Hindistonda falsafaning vujudga kelishi
taxminan uning hududida quldorlik davlatlari
shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan.
Xitoyda falsafa
jamiyatning sinfiy tabaqalanish
jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va
siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
Misr va Bobil falsafiy maktablari.
Eramizdan avvalgi turtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming
yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya`ni
astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj to‘gan. Tabiy-ilmiy, diniy-
falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo`nalish olam haqidagi tasavvurlarning
astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog`liqekanini, ikkinchi yo`nalish esa, bu tasavvurlarning
mifologiya bilan bog`liq bo`lganini ko`rsatadi.
Birinchi holda, asosan, tabiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea hodisalar
aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o`rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu - o`sha davr uchun tabiiy
hol edi, ya`ni u - davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda
mfodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo`lsa-da aksariyat
hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo‘lgan.
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo`lgan odamzod, albatta, tevarak
atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini
va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko`nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o`sha qadim zamonlarda, afsona
hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo`q edi. Bu - o`sha davrlardan qolgan yozma
manbalarda, xususan, «Xo‘jayinning o`z quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo`shig`i»,
«O‘z hayotidan hafsalasi pir bo`lgan kishining o`z joni bilan suhbati» kabi bitiklari yaqqol namayon
bo`lgan. Ularda hayotning, umrning mazmuni, o`sha davrdagi odamlarga xos tuyg`ular bayon qilingan.
Dostları ilə paylaş: |