Fransiya iqtisodiyoti



Yüklə 3,96 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#141127
FRANSIYA IQTISODIYOTI

FRANSIYA IQTISODIYOTI

ABDULAXATOVA SEVINCH

REJA:

  • Iqtisodiy rivojlanish tarixI
  • MOLIYA
  • Tashqi savdo munosabatlari
  • Soliq tizimI
  • Jahon Banki bilan hamkorlik
  • Doing Business

Iqtisodiy rivojlanish tarixi

  • Frantsiya iqtisodiyoti yangi yerlarning ochilishi, buyuk kashfiyotlar va ilmfan taraqqiyotidan so‘ng dunyo bo‘ylab o‘z mustamlakachilik siyosatini kengaytirdi. Shimoliy Afrika qit‘asi mamlakatlari, yaqin sharq mamlakatlari, Hindiston va Kanada kabi bir qancha mamlakatlarda o‘zlarining ittifoqchilarini ko‘paytirdilar. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mamlakatda umuman boshqacha uslubda taraqqiyot modeli ish boshladi. Keying o'n yilliklar mobaynida frantsuz iqtisodiyoti milliy rejalar ketma-ketligini joriy qilib, ularning har biri taxminan 4-5 yilni qamrab olishi va o'sish maqsadlari hamda rivojlanish strategiyalarini amaliyotga tadbiq etdi. Yevropadagi qayta qurishdan mamlakat ancha daromad oldi. Jahon savdosida o‘zining bir qatro tovarlari ixtisoslashuvi bilan mutlaq ustun bo‘lib rivojlanishda davom etdi. Ayniqsa harbiy texnika sohasida ham mamlakat sovuq urushlar sababli davlat byudjetini ancha boyitib oldi. Kemasozlik, esminslar, barjalar, avtomobilsozlik hamda fuqaro samolyotlari endilikda mamlakat iqtisodiyotidagi strategik manbaga aylandi. Mamlakatda atom energetikasi alohida ahamiyat kasb etdi. Tabiiy resurslarga juda boy mamlakat endilikda istalgan mamlakat bilan raqobatlasha oladigan darajada rivojlanib bormoqda edi. Fransiya iqtisodiyoti barcha sohalarda diversifikatsiya qilindi5

Fransiya iqtisodiyotining umumiy tavsifi

MOLIYA

  • Fransiya g'arbiy Yevropada eng yirik bank sektorlariga ega bo'lib, uning uchta asosiy instituti - Crédit Agricole, BNP Paribas va Société Generéale qit'adagi eng yaxshi banklardan hisoblanadi. An'anaviy tarzda Bank faoliyati Banque de France orqali hukumat tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Biroq, 1960-yillarda boshlangan XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 151 - tartibga solish shundan dalolat beradiki, filiallar va bank hisobvaraqalari egalari soni sezilarli o'sdi. 1984 yilda qonunchilik banklarning faoliyatini nazorat qilishni yanada qisqartirdi. Bu ularga yanada kengroq xizmatlarni taklif qilish va raqobatlashuviga olib keldi. O'shandan beri, 1990 yilda YeI doirasida kapitalning erkin harakatlanishiga cheklovlarni olib tashlashni rag'batlantirish banklar faoliyatini keng miqyosda xalqaro munosabatlarini kengaytirdi. 1993 yilda Banque de Francega mustaqil davlat maqomi berilib uni davlat nazoratidan ozod qildi. Umuman olganda, bank tizimidagi bandlik asosan operatsiyalarni kompyuterlashtirish va ushbu restrukturizatsiya tufayli qisqardi. XXI asrning boshlarida mamlakat pul birligi Frank Frantsiyada qonuniy valyuta sifatida yevroga yo'l berdi.

Tashqi savdo munosabatlari

  • Fransiya Buyuk Yettilik a‘zosi bo‘lib kengayib borayotgan xizmatlarga asoslangan rivojlangan iqtisodiyotdir. Bu mamlakatning tashqi savdo munosabatlarini ma‘lum bir summadan past bo‘lmaslik majburiyati bilan eksportimport aloqalarida juda faol bo‘lishini taqozo etadi. Jahon qtisodiotining juda noqulay bir davrida fransiya AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya bilan bir tomonda shuningdek, Kanada, Polsha, Rossiya va BRICS a‘zolari, Turkiya, Saudia Arabiston mamlakatlari bilan alohida savdo-iqtisodiy munosabatlar olib borishiga majbur bo‘lmoqda. Ba‘zan bu mamlakat AQSh va Rossiya o‘rtasidagi (tarixdagi eng tuban diplomatik aloqalar davri) vositachi sifatida ham paydo bo‘lib turmoqda. Frantsiya iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqida Germaniyafan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi. Mahsulot uchun tashqi savdo balansi 1992 yildan 2001 yilgacha profitsit bilan ta'minlangan va 1998 yilda 25,4 milliard AQSh dollarga yetdi; Biroq, 2000 yilda frantsuz savdo balansi iqtisodiy inqirozga uchrab 2003 yilda 15 milliard AQSh dollarlik defitsitga erishdi. 1998 yilda yalpi savdo 730 milliard AQSh dollarni yoki YaIMning 50 foizini tashkil etgan edi. Hozirda Frantsiyaning Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan savdo munosabatlari 60 foizini tashkil qilmoqda.

SOLIQ

  • Frantsiyada tashkilotlar solig'i stavkasi 33,30 foizni tashkil qiladi. Ushbu soliq stavkasi 1981 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda o'rtacha 38,26 foizni tashkil etib, 1982 yilda 50 foizdan yuqori bo'lgan. 1993 yilda rekord darajada past 33,30 foizni tashkil etgan. Frantsiyada shaxsiy daromad solig'i stavkasi 45 foizni tashkil etadi. Bu soliq esa 1995 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda 51,92 foizni tashkil etgan bo‘lsa 1996 yilda 59,60 foizni tashkil etdi. 2017 yilda kelib shaxsiy daromad solig'i 45 foizni tashkil etdi. Frantsiyada sotishdan olinadigan soliq darajasi 20 foizni tashkil etadi. Frantsiyada bu soliq 2000 yilgacha bo'lgan davrda o'rtacha 19,71 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 20 foizni tashkil etgan va 2001 yilda bu ko'rsatkich 19,60 foizni tashkil etgan

Nufuzli banklari

  •  Crédit Agricole (CA)
  • BNP Paribas
  •  Société Générale
  •  Caisse d'Epargne (CE)
  •  Banque Populaire (BP)
  •  Crédit Mutuel

Jahon Banki bilan hamkorlik

  • 1945 yil 27 dekabrda Fransiya Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTBK) ga a'zo bo'ldi. 1947 yil 9 mayda infratuzilmani rekonstruktsiya qilish uchun 250 mln. AQSh dollari miqdorida birinchi XRTB kreditini olgan Ikkinchi jahon urushida vayron bo'lgan edi. Hozirda Jahon banki guruhini tashkil etuvchi beshta tashkilotning a'zosi hisoblanadi. Frantsiyalik hamkorlar bilan rivojlanish masalalari bo'yicha seminarlar va konferentsiyalarni tashkil etish, ommaviy axborot vositalari va parlament a'zolari savollariga va so'rovlariga javob berish, Fransiya fuqarolik jamiyati bilan Jahon Banki Guruhining siyosati bilan bog'liq maslahatlashuvlarni amalga oshirish orqali aloqalarni yo'lga qo'yadi.

E’TIBOR UCHUN RAHMAT!


Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə