) Buxoro xonining qozoqlardan yordam so‘rashi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə