Angren universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi


Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi



Yüklə 143,09 Kb.
səhifə4/11
tarix18.07.2023
ölçüsü143,09 Kb.
#119682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi ko\'rsatma

Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi

Tugallangan kurs ishi himoyaga qo‘yilishdan oldin taqriz qilinishi kerak. Bunda birinchi navbatda tayyorlangan ishning ijobiy tomonlarini, keyin esa kamchiliklarini ko‘rsatilishi kerak. Taqrizdan oldin kurs ishi albatta diqqat bilan o‘qib chiqilishi kerak, aks holda nomigagina yozilgan taqrizlar tufayli sifat jihatidan talabga javob bermaydigan kurs ishlari ham ijobiy baholanib ketilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.


Kurs ishlarini taqriz qiluvchi professor-o‘qituvchilar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • Kurs ishini dastlab taqrizga olgan vaqtda ushbu kurs ishi mavzusining talaba ismi sharifining birinchi harfiga mos kelishini tekshirish;

  • Kurs ishining mazmuniga umumiy baho berish va unda yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatish, shuningdek, talabaga kamchiliklarni tuzatish yo‘llari bo‘yicha maslahat berish hamda shunga tegishli muloxazalarni taqriz varag‘iga yozib qo‘yish;

  • Taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini ko‘rsatish bilan birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati yoritilmagan savollarni talabaga tushuntirib berish;

  • Kurs ishi taqrizida yoziladigan mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, yaʼni qaysi savollar mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondoshganligini, qaysi birlarini to‘ldirish zarur ekanligini ko‘rsatishi;

  • Nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bog‘lab olib borilish darajasini ko‘rsatishi;

  • Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida o‘rganilayotgan muammolarning O‘zbekiston misolida hal qilishning yo‘l-yo‘riqlarini nazariy jihatdan asoslanishga baho berishi;

  • Talabalar tanlangan kurs ishini bajarish orqali iqtisodiyot nazariyasining mohiyatini chuqur, atroflicha o‘rganib, hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti xususiyatlarini ko‘rsatib berilganlik darajasini baholash.

Ana shu jihatdan olib qaraganda, kurs ishiga taqriz yozishda rasmiyatchilikga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biroq amalda rasmiyatchilik asosida juda qisqa yozilgan taqrizlar ham uchraydi. Bunday taqrizlar:
Birinchidan, kurs ishi mavzusining mohiyatini va unda qo‘yilgan muammolarning yoritilgan yoki yoritilmaganligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Ikkinchidan, talaba uchun kurs ishida qanday kamchiliklar mavjud, uni qanday bartaraf qilish mumkin ekanligi haqida foydali maslahatlar mavjud bo‘lmaydi.
Uchinchidan, talabaning kurs ishini maʼsuliyat sezmasdan yuzaki yozishiga olib keladi.
To‘rtinchidan, talabalarning kurs ishiga yetarli darajada ahamiyat bermasdan, yaʼni mavzuning rejasi, foydalangan adabiyotlar ro‘yhati, bajarilgan vaqti ko‘rsatilmagan taqdirda ham ijobiy baholanishiga sabab bo‘ladi.
Beshinchidan, talaba ijodiy fikr yuritmasdan, kurs ishini ayrim o‘quv qo‘llanmalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib olganda (plagiat) ham uning asossiz ijobiy baholanishiga olib keladi.
Bizning fikrimizcha, kurs ishiga taqriz yozishda bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yish yuqori malakali iqtisodchilar tayyorlash talabiga ziddir. Shuning uchun talabalarga to‘g‘ri maslahat berib, amaliy yordam ko‘rsatadigan darajada kurs ishini tahlil qilib, taqriz yozish o‘qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir.
Professor-o‘qituvchilar taqriz yozish jarayonida avvalo kurs ishining ijobiy tomonlarini, keyin esa talaba yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini ko‘rsatib, uni baratraf qilish yo‘llarini tushuntirish zarur. Taqrizni eʼtiborsizlik bilan nomigagina yozish, talabalarda beparvolikga olib keladi. Bu esa taʼlim-tarbiya va intizomning susayishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 143,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə