Rivojlangan merkanizm 1 Merkanning asosi haqida



Yüklə 339,63 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü339,63 Kb.
#153067
  1   2   3
Rivojlangan merkanizm


Rivojlangan merkanizm
1 Merkanning asosi haqida
2. Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‘ziga xosli
3. keyingi rivojlangan (yetuk) merkantilizmning atoqli vakillarining asosiy g‘oyalarini


Merkanning asosi haqida
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, uning amaliy faoliyati uchun xizmat qiladi.
Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdan iborat. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‘llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qilishdi.

Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash prinsiplari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
– har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash;
– mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish;
– arzon xom-ashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni rag‘batlantirish;
– import qilinadigan sanoat tovarlariga proteksionistik tariflarni belgilash;
– eksportni, ayniqsa tayyor mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish;
– ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o‘sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi. Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinardi. Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‘zgardi. Avvalo, natural-xo‘jalik tuzumining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‘lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida-savdoning rolini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko‘p bo‘lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag‘batlantirish va jamiyat ishlarini qo‘llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek “qo‘shningni quritsang” go‘yoki millat boy bo‘ladi kabi noto‘g‘ri siyosat ilgari surilgan. Demak, merkantilizm bozor iqtisodiy munosabatlarining vujudga kelish davridagi birinchi iqtisodiy tafakkurlar maktabi sifatida bir qator nazariy-metodologik xususiyatlarga ega. Ularning mohiyati shunga kelib taqaldi, ya’ni merkantilistlar:
– tadqiqot predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasini tekshirishni afzal ko‘rishadi, buning ustiga ishlab chiqarish sohasidan ajralgan xolda;
– tadqiqot usuli sifatida asosan iqtisodiy hodisalarning tasodifiy yuzaki tashqi ko‘rinishini ifoda etishga olib keluvchi va iqtisodiyotning barcha sohalarini sistemali tarzda tahlil qilish imkoniyatini istisno etuvchi empirizm (nazariyadan ko‘ra amaliy faoliyatga ko‘proq moyil bo‘lish)dan foydalandilar
– pulning paydo bo‘lishini odamlarning sun’iy ixtirosi natijasi deb hisobladilar, pulning o‘zini esa boylik bilan bir narsa deb qaradilar;
– pul qiymati (qimmati)ning kelib chiqishini oltin va kumush pullarning “tabiiy xususiyati” va mamlakatdagi ularning miqdori bilan bog‘lab talqin qildilar;
– mehnat taklifining oshishini yuqori ish haqi bilan emas, balki past ish haqi zarurligi bilan bog‘lab ko‘rsatdilar;
– iqtisodiy o‘sishni davlatning tashqi savdoni tartiblashi va savdo balansida ijobiy saldoga erishish tufayli mamlakat pul boyligining ko‘payishi natijasi sifatida e’tirof etiladigan bo‘ldi. Shu bilan birga, merkantilistik maktabning bu va boshqa qoidalari iqtisodiy adabiyotda an’anaviy ravishda uning rivojlanishidagi ikki bosqich – dastlabki va rivojlangan bosqichlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi. Bunday bosqichlarga bo‘linish dastlabki va keyingi merkantilistlarning aktiv savdo balansiga erishish yo‘llarini har xil tushunganligi sababli kelib chiqadi.

Yüklə 339,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə