Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 427,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/24
tarix10.05.2022
ölçüsü427,24 Kb.
#86410
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
4 6018294825843950392

 

_______________________________ 

1

 Umumiy psixologiya (A.V. Petrovskiy tahr.). Toshkent, 1992, 148-bet 




 

 

37 



 

qobiliyatida  nomoyon  bo‘ladi..  Xuddi  shuning  singari  nerv  sistemasidagi 

qobiliyatida  nomoyon  bo‘ladi..  Xuddi  shuning  singari  nerv  sistemasidagi 

muvozanat  nerv  sistemasining  qo‘zg‘alish  va  tormozlanish  jarayonlarining  kuch 

darajasini  baravar  tutib  tura  bilishda  ko‘rinadi.  Qo‘zg‘alish  va  tormozlanish 

jarayonlari  baravar  darajada  kuchli  yoki  kuchsiz  bo‘lganda,  nerv  sistemasida 

muvozanat  bo‘ladi.  Agar  qo‘zg‘alish  yoki  tormozlanish  jarayonlaridan  biri 

kuchliroq. yoki kuchsizroq bo‘lsa, nerv sistemasida muvozanat bo‘lmaydi. 

Nerv  sistemasining  ildamligi  miya  po‘stining  biror  qismidagi  qo‘zg‘alishning 

tormozlanishi yoki qo‘g‘kalish bilan naqadar engil almashinishidan iboratdir. 

SHunday  qilib,  shaxsdtgi  xatti-xarakatlarning,  imo-ishoralarning  aniq  va 

ravshanligi,  hissiy  xolatlarning  qo‘zg‘alish  kuchi,  barqaror  va  beqarorligida 

namoyon bo‘ladigan individual sifat temperament yoki mijoz deb aytiladi. 

Temperament tiplarining xarakteristikasi quyidagilardan iborat; 

1.  Xolerik  temperament.  Bu  temperamentdagi  kishi  biror  narsaga  qattiq 

kirishadi.  Uning  faoliyati,  kuchi,  g‘ayrati  oshib  ketadi.  Arzimagan  to‘sqinlikdan 

kuchli g‘azablanadi. Natijada ruxi, g‘ururi. rashki, qasos olish kayfiyati, izzat-nafsi 

oxirgi  chegarasiga  borib  etadi.  U  kam,  o‘ylab,  tez  ishga  kirishadi,  o‘zini  hamma 

vaqt  xaqli  deb  xisoblaydi  va  o‘z  bilganidan  qolmaydi,  yo‘l  qo‘ygan  xatolarini 

bo‘yniga olishi juda qiyin. Uning intilishlari, qiziqishlari barqaror. o‘z qarorlarida 

qat’iy va mustaxkam, emotsional xolatlarining almashinishi juda sekin. 

2.  Sangvinik  temperament.  Bu  temperamentdagi  kishilarda  xuzur-xalovat 

ko‘rishga  intilish  kuchli,  hissiyot  tez  qo‘zg‘aladi,  lekin  uzoqqa  cho‘zilmaydi.  U 

o‘zining  ko‘ngliga  yoqqanini  qiladi,  boshqalar  bilan  tezda  do‘stlashadi,  ammo 

mayli  tez  o‘zgaradi,  jaxli  tez  chiqadi  va  tez  qaytadi.  Bu  temperamentdagi  shaxs 

va’da beradi-yu, bajarishni unutib qo‘yadi. Sangvinik har narsaga tez ishonaveradi, 

reja  tuzadi,  lekin  undan  tezda  voz  kechadi.  Unga  tasalli  ,  berish  oson,  u  ochiq, 

shirin so‘z. raxmdil, ulfatchilikni sevadigan, nafsoniyatni bilmaydigan shaxs. 

Sangvinik  temperamentdagi  shaxsni  intizomga  chaqirish  oson,  u  diqqatini  tez 

to‘playdi. aqli tez ishlaydi, topqir. Xarakatlari, hissiyotlari,  kayfiyat va.qiziqishlari 

barqaror, malakalarni tez o‘zlashtiradi, darslarda tez-tez qo‘l ko‘taradi. 



 

 

38 



 

3.  Melanxolik  temperamet.  Bu  temperametdagi  shaxslar  g‘am-g‘ussaga  juda 

moyil  bo‘ladilar  ular  oson  hayajonlanadilar.  Ulardagi  noxush  xolat  yoqimli 

hislarga nisbatan tez-tez sirtga tepadi va uzoq davom etadi. 

Melanxoliklar  arzimagan  narsaga  xafa  bo‘ladilar.  Ularning  hayotida 

uchraydigan  to‘siqlar  umidsiz,  g‘ayratsiz,  qiyinchiliklaridan  qutilishga  noqobil 

qilib qo‘yadi, g‘am-g‘ussalari bosilmaydigan, g‘amginlik alomatlari kuchli bo‘ladi. 

Melanxolik  tipdagi  shaxslar  nihoyatda  arazchan  bo‘ladi.  Ular  samimiy  bo‘lib, 

sekin  yig‘lab  oz  kuladilar,  o‘zlariga ishonmaydilar, darsda kam  qo‘l  ko‘taradilar, 

ularning diqqati tez chalg‘iydi va beqaror bo‘ladi. 

4.  Flegmatik  temperament.  Bu  temperamentdagi  shaxs  hissiyotga  tez 

berilmaydi.Bu temperamentdagi shaxslar bosiq bo‘lib, o‘zini bemalol tuta oladi va 

buning 

uchun 


hech 

qanday 


jismoniy 

kuch 


sarflamaydi. 

Flegmatik 

temperamentdagi shaxslar jo‘shqin va chuqur hissiyot ta’siriga berilmaydilar. O‘z 

faoliyatlari uchun darhol qaror qabul qila olmaydilar. Ular og‘ir, arz-holini hadeb 

aytavermaydilar,  azob-uqubatlarni  sekin  o‘tkazadigan,  boshqalarning  azob 

uqubatlariga parvo qilmaydigan bo‘ladilar. 

Parda  Tursunning  "O‘qituvchi"  romanidagi  Alimqul  obrazi  flegmatik  tipning 

yaqqol  timsoli  bo‘la  oladi.  Sotvoldining  dushmanlar  tomonidan  vaxshiyona 

o‘ldirilishi  uning  qarindosh-urug‘larida  dushmanlarga  nisbatan  kuchli  g‘azab, 

nafrat  uyg‘otadi,  bazilarida  oh-faryod  xolatlarini  vujudga  keltiradi.  Alimqulda  bu 

xolat  sabr-toqat,  ich-ichidan  alamzada  bo‘lish  tarzida  o‘tadi.  Unda  sabr-toqatlilik 

yuragi kenglik, yuvoshlik, mo‘minlik, jaxli chikqqani ham, xafahollik kuchi ham 

sezilmaydi.  Alimqul  birovdan  nolimaydi,  shikoyat  qilmaydi,  kamgap,  barchaga 

baravar munosabatlari bilan o‘zini namoyon etadi. 

Flegmatik  temperamentdagi  shaxslar  o‘z  istaklarini  hamisha  biladilar, 

birovlarning  ishiga  aralashmaydilar,  ularga  yalqovlik,  xafsalasizlik,  beg‘amlik, 

xunoblik, anqovlik kabi xislatlar xosdir. Flegmatiklarni kuldirish, jaxlini chiqarish, 

kayfiyatini buzish juda qiyin: 

Flegmatiklar  o‘z  diqqatlarini  bir  nuqtaga  sekin  to‘playdilar  va  qiyin 

ko‘chiradilar. Ular yangi sharoitga sekin moslashadilar va o‘z malaka va odatlarini 




 

 

39 



 

sekin o‘zlashtiradilar,  yangi odatlarni sekin o‘zlashtiradilar va tashqi ta’sirotlarga 

sekin javob qaytaradilar. 

SHuni ham ta’kidlash kerakki, doimiy va o‘zgarmas temperament, shuningdek 

yaxshi va yomon temperament ham yo‘q. Muhitga, sharoitga, ta’lim va tarbiyaga 

qarab  temperament  tipi  ham  o‘zgaradi.  Masalan,  buyuk  masalchi  I.A.Krilov  va 

sarkarda  M.I.Kutuzov  flegmatik  temperamentli  shaxslar,  shoir  V.A.Jukovskiy, 

kompozitor 

TT.I.CHaykovskiy, 

yozuvchi 

N.V.Gogol 

esa 


melanxolik 

temperamentdagi shaxslar bo‘lganlar. 

Psixologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ana shu temperament turlari sof holda, 

ya’ni sof xolerik, sof sangvinik, sof melanxolik va sof flegmatik tarzda bo‘lmaydi. 

Aksariyat  odamlar  aralashgan  temperament  turiga  ega  bo‘ladilar.  Odamda  qaysi 

xildagi  temperamentning xususiyatlari ko‘proq namoyon bo‘lsa, shunga qarab uni 

u  yoki  bu  tipga  mansub  deb  aytamiz.  Masalan,  serg‘ayrat,  serharakat,  tinib-

tinchimas,  hamma  narsa  bilan  qiziqadigan  shaxsni  flegmatik  temperamentdagi 

odam deb xisoblanadi. 

Har  bir  temperament  tipining  ijobiy  va  salbiy  tomonlari  bor.  YAxshi  tip 

hisoblangan xolerik shaxsning salbiy tomoni shundaki, unda tormozlanish jarayoni 

sust  bo‘ladi,  xolerik  ba’zi  xollarda  nojo‘ya  xarakatlardan  o‘zini  tiya  olmaydi. 

Xolerik  tipidagi  shaxsning  ijobiy  xislatlari  uning  g‘ayrati,  qat’iyligi,  xarakatlar 

tezligi, o‘tkir zehnligi bilan yuzaga keladi. Flegmatik tipdagi shaxsga xos salbiylik 

shundaki,  u  juda  sustkash  va  beparvo  bo‘ladi.  Flegmatikning  ijobiy  fazilatlari 

uning aqliy sustligida, vazminligida namoyon bo‘ladi. 

Xozirga  sharoitda  ta’lim  va  tarbiya    jarayonida  o‘quvchilarga  individual 

yondashish, ularning temperament  tipini  hisobga olish  muhim  ahamiyatga  egadir. 

Chunki, turli tipdagi temperamentli o‘quvchilar o‘quv va tarbiya ishlar jarayonida 

o‘z-o‘zini tuta bilishga o‘rgatish, ularda bir me’yorda ishlash odatini doimiylik va 

sistemalilik odatini tarkib toptirish pedagogik muvaffaqiyatning zarur shartlaridan 

biridir. 

Odamga  tug‘ma  ravishda  beriladigan  temperament  xususiyatlari    yoshning 

ug‘ayishi bilan bog‘liq tarzda o‘zgaradi. Temperament tipi xususiyatlarining sifat 




 

 

40 



 

mazmuni  isloh  etilishida  ijtimoiy  muhit  va  ta’lim-tarbiya  katta  ta’sir  ko‘rsatadi. 

SHuning uchun har bir shaxsdagi temperament tipi sifatlarini o‘zgarishda, o‘sishda 

dsb qarash maqsadga muvofikdir. 

Ko‘rinib  turibdiki,  yuqoridagi  to‘rt  tipning  har  biri  aloxida  sifatlarga  ega 

bo‘lishi bilan birga ularda takror uchraydigan, turli situatsiyalarda tez o‘zgarishga 

moyil  xususiyatlar  ham  bor.  SHunday  ekan,  tabiat  toza,  faqat  bir  tipgagina  xos 

bo‘lgan sifatlardan iborat temperament uchramaydi. Temperament aloxida olingan 

har  bir  kishining  umumiy  va  uning  nerv  sistemasining  asosiy  tavsifi  bo‘lib,  bu 

tavsif shaxsning butun faoliyatiga tasir etadi. 

Temperament  tiplari  psixologiyasini  o‘rganishning  dalolaticha,  bir  xil 

temperamentdagi  odamlar  ham  xilma-xil  bo‘ladilar  Ma’lumki,  har  bir  kishi 

takrorlanmas  shaxs  hisoblanadi.  Shuning  uchun    uni  yuqoridagi  temperament 

tiplaridan  biriga  kiritish  hamisha  ham  to‘g‘ri  bulavermaydi.  Ikkinchidan,  ayrim 

odamlarning  shaxsi  birgina  tipdan  tashqari  ikki  va  undan  ham  ko‘proq  tipning 

belgilariga ega bo‘ladi. SHunga muvofiq shaxsda xolerik va sangvinik, melanxolik 

va flegmatik  tiplar xususiyatlari aralash tarzda uchraydi. 

Yana bir muhim masala shuki, bir temperament tipini yaxshi, boshqasini yomon 

deyish  ilmiy  jixatdan  to‘g‘ri  emas

1

.  Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  har  bir 



temperament tipining o‘ziga xos ijobiy va salbiy sifatlari bor. 

SHunday qilib, temperament sifati shaxsning ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan 

individual psixologik xususiyati bo‘lib, har bir odamning qaysi temperament tipiga 

mansubligini  aniqlashning  juda  katta    ahamiyati  bor.  Birinchidan,  temperament 

tipini bilish shaxslararo     munosabatlarda     ijobiy rol o‘ynaydi. Ikkinchidan, yosh 

avlod  ta’limi    va  tarbiyasini  davr  talabi  asosida  tashkil  etish  muvaffaqiyatga 

erishuv garovi bo‘lib xizmat qiladi. 


Yüklə 427,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə