D) J. Meyjor
92. Shotlandiya va Uels mahalliy millatchilari qaysi yillarda o‘z parlamentlarini tuzdilar va muxtoriyat e’lon qildilar?
A) 1995-1996-yillar B) 1997-1998-yillar
C) 1998-1999-yillar D) 1999-2000-yillar
93. 2007-yildan Buyuk Britaniya bosh vazirini aniqlang.
A) G. Vilson B) A. Iden C) E. Xit D) G. Braun
94. II-jahon urushidan keyin Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o‘rni alohida 3 yo‘nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo‘ldi. Bular …
1) u xalqaro maydonda AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashdi; 2) u xalqaro maydonda G‘arbiy Yevropa davlatlariga bosh bo‘lib dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashdi; 3) G‘arbning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolaverdi; 4) G‘arbning yetakchi davlatlari safidan tushib qoldi; 5) hamdo‘stlik mamlakatlari boshlig‘i edi.
A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5
95. Buyuk Britaniya qachon vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi?
A) 1957-yil 15-mayda B) 1952-yil 11-iyulda
C) 1959-yil 7-aprelda D) 1954-yil 19-iyunda
96. ANZYUS qanday tashkilot?
A) Osiyo-Tinch okean havzasi davlatlari qurolli kuchlarini birlashtirgan tashkilot
B) G‘arb davlatlari qurolli kuchlarini birlashtirgan tashkilot
C) Yaqin Sharq davlatlari qurolli kuchlarini birlashtirgan tashkilot
D) AQSH va O‘rta Sharq davlatlari qurolli kuchlarini birlashtirgan tashkilot
97. Buyuk Britaniya qachon ANZYUS ni tuzish haqidagi shartnomaga imzo chekdi?
A) 1959-yil B) 1966-yil C) 1957-yil D) 1969-yil
98. Nechanchi yilda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatildi?
A) 1994-yil B) 1993-yil C) 1991-yil D) 1992-yil
99. Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna qachon O‘zbekistonga tashrif buyurdi?
A) 1993-yil iyunda B) 1992-yil dekabrda
C) 1993-yil martda D) 1994-yil avgustda
100. Mashhur “Lonro” kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?
A) Fransiya B) AQSH C) Italiya
D) Buyuk Britaniya
101. II-jahon urushidan keyin qaysi davlatning moddiy talafoti 1440 mlrdni tashkil etdi?
A) Fransiya B) AQSH C) Italiya
D) Buyuk Britaniya
102. Quyidagi qaysi Yevropa davlatida “Temuriylar” nomli jurnal nashr etib kelinmoqda?
A) Fransiyada B) Germaniyada C) Italiyada
D) Buyuk Britaniyada
103. Bugungi kunda qaysi davlat oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyoda birinchi va ikkinchi o‘rinda turadigan davlatlarni aniqlang.
A) Fransiya va Italiya B) AQSH va Germaniya
C) AQSH va Fransiya D) Xitoy va Buyuk Britaniya
104. Fransiyadagi “To‘rtinchi” respublika davrini aniqlang.
A) 1919-1943-yy. B) 1919-1937-yy.
C) 1946-1958-yy. D) 1950-1958-yy.
105. Fransiyada beshinchi respublika tuzilgan tarixiy sanani aniqlang.
A) 1950-yil B) 1956-yil C) 1958-yil D) 1946-yil
106. General Sharl de Goll qachon umumxalq ovozi bilan respublika prezidentligiga saylangan?
A) 1958-yil 21-dekabr B) 1957-yil 23-fevral
C) 1961-yil 12-fevral D) 1957-yil 21-mart
107. Buyuk Britaniya ANZYUSni tuzish haqidagi shartnomaga imzo chekkan yili Fransiya …
A) Beshinchi Respublika tashkil etilganligini e’lon qildi
B) NATO dan chiqdi
C) Jazoirga mustaqillik berish haqidagi bitimni imzoladi
D) May inqirozini boshidan kechirdi
108. Ma'lumki 1969-yilda Fransiya prezidenti de Goll iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini kim egalladi?
A) F. Mitteran B) Jiskar d’Esten C) J. Shirak
D) J. Pompidu
109. Fransiya prezidentlari davlat boshqargan yillariga qarab xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan qatorni aniqlang.
A) V. Oriol, J. Pompidu, R. Koti, F. Mitteran
B) J. Shirak, V. J. d’Esten, Sharl de Goll, J. Pampidu
C) Sharl de Goll, J. Pampidu, V. J. d’Esten, F. Mitteran
D) F. Mitteran, J. Pampidu, V. J. d’Esten, R. Puankare
110. 1944 -1946-yillar oralig‘i Fransiya siyosiy tarixida qanday davr deb yuritiladi?
A) Vaqtinchalik rejim davri
B) To‘rtinchi Respublika davri
C) “Fransiyani ozod qilish” davri
D) Uchinchi Respublika davri
111. Fransiyaning Vetnam bilan urushi necha yil davom etgan?
A) 10 yil B) 8 yil C) 6 yil D) 11 yil
112. Fransiyaning qaysi mustamlakasida 1 mln fransuz aholisi yashagan?
A) Marokashda B) Vetnamda C) Jazoirda
D) Madagaskarda
113. Fransiya nechanchi yilda Parlament respublikasidan prezidentlik Respublikasiga aylandi?
A) 1946-yil B) 1944-yil C) 1956-yil D) 1958-yil
114. Fransiyani nechanchi yilda yadroviy davlatga aylandi?
A) 1962-yil B) 1958-yil C) 1956-yil D) 1960-yil
115. 1960-yilda Fransiya Afrikadagi mustamlakalariga siyosiy mustaqillik berishi natijasida qit’a xaritasida qancha yangi davlat vujudga keldi?
A) 11 ta B) 14 ta C) 10 ta D) 8 ta
116. 1958-yildan keyin De Goll boshchiligida Fransiya tashqi siyosatda 3 asosiy vazifa qo‘yildi. Bular …
1) Fransiyaning buyukligini tiklash; 2) kuchli ijtimoiy siyosatni ilgari surish; 3) NATOni tashkil etish; 4) Osiyo-Tinch okeani mintaqasini Fransiya tobeligida ushlab qolish; 5) mamlakat mustaqilligini mustahkamlash; 6) AQSHning Yevropadagi ta’sirini mumkin qadar bo‘shashtirish.
A) 1, 5, 6 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 4, 5 D) 2, 3, 4, 6
117. Fransiya 1962-yilning 18-martida qaysi davlatga mustaqillik berish haqida bitim imzoladi?
A) Jazoir B) Marokash C) Laos D) Vetnam
118. 1968-yilning may oyida Fransiyada yuz bergan siyosiy inqiroz nimadan boshlandi?
A) kasaba uyushmalarining hukumatga qarshi norozilik chiqishidan
B) Parij talabalarining namoyishidan
C) Parij konchilari va temiryo‘lchilarining ish tashlashidan
D) Fransiyaning NATOdan chiqishiga qarshi bo‘lgan aholining norozilik chiqishlaridan
119. Fransiya davlat arbobi Sharl de Goll nechanchi yil vafot etdi?
A) 1969-yil B) 1972-yil C) 1970-yil D) 1971-yil
120. Fransiyaning qaysi prezidenti siyosatda o‘zi tanlagan yo‘lni “vorislik va muloqot”, deb atadi?
A) F. Mitteran B) Jiskar d’Esten C) J. Shirak
D) J. Pompidu
121. Fransiyada quyidagi qaysi tadbirlar Jiskar d’Esten prezidentligi davrida amalga oshirilgan?
1) minimal ish haqi eng ko‘p darajada oshirildi; 2) ish haftasi 39 soatga keltirildi; 3) saylovda qatnashish yoshi 20 dan 18 yoshga tushirildi; 4) sanoatning yangi tarmoqlari - atom, radio elektronika, kosmik texnologiya va raketa qurilishi vujudga keltirildi.
A) 1, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
122. Fransiyaning qaysi rahbari inqiloblarsiz, islohotlar yo‘li bilan “ilg‘or liberal jamiyat” qurish g‘oyasini ilgari surdi?
A) F. Mitteran B) Jiskar d’Esten C) J. Shirak
D) J. Pompidu
123. Fransiyada mamlakatni uzluksiz 14 yil boshqargan davlat rahbarini aniqlang.
A) F. Mitteran B) Sh. de Goll C) J. Shirak
D) J. Pompidu
124. Fransiyaning qaysi rahbari prezidentlik muddatini 7-yildan 5-yilga tushirish haqida qonun qabul qilinishiga erishdi?
A) F. Mitteran B) N. Sarkozi C) J. Shirak
D) J. Pompidu
125. Fransiyada N. Sarkozi nechanchi yilda prezidentlik lavozimiga saylandi?
A) 2005-yil B) 2006-yil C) 2008-yil D) 2007-yil
126. Nechanchi yilda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy visit bilan Parijda bo‘lgan?
A) 1993-yil oktabrda B) 1994-yil noyabrda
C) 1992-yil santabrda D) 1994-yil oktabrda
127. Nechanchi yilda Fransiya Prezidenti F. Mitteran rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi?
A) 1993-yil oktabrda B) 1994-yil aprelda
C) 1992-yil santabrda D) 1995-yil oktabrda
128. Parijda YUNESKO rahbarligida bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bag‘ishlangan tantanalardagi ulkan xizmatlari uchun kim O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi?
A) Fransiya Prezidenti F. Metteran
B) YUNESKO Bosh direktori F. Mayor
C) Temuriylar tarixi bilimdoni L. Keren
D) Temuriylar tarixi bilimdoni M. Brion
129. 1996-yil fransiyalik Temuriylar tarixi bilimdoni L. Keren O‘zbekistonning qanday davlat mukofoti qanday bilan taqdirlangan edi?
A) “Do‘stlik” ordeni B) “Amir Temur” ordeni
C) “Shuhrat” medali
D) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni
130. Jahon tarixida qaysi tarixiy shaxs “birlashuv jarayonining otasi” degan nomga ega bo‘lgan?
A) Aristid Brian B) Mahatma Gandi
C) Sharl de Goll D) Gelmut Kol
131. 1945-1949-yillar tarixi Germaniyada nima deb ataladi?
A) o‘zaro bo‘linish davri
B) inqiloblar davri
C) siyosiy tushkunlik davri
D) okkupatsiya hukm surgan davr
132. Ikkinchi jahon urushidan keyin Polsha chegarasi qaysi hududlardan o‘tishi belgilandi?
A) Oder va Neyse bo‘ylab B) Visla va Vpje bo‘ylab
C) Volga va Ural bo‘ylab D) Dnestr daryosi bo‘ylab
133. Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya hududi nechta okkupatsiya zonalariga bo‘lindi?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
134. Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya hududi qaysi davlatlarning okkupatsiya zonalariga bo‘lindi?
A) AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy
B) AQSH va SSSR
C) AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya, Fransiya
D) AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya
135. Nechanchi yilda amalga oshirilgan pul islohotiga ko‘ra Germaniyada reyxs marka o‘rniga nemis markasi joriy etildi?
A) 1948-yil iyunda B) 1946-yil sentabrda
C) 1947-yil mayda D) 1949-yil avgustda
136. 1949-yil G‘arbiy Germaniya demokratik, federativ davlat, deb e’lon qilingach, davlat hududi nechta o‘lkaga bo‘lindi?
A) 15 ta B) 20 ta C) 8 ta D) 10 ta
137. GFR ning birinchi kansleri etib saylangan davlat arbobini aniqlang.
A) G. Kol B) V. Brandt C) L. Erxard
D) K. Adenauer
138. GFRda 1955-yilda e’lon qilingan “Xalshteyn doktrinasi” ga ko‘ra …
A) GFR GDRni tan olgan har qanday davlat bilan diplomatik aloqani to‘xtatishini ma’lum qildi
B) GFR va GDR o‘rtasida mustahkam devor qurilishi belgilandi
C) GFR GDRni tan olish siyosatini ilgari suradigan bo‘ldi va birlashish yo‘lida dastlabki qadam tashlandi
D) GFR SSSR va AQSHning ichki ishlarga aralashuvini taqiqladi
139. Berlin devori qurilganidan 1000-yil oldin Buxoroda …
A) Ismoil Somoniy hukmronligi boshlandi
B) Ibrohim boshchiligida qo‘zg‘olon boshlandi
C) harbiy askarlar qo‘zg‘oloni yuz berdi
D) Somoniy Nasr II hukmronligi tugadi
140. 1989-yil 9-noyabrda …
A) GFR davlat rahbari E. Xonekker iste’fo berdi
B) “Berlin devori” qulatildi
C) GDRning GFRga qo‘shilishi haqidagi shartnoma kuchga kirdi
D) GDRda inqilob boshlandi
141. Germaniyada 18 yil davomida hukumatni boshqargan kanslerni aniqlang.
A) G. Shryoder B) E. Xonekker C) G. Kol
D) G. Shmidt
142. 1990-yilning 3-oktabrida …
A) GDRning GFRga qo‘shilishi haqidagi shartnoma kuchga kirdi
B) GFR davlat rahbari E. Xonekker iste’fo berdi
C) GDRda inqilob boshlandi
D) “Berlin devori” qulatildi
143. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qachon rasmiy tashrif bilan GFRda bo‘lgan edi?
A) 1992-yil mart oyida
B) 1995-yil dekabr oyida
C) 1994-yil may-iyun oylarida
D) 1993-yil aprel-may oylarida
144. 1995-yil aprelda O‘zbekistonga tashrif buyurgan GFR Prezidentini aniqlang.
A) R. fon Vayszekker B) Roman Gersog
C) Angela Merkel D) G. Shryoder
145. 2005-yil noyabr saylovlarida g‘alabaga erishgan GFR tarixida birinchi ayol kanslerlikni aniqlang.
A) R. Vayszekker B) Romana Merkel
C) Angela Merkel D) G. Shryoder
146. Ikkinchi jahon urushidn keyin Italiyada tuzilgan Respublika hukumatini dastlab kim boshqardi?
A) A. de Gasperi B) A. Moro C) J. Andreoti
D) B. Kraksi
147. Quyidagi qaysi davlatda 1992-yil “Toza qo‘llar” deb atalgan keng qamrovli tadbir o‘tkazildi?
A) Fransiyada B) Ispaniyada C) Italiyada
D) Polshada
148. XX asrning oxirlarida Italiyaning qaysi qismida mafiya faoliyati ayniqsa kuchli bo‘ldi?
A) markaziy B) shimoliy C) sharqiy
D) janubiy
149. 1986-yilda eng yirik mafiyachilar ustidan sud jarayoni qaysi shaharda o‘tkazildi?
A) Milan B) Palermo C) Rim D) Neapol
150. Andijon viloyati Kuyganyor shahrida italiyaliklar bilan hamkorlikda qanday zavod tashkil etilgan?
A) tomat pastasi zavodi
B) to‘qimachilik vabrikasi
C) yog‘-moy, italyan atir sovuni zavodi
D) ip yigirish zavodi
151. Italiyada Qirol Vitor Emmanuel III dan keyin taxtni kim egalladi?
A) Vitor Emmanuel IV B) Umberto II
C) Vitor Feodor II D) Umberto III
152. Italiya nechanchi yil NATOga a’zo bo‘ldi?
A) 1949-yil B) 1951-yil C) 1953-yil D) 1948-yil
153. 1957-yilda qaysi davlatlar o‘rtasida “Qurol-yarog‘larni standartlashtirish va yangi qurollarni yaratish yo‘lida birgalikda harakat qilish to‘g‘risida” shartnoma imzolandi?
A) Angliya, AQSH, Fransiya
B) Fransiya, GFR, Italiya
C) AQSH, Germaniya, Angliya
D) Fransiya, sobiq SSSR, Polsha
154. 1963-1968 va 1974-yillarda Italiya Bosh vaziri, Xristian-demokratik partiyasi rahbari A. Moro nechanchi yil o‘ldirildi?
A) 1978-yil B) 1980-yil C) 1986-yil D) 1992-yil
155. Quyidagi qaysi davlatning II jahon urushida 27 mln fuqarosi halok bo‘ldi?
A) Fransiya B) sobiq SSSR C) Italiya
D) Buyuk Britaniya
156. Quyidagi qaysi davlatda II jahon urushidan keyingi davrda 50 dan ortiq hukumat almashgan?
A) Fransiyada B) AQSHda C) Italiyada
D) Buyuk Britaniyada
157. Quyidagi qaysi davlat siyosiy hayotida 9 ta umummilliy va ko‘plab hududiy partiyalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda?
A) Ispaniyada B) Polshada C) Italiyada
D) Vengriyada
158. “Marshall rejasi” ga ko‘ra, qaysi davlatga 1,3 mlrd dollar miqdorida yordam berildi?
A) Belgiyaga B) Polshaga C) Vengriyaga
D) Italiyaga
159. 1994-yil martdagi saylovda g‘alaba qozongan Silvio Berluskoni qaysi partiya rahbari edi?
A) Olg‘a Italiya B) Italiya mustaqilligi
C) Konservator D) Xalq demokratik partiyasi
160. Nechanchi yil SSSRda 12 kishidan iborat ziyolilar – Shukrullo, Shuhrat, Shayxzoda, adabiyotshunos olim H. Sulaymon kabilar “sovetlarga qarshi millatchi guruh” sifatida ayblanib, yozuvchi va shoirlar qamoqqa olindi va 25 yilga hukm qilindilar?
A) 1951-yil B) 1953-yil C) 1949-yil D) 1950-yil
161. O‘zbekistonda 1937-1953-yillarda qancha kishi qatag‘on qilindi?
A) 80 ming B) 75 ming C) 100 ming
D) 110 ming
162. Sobiq SSSRda 1930-1953-yillar oralig‘ida qancha kishi qatag‘on qilindi?
A) 4,9 mln ga yaqin B) 2,5 mln ga yaqin
C) 1,3 mln dan ortiq D) 3,8 mln dan ortiq
163. Sobiq SSSRda qachon KPSSning yangi dasturi – Kommunizm qurish dasturi qabul qilindi?
A) 1959-yil B) 1961-yil C) 1958-yil D) 1963-yil
164. Sobiq SSSRda I.Stalin vafotidan keyin hukumat rahbari bo‘lgan shaxslarni tartib bilan to‘g‘ri toping.
1) N.Chernenko; 2) Yu.Andropov; 3) L.Brejnev; 4) N.Xrushyov.
A) 4, 3, 2, 1 B) 2, 3, 1, 4 C) 4, 2, 1, 3
D) 3, 1, 4, 2
165. Sobiq SSSRning qaysi hukumat rahbari “rivojlangan sotsializm” nazariyasini ilgari surdi?
A) N. Chernenko B) L. Brejnev
C) N. Xrushyov D) M. Gorbachyov
166. Sobiq SSSRning qaysi hukumat rahbari qayta qurish va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish dasturini ilgari surdi?
A) N. Chernenko B) L. Brejnev
C) N. Xrushyov D) M. Gorbachyov
167. Sobiq SSSRning qaysi hukumat rahbari “insonparvar, demokratik sotsializm” qurilishini e’lon qildi?
A) N. Chernenko B) L. Brejnev
C) N. Xrushyov D) M. Gorbachyov
168. Nechanchi yilda Sobiq SSSRda qonun chiqaruvchi yangi oliy hokimiyat organi – SSSR Xalq deputatlari syezdi tuzildi?
A) 1988-yil B) 1989-yil C) 1985-yil D) 1990-yil
169. Sobiq SSSRda qachon Prezidentlik lavozimi joriy etilgan edi?
A) 1969-yil B) 1990-yil C) 1985-yil D) 1982-yil
170. Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ masalasida munosabatlar qachondan boshlab keskinlashdi?
A) 1989-yil B) 1990-yil C) 1988-yil D) 1986-yil
171. Sobiq SSSRda vujudga kelgan GKCHP nima edi?
A) oliy hokimiyat organi –SSSR Xalq deputatlari syezdi
B) SSSR Oliy Soveti
C) SSSR vitse-prezidenti Kengashi
D) Favqulodda Holat Davlat Qo‘mitasi
172. Jahon tarixiga “Belovej bitimi” nomi bilan kirgan bitim qachon imzolangan?
A) 1991- yil 8-dekabrda B) 1990-yil 21-mayda
C) 1991-yil 21-dekabrda D) 1989-yil 7-aprelda
173. Jahon tarixiga “Belovej bitimi” nomi bilan kirgan bitimning mihiyati nima edi?
A) SSSRning tuzilganligi haqidagi shartnoma
B) SSSR tarqatilganligi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tuzilganligi haqidagi bitim
C) Berlin devorining buzilishi hamda GFR va GDRning birlashuvi haqidagi birim
D) “Sovuq urush”ning tugaganligini anglatuvchi bitim
174. V. Putin nechanchi yilda birinchi marta Rossiya Prezidentligiga saylandi?
A) 2001-yil B) 2002-yil C) 1999-yil D) 2000-yil
175. “Belovej bitimi”ni O‘zbekiston nechanchi yilda imzolagan?
A) 1991- yil 8-dekabrda B) 1993-yil 21-mayda
C) 1991-yil 21-dekabrda D) 1992-yil 7-aprelda
176. D. Medvedev nechanchi yilda birinchi marta Rossiya Prezidentligiga saylandi?
A) 2006-yil B) 2005-yil C) 2008-yil D) 2007-yil
177. Sharqiy Yevropaning qaysi davlatlari fashist davlatlarining ittifoqchilari sifatida urushga kirgan edi?
A) Bolgariya, Vengriya, Ruminiya
B) Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya
C) Bolgariya, Albaniya, Avstriya
D) Yugoslaviya, Chexiya, Ruminiya
178. 1949-yil GDR tashkil etilgach, uning birinchi prezidenti kim bo‘ldi?
A) V. Ulbrext B) V. Pik C) E. Xonneker
D) O. Grotevol
179. 1946-yil 1-fevralda …
A) Polshada Milliy birlik hukumati tuzildi
B) Chexoslovakiyada Milliy front tuzildi
C) Ruminiya Xalq Respublikasi deb e’lon qilindi
D) Vengriya respublika deb e’lon qilindi
180. Laslo Shoyom qaysi davlat Prezidenti hisoblanadi?
A) Vengriya B) Polsha C) Chexiya
D) Bolgariya
181. Vengriya NATOga a’zo bo‘lgan yilni aniqlang.
A) 1990-yil B) 1998-yil C) 1994-yil D) 1996-yil
182. “Koshitse hukumati” deb nom olgan hukumat qaysi davlatda o’rnatilgan edi?
A) Vengriya B) Polsha C) Chexoslovakiya
D) Bolgariya
183. 1981-yil Polshada faoliyat boshlagan “Birdamlik harakati” rahbari kim edi?
A) B.Berut B) V.Gomulka C) Lev Valensa
D) Lex Kachenskiy
184. 2005-yil apolsha prezidentligiga saylangan shaxsni aniqlang.
A) A.Kvanevskiy B) V.Gomulka C) Lev Valensa
D) Lex Kachenskiy
185. Polshada kimning hukumati “o’ta industrlashtirish” siyosatini yuritdi?
A) E.Gerek B) V.Gomulka C) Lev Valensa
D) Lex Kachenskiy
186. Tarixda “Praga bahori” nomi bilan kirgan Chexoslovakiyada sotlializm o’rnatish voqeasi nechanchi yil bo’lib o’tgan edi?
A) 1968-yil B) 1966-yil C) 1972-yil D) 1978-yil
187. “Baxmal inqilob” qaysi davlatda amalga oshirilgan edi?
A) Vengriya B) Polsha C) Chexoslovakiya
D) Bolgariya
188. Qaysi davlatda hukumatga qarshi norosilik to’lqinini ifodalovchi “Xartiya-77” muxolif guruhi paydo bo’ldi?
A) Vengriya B) Polsha C) Chexoslovakiya
D) Bolgariya
189. 1968-yil 21-avgustda Chexoslovakiyaga qaysi davlatlar bostirib kirdi?
A) Angliya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya
B) SSSR, Polsha, GDR, Vengriya, Bolgariya
C) SSSR, Ruminiya, Serbiya, Yugoslaviya, Avstriya
D) Shvetsariya, Polsha, Vengriya, Albaniya, GDR
190. Ruminiyada 1989-yilgi norozilik namoyishlarining manfaatlarini qamrab olgan Millatni Qutqarish Fronti kimning rahbarligida tuzilgan edi?
A) Petru Groza B) N.Chaushesku
C) Georgi Georgiu-Dej D) I.Ilyaesku
191. “Har bir ko’chada ikkitadan non do’koni, bir juft shirinliklar do’koni, ikkita pivo bari va ko’plab magazinlar bo’lishi lozim, asosiysi ularning hammasi xususiy bo’lishi kerak”, degan fikrni kim ilgari surgan edi?
A) Gustav Gavel B) Mixail Kovach D) Ilyaesku
D) Petru Groza
192. 1991-yil iyun oyida qaysi davlatlar mustaqil respublikalar bed e’lon qilindi?
A) Serbiya, Chernagotiya, Sloveniya
B) Makedoniya, Serbiya, Bosniya va Gersegovena
C) Xorvatiya, Makedoniya, Sloveniya
D) Bosniya, Chexiya, Slovakiya
193. II-jahon urushidan keyin qaysi davlatda o’tkazilgan agrar islohotidan keyin aholi qo’lidagi eng ko’p yer 25-35 gektar qilib belgilab qo’yildi?
A) Yugoslaviya B) Ruminiya C) Vengriya
D) Chexoslolakiya
194. 1991-yil qaysi davlatlar o’z federatsiyalarini Yugoslaviya Respublikasi Ittifoqi deb atadi?
A) Serbiya va Chernogoriya
B) Bosniya va Gersegovina
C) Chexiya va Slovakiya
D) Makedoniya va Xorvatiya
195. Kosovo avtonom viloyati qachon o’zini Serbiyadan mustaqil deb e’lon qildi?
A) 2008-yil 17-fevral B) 2007-yil 12-yanvar
C) 2005-yil 14-may D) 2009-yil 19-iyul
196. 1999-yil Kosovo nima sababdan BMT protektoratiga aylantirildi?
A) qo’shni davlatlarning bosqinchiligidan himoya qilish uchun
B) etnik kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun
C) Kosovoni mustaqillikka tayyorlash uchun
D) Kosovodagi milliy boyliklarning talanishini oldini olish uchun
197. 1992-2003-yillar oralig’ida Kichik Yugoslaviya deb atalgan hududni aniqlang.
A) Bosniya B) Slovakiya va Makedoniya
C) Xorvatiya D) Serbiya va Chernogoriya
198. 1987-yil qaysi davlat Toshkentda savdo vakilligini ta’sis etib, tramvay, avtobus, trolleybuslar va uskunalar kiritila boshlandi?
A) Vengriya B) Ruminiya C) Bolgariya
D) Chexoslovakiya
199. 1997-yil yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov qaysi Sharqiy Yevropa davlatlarga tashrif buyurgan edi?
A) Vengriya va Avstriyaga
B) Bolgariya va Sloveniyaga
C) Chexiya va Slovakiyaga
D) Posha va Ruminiyaga
200. 1998-yil qaysi davlat gepatit kasalligi diagnostikasi va profilaktikasi uchun 70 ming dollarlik miditsina asbob-uskunalarini gumanitar yordam sifatida O’zbekistonning “Ekosan” fondiga topshirdi?
A) Bolgariya B) Slovakiya C) Chexiya
D) Ruminiya
III BOB. OSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI
1. Urushdan keyin Yaponiyada cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan amerika generali kim bo‘lgan?
A) Eyzenxaur B) D. Makartur
C) J. Makarti D) G. Trumen
2. Yaponiya urushda qachon taslim bo‘ldi?
A) 1945-yil 6-avgust B) 1944-yil 20-iyun
C) 1945-yil 9-avgust D) 1945-yil 2-sentabr
3. Urushdan keyin Yaponiyada qancha kishi ishsiz qoldi?
Dostları ilə paylaş: |