Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi



Yüklə 87 Kb.
səhifə1/2
tarix19.06.2022
ölçüsü87 Kb.
#89755
  1   2
MERKANTELIZM IQTISODIY TA‟LIMOTI VA UNING MOHIYATI


Reja:
1.Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi.
2.Merkantilizmning predmeti va uslubi.
3.Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi.
4.Merkantilizmning tarixiy ahamiyati.
Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi. Natural-xo’jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabatlari tomonidan siqib chiqarilishi XVI-asrdan XVIII-asrgacha bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Bu davr merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italyancha «merkante» so’zidan kelib chiqqan – savdogar ma‘nosini anglatadi) birinchi ilmiy qarashlar tizimi hisoblanadi. Bu ta‘limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo’ldi. Avvalo feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo’lishi savdo-sotiqning rivojiga turtki bo’ldi.
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat harajatlarini himoya qildilar. Bir qancha asr davomida boylikning manbai, halq farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilik deb tushnilar edi. Lekin XV asrga kelib, natural xujalikning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi, Fan va madaniyatning yuksalishi, Yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Mana shu davrga kelib, Yevropadagi asosiy mamlakatlar merkantilizm siyosati ta‘sirida edilar. Merkantilistlar , millatlar xuddi savdogarlar singari foyda olish uchun bir-birlari bilan raqobat qilishlari kerak deb hisoblardilar. Xukumat eksportni qonunlar bilan qo’llab quvvatlashi, sanoatda ish haqi va resrslarga kam harajat qilishi kerak deb ta‘kidladilar. Shu usulda «qulay savdo balansiga» erishishi mumkin.
«Qulay savdo balansi» deb eksport importdan ortiq bo’lgan vaziyat tushunilar edi. Merkantilistlarning fikricha oltin va kumush zahirasining ko’payishi millat farovonligining o’lchovidir. Yevropadagi ko’pchilik mamlakatlar qulay savdo balansiga erishish uchun o’zga mamlakatlarni bosib olib, ular mustamlakalarni arzon ishchi kuchi va xom ashyo manbai hamda tayyor tovarlarni sotish uchun bozor deb hisoblar edilar. Masalan Angliyada Amerikadagi o’z koloniyalarida Navigatsiya to’g’risida qonun qabul qilingan edi. Bu qonun koloniyalarga qalpoq, jundan to’qilgan buyumlar, toblangan temir kabi tovarlar ishlab chiqarishni taqiqlab, Britaniya sanoatini himoya qilar edi. Qonunda Angliya xukumatidan boshqa birorta mamlakatga sotilishi mumkin bo’lmagan «alohida tovarlar» (asosan xom ashyo) ro’yxati bor edi
Merkantilizmning predmeti va uslubi. Merkantilizmning predmetida - ishlab chiqarishdan ajralgan holda muomila sohasini tahlil qildilar. Tadqiqot usuli sifatida iqtisodiy xodisalarning tashqi holatini ifoda etuvchi va iqtisodiyotni sistemali tahlil etishni inkor etuvchi, nazariyadan ko’ra Amaliy faoliyatga moyil bo’lgan - empirizm usulidan foydalandilar. Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash prinsiplari quyidagilardan iborat:
  • Har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; Mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta‘minlash maqsadida tashqi savdoni tartiblash;
  • Arzon xom ashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish;
  • Import tovarlarga proteksionistik tariflarni belgilash;
  • Bu siyosatni ayniqsa Angliya keng qo‗llagan (1/120, jumladan Ost-Indiya, Afrika).
  • Tayyor mahsulotlar eksportini rag‗batlantirish;
  • Pulning paydo bo‗lishini su‘niy ixtirosi natijasi deb hisoblab, pulning o‗zini boylik bildan bir narsa deb qaradilar;
  • Ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o‗sishi. («qashshoqlik va muhtojlik xalqni shunchalik aqlli va mehnatsevar qiladi», deydi T.Mann)

Demak, merkantilizmning asosiy doktrinasi aktiv savdo balansini yurgizishdan iborat edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar olishga urinilgan. Chet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan. Merkantilizm rivojida 2 davrni ajratish mumkin:
  • Ilk merkantilizm yoki monetarizm (15-16-asr o’rtalari).
  • Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura) (16-18-asr o‗rtalari).

  • Iqtisodiyot tarixida sanoatning 3 xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga qiladi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yo’llanma ishchi paydo bo’ladi (15 asr)).

Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi. Dastlabki merkantilizm 16-asrning o’rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari U.Stafford (Angliya), G.Skaruffi (Italiya) hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat tashqi savdoni qattiq tartiblab turish yo’li bilan mamlakatning pul boyligini ko’paytirishga qaratilgan edi (mamlakatning puli qancha ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilistlar quyidagi omillarni:
  • Eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o’rnatishni;
  • Tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
  • Mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslikni maqsadga muvofiq hisobladilar.

Keyingi merkantilizm 16-asrning ikkinchi yarmidan 18-asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrga kelib mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o’rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. Keyingi merkantilizmning asosiy vakillari ingliz Tomas Mann, Jon Lokk, R.Kantilon, fransiyalik Antuan Monkreten hisoblanadilar. Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – aktiv savdo balansiga erishishdir. (eksportning importdan ustun bo’lishidir).
Eksport va import o’rtasidagi farq – mamlakat boyligining o’sishidir. Real boylik – bu «o’lik pullar» yig’indisi emas, balki yangi pullarni, ya‘ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir. Keyingi merkantilizmning aktiv savdo balansiga erishish uchun bir qator tavsiyalari shulardan iborat edi: Tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo’li bilan egallash; Mamlakatda aktiv savdo balansini saqlab turgan holda tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari); Shu haqda yetuk ingliz merkantilist Tomas Men «agar mamlakatda pul muomalasi qattiq tartibga solinib turilsa, chetga monetani erkin chiqarilishini taqiqlansa, unda tashqi savdoni normal rivojlantirib bo’lmaydi» degan xulosaga keladi.
O’z navbatida, fransiyalik Antuan Monkreten(1576-1621) «Siyosiy iqtisod traktati» nomli asarida savdogarlarni ancha foydali toifa, deb hisoblaydi. U manufakturani rivojlantirishni, hunarmandchilik maktablarini tashkil etishni, mahsulotlar sifatini yaxshilashni va mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni tavsiya qildi.

Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə