Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Malakaviy bitiruv ishining nazariy va amaliy



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

Malakaviy bitiruv ishining nazariy va amaliy 
ahamiyati borasida shuni 
aytish mumkinki, kuzatishlar jarayonida qoʻlga kiritilgan natijalar metodik 
adabiyotlar tayyorlashda ma’lumot vazifasini oʻtaydi. Metodika sohasidagi ayrim 
darslar mavzularini yoritishda undan material sifatida foydalanish mumkin.


I BOB. Adabiyot darslarida didaktik o‘yinlarni tashkil qilish 
1.1. Uzluksiz adabiy ta’limda didaktik o‘yinlarni o‘rganishning 
ahamiyati 
Hozirda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan, barcha islohotlarning 
mazmun-mohiyati bir narsaga, ya’ni ta’limning sifatini oshirish, dars jarayonida 
kam kuch sarflab, ko‘proq samaradorlikka erishishga qaratilgan. Biz ham ushbu 
nazariyani esdan chiqarmagan holda, ilmiy-nazariy adabiyotlardan metodologik 
manba sifatida foydalanib, belgilangan mavzu yuzasidan interfaol dars 
ishlanmalar, mavzu mazmunini ochib beruvchi vedio roliklar ishlab chiqishga 
harakat qildik. O‘quvchilar diqqatini dars jarayoniga jalb qilish, berilayotgan 
ma’lumotlarni ular ongiga tez va oson yetib borishini ta’minlash maqsadida, 
axborot texnologiyalari faolligini birinchi darajaga olib chiqishga harakat qildik. 
Bu kurs ishi orqali axborot texnologiyalari yordamida faqatgina adib ijodi haqida 
ma’lumot berish emas, balkim o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini 
shakllantirish, asar qahramonlariga xolisona baho bеra olish malakalarini 
rivojlantirish, adib asarlarida ilgari surilgan umumbashariy g‘oyalarning tub 
mohiyatini to‘g‘ri tahlil qilish usullari ishlab chiqildi. Bundan nazarda tutilgan 
maqsad, har tomonlama yetuk, ma’naviyati mustahkam komil insonni voyaga 
yetkazishdir.
 
Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish - 
innovatsion pedagogika
ni 
maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos bo‘lgan 
tadqiqotlar g‘arbiy evropa va AQSHda 60-yillarda paydo bo‘ldi. Innovatsion 
faoliyat F.N. Gonobolin
7
, V.I.Zagvyazinskiy
8
, V.A.Kan-Kalik
9
, V.A. Slastenin
10

ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg‘or 
pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtayi nazardan yoritilgan, X.Bamet, Dj. 
Basset, D. Gamilton, N.Gross, R. Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, 
R.Edem ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta’limdagi o‘zgarishlarni 
7
Гоноболин Ф. Н. Книга об учителе. – M., 1965.
8
Загвязинский В. И., Емельянова И. Н. Общая педагогика. Учебное пособие для ВУЗов. – M.: 
Высшая школа, 2008.
9
Кан-Калик В. А. Грамматика общения. – M.: Роспедагентство, 1995. 
10
Сластенин В. А. Антропологический подход в педагогическом образовании. – M., 1994.


tashkil etish, innovatsiyaning “hayoti va faoliyati” uchun zarur bo‘lgan shart-
sharoitlar masalalari tahlil qilingan. 
Keng ma’noda qaraganda ta’lim tizimidagi har qanday o‘zgarish - bu 
pedagogik innovatsiyadir. Pedagogik innovatika pedagogik yangiliklarni baholash, 
uni pedagogik jamoa tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish, nig‘oyat pedagogik 
yangiliklarni amaliyotda qo‘llash haqidagi ta’limot sifatida qaraladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə