Andijon mashinasozlik instituti


Mifologik  va  diniy  dunqarashning  o‟zaro  aloqasi    va    farqi



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Mifologik  va  diniy  dunqarashning  o‟zaro  aloqasi    va    farqi
.  Mifologik  dunyoqarashning  o‘ziga  xos 
xususiyati  shundan  iboratki,  bu  oddiy  rivoyat,  biron-bir  voqea  haqidagi  hikoya  emas,  balki  og‘zaki  «muqaddas» 
matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta‘sir ko‘rsatuvchi muayyan borliq 
sifatidagi  in‘ikosidir
.  Mif,  insoniyat  tarixining  ilk  bosqichlarida,  odamlar  xulq-atvori  va  o‘zaro  munosabatlarini 
tartibga  solish  funksiyasini  bajargan,  chunki  unda  axloqiy  qarashlar,  insonning  borliqqa  estetik  munosabati  o‘z 
ifodasini  to‘gan.  Mifologiyaga  shu  narsa  xoski,  unda  hamma  narsa  bir,  yaxlit,  ajralmasdir;  tabiat  narsalari  va 
hodisalari  inson  bilan  ayni  bir  qonunlarga  muvofiq  yashaydi,  inson  bilan  bir  xil  sezgilar,  istaklar,  mayllarga  ega 
bo‘ladi.  
SHunday
 
qilib,  mif  kimningdir  uydirmasi  yoki  «o‘tmish  sarqiti»  emas,  balki  shunday  bir  o‘ziga  xos  tilki, 
inson  uning  yordamida  qadim  vaqtlardanoq  dunyoni  tavsiflagan,  o‘zining  o‘sib  borayotgan  tarqoq  bilimlarini 
umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan.  
Mifda  ota,  oqsoqol  hukmi  va  qaror  to‘gan  an‘analar  ayniqsa  muhim  rol  o‘ynaydi.  Rivoyat  va  uning 
mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e‘tiqod, borliqni bevosita, emotsional idrok etish yotadi. 
Mifologik 
dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo‘lib, unda shubhaga o‘rin yo‘qdir
.  
Mifologiya  (miflar  majmui  sifatida)  qadimgi  odamlar  dunyoqarashi  bilangina  uzviy  bog‘liq  emas.  Oddiy 
ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san‘atda aniq-ravshan yoki ‗ardalangan ko‘rinishda mavjud bo‘lgan miflar 
bugungi  kunda  ham  (kim  uchundir  ko‘proq,  kim  uchundir  kamroq  darajada)  odamlar  hayoti  va  ijodida  faol  rol 
o‘ynab,  har  qanday  inson  dunyoqarashining  tarkibiy  qismi  bo‘lib  qolmoqda.  Jamiyatning  axborotlashuvi  jadal 
sur‘atlarda  o‘sib  borayotgan  sharoitda  mif  televidenie,  radio,  vaqtli  matbuot,  hozirgi  saylov  texnologiyalari 


vositasida ba‘zan ijtimoiy ong  bilan manipulyatsiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik fikrini shakllantirish 
vositasi sifatida qo‘llanilmoqda.  

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə