Oqsillarning plastik ahamiyati shunday iboratki, ular barcha hujayra va
to`qimalarning tarkibiy qismiga kiradi. Oqsillarning energetik vazifasi esa, ular
parchalanganda energiya hosil bo`ladi, masalan, 1g oqsil parchalanganda 4,1
kkal. energiya ajratadi. Bu energiya odam tanasini haroratini birday saqlash,
ichki organlarni normal ishlashi, odamning harakatlanishi va boshqa ishlarni
bajarish uchun sarflanadi. Katta yoshli odam yengil ish qilganda 1 sutkalik oqsil
normasi 1-1,5g (har 1kg vazn hisobiga), 1-3 yoshda 4-4,5g, 3-7 yoshda 3,-3,5g 7-
11 yoshda 3g, 11-14 yoshda 2,5g bo'ladi.
Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab oqsillar sifatli va
sifatsiz turlarga bo`linadi. Tarkibida organizm uchun barcha aminokislotalarni
o`zida to`plagan oqsillarga sifatli oqsillar deyiladi. Ular hayvon
mashg`ulotlarida (go`sht, baliq, ikra, sut va sut mahsulotlarida) bo`ladi.
Tarkibida ba'zi aminokislotalari bo`lmagan oqsillar sifatsiz oqsillar deyiladi.
Ular non, non mahsulotlarida bo`ladi. Bolalar organizmini normal o`sishi va
rivojlanishi uchun kundalik ovqat tarkibida sifatli oqsillar 80-90% tashkil etishi
kerak. Bolalar ovqati tarkibida sifatli oqsillarning kam bo`lishi o`sish va
rivojlanishni sekinlashtiradi, yuqumli kasalliklarga chidamlilik xususiyati
pasayadi, nerv sistemasining quzg`aluvchanligi, aqliy faoliyat susayadi. Oqsillar
ortiqcha bo`lsa nerv sistemasi, jigar va buyraklar faoliyati buziladi .
Uglevodlar almashinuvi.
Uglevoddar organizmda asosiy energiya
manbai bo`lib, hisoblanadi, 1 g uglevod parchalanganda 4,2 kkal energiya
ajraladi, Bir sutkalik energiyaning 56% uglevodlar hisobiga hosil bo`ladi. 1-1,5
yoshda 160-175, 1,5-3 yoshda 225g, 3-5 yoshda 260g, 5-7 yoshda 280g, 7-11
Dostları ilə paylaş: |