Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 427,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/24
tarix10.05.2022
ölçüsü427,24 Kb.
#86410
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
4 6018294825843950392

____________________________________ 

1

 E.G’oziev, K.Daminov. Bolalar psixologiyasi. Toshkent, 1992, 16-bet. 



 

 



 

 

35 



 

2.2. Shaxsning individual psixologik xususiyatlari. 

SHaxs  o‘zining  kundalik  faoliyati  davomida  o‘z  atrofida  bir  qancha  odamlar 

bilan muloqatda bo‘ladi. Ana shu muloqot jarayonida ularning xilma-xilligini idrok 

etadi.  Ularning  bir  qismi  jo‘shqin,  hissiyotli,  keng  qiziqishli,  serxarakat  bo‘lsa, 

ikkinchilari  aksincha,  vazmin,  kamgap,  xarakatlari  sust,  beparvo,  osoyishta 

hissiyotli bo‘ladilar. Odamlar o‘rtasidagi bu farqlanish ular individual sifatlarining 

muhim  sohasi  bo‘lgan  temperament  tiplari  xususiyatlarining  natijasidir.  SHaxsga 

xos  hissiyotlarning  yuzaga  kelish  tezligi  va  kuchi,  umumiy  xarakatchanligining 

sur’at  va  sifati  temperament  tipi  sifatlarining  majmui  hisoblanadi.  Bu  majmuani 

nerv  sistemasining  kuchi,  qo‘zg‘alish  va  tormozlanish  jarayonlari  o‘rtasidagi 

muvozanat hamda nerv jarayonlarining xarakatchanlik xususiyatlari tashkil etadi.  

Temperament  lotin  tilidagi  «temperamentum»  so‘zidan  olingan  bo‘lib, 

aralashma, qorishiq. degan ma’noni bildiradi. 

Psixologiya  fani  tarixida  temperament  haqidagi  ta’limotni  birinchi  bo‘lib 

qadimgi  grek  olimi  Gippokrat  yaratdi.  Gippokrat  temperamentning  mohiyati  va 

temperament  tiplarining  nomlarini  asoslashga  xarakat  qildi.  Lekin  Gippokratning 

odam,  gavdasining  asosiy  elementlari  haqidagi  fikrlari.  singari  temperament 

tiplarining sabablari haqidagi fikrlari ham ilmiy nuqtai nazarga to‘g‘ri kelmaydi. 

Xolerik,  sangvinik,  melanxolik.  flegmatik  temperamentlar  qadimgi  Gretsiya 

faylasuflarining  to‘rt  element:  havo,  suv,  olov  va  tuproq  elementlari  va  bu 

elementlarga  muvofiq  keladigan  sifatlar:  issiqlik,  sovuqlik,  quruqlik  va  namlik 

sifatlari  to‘g‘risidagi  gipotezalariga  asoslangan  edi.  Ular  organizmda  bu 

elementlarga  to‘g‘ri  keladigan  to‘rtta  asosiy  suyuqlik  bor  deb  hisoblaydiqlar, 

temperamentlar  orisidagi  farqning  sababi  shu  suyuqliklardan  ba’zilarining  ortiq 

bo‘lishidir  deb  izoxladilar.Temperament  tiplarining  nomlari  ham  ana  shu 

suyuqliklardan  kelib  chiqqan.  Masalan.  xolerik  grekcha  "xole"  so‘zidan  olingan 

bo‘lib,  o‘t  yoki  safro  demakdir:  sangvinik  "sandus"  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  qon 

demakdir;  melanxolik  grekcha  "melanxole"  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  qora  o‘t 

demakdir; flegmatik grekcha "flegma" so‘zidan olingan bo‘lib, balg‘am, shilimshiq 

modda demakdir. 




 

 

36 



 

Yuqoridagi  suyuqliklarning  har  biri  o‘z  xususiyatiga  ega  bo‘lib.  ularning  har 

birining o‘z vazifasi, o‘z ishi bor Chunonchi, uning xususiyati quruqlikdir. Uning 

ishi  organizmdagi  quruqlikni  saqlab  turish,  badanni  quruq  tutishdir.  Qonning 

xususiyati issiqlik bo‘lib, ishi organizmni isitib turishdir. Qora o‘tning xususiyati 

namlik  bo‘lib,  ishi  badanning  namligini  tutib  turishdir.  Balg‘amning  xususiyati 

sovuqlik bo‘lib, ishi badanni sovutib turishdir. 

Gippokrat  ta’limotiga  muvofiq,  har  qaysi  odamda  yuqoridagi  to‘rt  xildagi 

suyuqlikdan ko‘proq bo‘lib, ustun turadi. Ularning qaysi biri ustun bo‘lishiga qarab 

odamlar temperament jixatidan har xil bo‘ladilar. Xoleriklarda o‘t yoki safro ustun. 

Sangviniklarda  qon,  melanxoliklarda  qora  o‘t,  flegmatiklarda  esa  balg‘am  ustun 

turadi.


 1

 

Ko‘rinib  turibdiki,  Gippokratning  temperament  va  uning  tipariga  oid  ta’limoti 



qadim zamonlardan bizning davrimsizgacha saqlanib kelayotgan bo‘lsa ham hech 

qanday ilmiy asosga ega emas. 

Temperament va uning tiplari hakidagi mukammal ilmli nazariyani mashhur rus 

psixologi  I.P.Pavlov  yaratdi  va  bu  sohada  o‘zining  "Nerv  sistemasining  tiplari" 

nomli  talimotini  kashf  etdi.  Akademik  I.P.Pavlov  nerv  sistemasining  kuchli, 

muvozanatsiz,  sust  (xolerik  temperamentga  asos  bo‘lgan),  kuchli,  muvozanatli, 

epchil 

(sangvinik 

temperamentga 

asos  bo‘lgan),  kuchsiz  (melanxolik. 

tempsramentga asos bo‘lgan), kuchli, muvozanatli, sust (flegmatik temperamentga 

asos bo‘lgan) kabi to‘rtta umumiy tipini aniqladi. 

Akademik  I.P.Pavlov  juda  ko‘p  tajribalar  natijasida  nerv  sistemasining  kuchi 

xujayralardagi  fiziologik  moddalarning  zapas  miqdori  bilan  belgilanishini 

isbotlaydi  

Nerv sistemasiniig kuchi qo‘zg‘alish jarayoniga ham. tormozlanish jarayoniga 

ham  taalluqli  bo‘lib,  kuchli  qo‘zg‘ovchilarga  bardosh  bera  olish  qobiliyatida 

nomoyon bo‘ladi.. Xuddi shuning singari nerv sistemasidagi 




Yüklə 427,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə