Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

Pedagogik neologiya
- yangilik haqidagi ta’limot bo‘lib, bunda pedagogika 
sohasidagi har qanday yangiliklar o‘rganiladi va umumlashtiriladi. 
Pedagogik aksiologiya
- isbot talab qilmaydigan ta’limot manosini ifodalab, 
bunda pedagogik yangiliklar ichidan eng samaralilari tanlab olinadi. 
Pedagogik praksologiya
- amaliyotda qo‘llash haqidagi ta’limot bo‘lib, bunda 
tanlab olingan pedagogik yangiliklar amaliyotda qo‘llaniladi. 
Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik 
E.Rodjers 
tomonidan 
ishlab 
chiqilgan. 

yangilik 
kiritish 
jarayoni 
qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo‘lgan munosabatini, 
uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. 
Oliy 
maktab 
o‘qituvchisining innovatsion faoliyati, oliy maktab 
pedagogikasining bosh muammolaridan biridir. 
Shu jihatdan ushbu mavzyda oliy maktab o‘qituvchisi innovatsion 
faoliyatining shakllanish konsepsiyasi, innovatsiyaning ijtimoiy-madaniy va hayot-
faoliyati aspektlari haqida bahs yuritiladi. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to‘qnashuvi 
va o‘zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko‘zda tutadi. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator 
shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga 
Bu ta'limot uch yo’nalishni o'z ichiga 
oladi: 
Pedagogik
neologiya 
Pedagogik 
aksiologiya 
Pedagogik 
praksologiya 


nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini 
uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o‘z bilim va ilmiy 
faoliyatini ta’minlaydigan keng hamrovli mavzu (motiv)ga ega bo‘ladi. 
O‘qituvchi faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z ijodkorligi, o‘z-o‘zini 
bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa 
o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. 
Yangilik 
kiritishning 
muhim 
sharti 
muloqotning 
yangi vaziyatini 
tug‘dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o‘z mustaqillik 
mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o‘ziga bo‘lgan yangi munosabatni yarata 
olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o‘z nuqtayi nazarlariga o‘ralashib qolmaydi, u 
pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. 
Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o‘zgarib 
boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi. 
Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o‘zgartirishga, uning muammolari 
va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi 
muloqot namunasining o‘zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. 
Yangi munosabatlar, an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish 
kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro 
boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular 
munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi 
hamkorligidir. 
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: 
kasbiy faoliyatning ongli tahlili; 
me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv; 
kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik; 
dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish; 
(o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z turmush tarzi va 
intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish). 


Demak, 
o‘qituvchi 
yangi 
pedagogik 
texnologiyalar, 
nazariyalar, 
konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va 
targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi 
innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o‘lchanadi: 
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va 
o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. 
bunday 
sharoitda 
o‘qituvchining innovatsiya faoliyati 
pedagogik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat 
bo‘ladi; 
mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o‘qitishning yangi 
tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi; 
pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan 
o‘qituvchining munosabati xarakteri o‘zgarishi. 
O‘qituvchining 
innovatsion 
faoliyati 
tahlili 
yangilik 
kiritishning 
samaradorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. 
Bunday me’yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, 
ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi 
Yangilik pedagogik yangilik me’yori sifatida o‘zida taklif qilinadigan 
yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning 
qo‘llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko‘ra farqlanadigan mutlaq, 
chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar. 
Maqbullik me’yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun 
sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. 
Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni 
bildiradi. 
Pedagogik yangilik o‘z mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib 
qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga 
olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va obyektiv baho olgandan so‘ng 
pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi. 


V.A.Slastenin o‘tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga 
kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan 
iborat: 
mo‘ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari 
muvaffaqiyatini bashorat qilish; 
kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o‘zidagi va uni 
tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash; 
yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan 
samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini 
aniqlash; 
yangilikni 
tatbiq 
etishning 
muvaffaqiyatlilik 
darajasini 
tekshirish; 
yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga
baho berish. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga
baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, 
ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni 
qamrab oladi. 
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. 
V.A.Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo‘lgan 
qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar 
taalluqli: 
shaxsning ijodiy-motivasion yo‘nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, 
ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o‘z 
kamolotiga intilish va boshqalar; 
kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi 
bo‘lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o‘zicha 
mushohada yuritish, refleksiya; 
kasbiy 
faoliyatni 
baholash. 
Bu 

ijodiy 
faoliyat 
metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini 


egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish 
qobiliyati, ziddiyatni ijodiy 
bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro 
yordam berish qobiliyati va boshqalar; 
o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati; 
shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o‘ziga ishonch; 
ma’suliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar. 
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o‘qituvchining innovatsion faoliyatga 
hozirligi me’yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin): 
innovatsion foliyatga bo‘lgan zaruriyatni anglash; 
ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik; 
shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish; 
ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni engishga shaylik;
innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik 
darajasi; 
innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta ‘siri; 
kasbiy reflektsiyaga bo‘lgan qobiliyat. 
Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar 
xususiyatlari, o‘qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish 
tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan 
belgilanadi. 
Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri o‘qituvchi shaxsidir. 
O‘qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo‘lishi, kreativlikni, keng 
hamrovli qiziqish va mashhullikni, sevuvchi ichki dunyosi boy, pedagogik 
yangiliklarga o‘ch bo‘lishi lozim. 
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga 
oshirilishi lozim: 
yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish; 
yangicha harakat qila olishga o‘rgatish. 


Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o‘quv-bilish faoliyati va 
uni boshqarish alohida ahamiyatga ega. 
Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, 
mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining 
pedagogik asoslarini o‘rganish oliy maktab o‘quv jarayonini zamonaviy 
pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari 
darajasida tashkil etish imkonini beradi. 
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars 
shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o‘yin 
faoliyati orqali uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli talabalarning ta’lim olish faoliyati 
o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi. 
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 

o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi 
ortadi; 

o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ 
– muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; 

shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga 
imkon yaratiladi; 

hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinichiliklarni 
engish va mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam 
beradi; 

o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, 
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; 

shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; 

insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, 
ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga 
e’tibor qaratiladi; 

o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish 
ko‘zda tutiladi. 


Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni talabalarning bilim olish va o‘yin 
faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, 
ishbilarmonlar o‘yini, konferentsiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin. 
O‘qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), 
so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli 
chiqqandan so‘ng esa, ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki 
talabalar didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy 
bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi 
o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.
 
O‘yinli 
texnologiyalardan 
foydalanishning 
asosini 
talabalarning 
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. 
O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda 
faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. 
Psixologlarning 
ta’kidlashlaricha, 
o‘yinli 
faoliyatning 
psixologik 
mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, 
o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning ftindamental 
ehtiyojlariga tayanadi. 
O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan 
vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini 
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. 
D.N. Uznadzening ta’rificha, o‘yin shaxsga xos bo‘lgan ichki immanent 
psixik (ruhiy) xulq shaklidir
11

L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy 
buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi
12

A.N. Leontev o‘yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo‘lmaydigan 
qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi
13


Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə