Organizmda moddalar va energiya almashinuvi.
Odam tashqi muxitdan
ovqat qabul qilish, organizmda uni o`zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo`lgan qoldiq
moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar
almashinuvi natijasida energiya hosil bo`ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish
bajaradi, hujayralar ko`payadi, yosh organizm o`sadi va rivojlanadi, tana haroratining
doimiyligi ta'minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog`liq
bo`lgan ikki jarayon, ya'ni assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o`tadi. Ovqat
moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o`tishi assimilyatsiya deyiladi.
Assimilyatsiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular
ko`payadi. Organizm qancha yosh bo`lsa, unda assimilyatsiya shuncha aktiv o`tadi,
bu esa yosh organizmning o`sishi va rivojlanishini ta'minlaydi .
33
Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi
dissimilyatsiya deyiladi. Buning natijasida energiya hosil bo`ladi. Dissimilyatsiya
natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga
chiqariladi. Keksa odamlar organizmida dissimilyatsiya jarayoni ustun bo`ladi.
Sog`lom organizmda bu ikkala jarayon muvozanatda bo`ladi. Jismoniy mehnat,
sport, aktiv turmush odam tanasidagi to`qimalarning yangilanishi,
organizmning yosh, sog`lom va tetik saqlanishiga olib keladi. Moddalar
almashinuvida ishtirok etadigan asosiy oziq moddalar-oqsillar; yog``lar,
uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suv hisoblanadi.
Oqsillar almashinuvi
. Oqsillar, ya'ni proteinlar odam organizmining
sog`lom, normal o`sishi, sog`ligi va rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Ular
organizmda ikki xil fiziologik vazifani bajaradi, ya'ni plastik va energetik.
Dostları ilə paylaş: |