Rivojlangan merkanizm 1 Merkanning asosi haqida


keyingi rivojlangan (yetuk) merkantilizmning atoqli vakillarining asosiy g‘oyalarini



Yüklə 339,63 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü339,63 Kb.
#153067
1   2   3
Rivojlangan merkanizm

keyingi rivojlangan (yetuk) merkantilizmning atoqli vakillarining asosiy g‘oyalarini 
Angliyada yetuk merkantilizm Tomas Man (1571-1641) asarlarida ifoda etilgan. Manufaktura tizimining klassik vakili T. Man shu bilan birga o‘z davrining yirik kommersanti, Ost-Indiya kompaniyasi direktorlaridan biri bo‘lgan. Kompaniyani chetga moneta chiqargani uchun tanqid qiluvchilardan uning manfaatini himoya qilish maqsadida T.Man 1621 yilda “Angliyaning Ost-Indiya bilan bo‘lgan savdosi to‘g‘risida mulohaza” kitobini chop ettirdi.

Jan Batist Kolber
– Monetaristlar konsepsiyasiga savdo balansi nazariyasini qarshi qo‘ydi. T.Man 1630 yilda “Angliyaning tashqi savdodagi boyligi yoki boylikni tartibga solish sifatidagi tashqi savdo balansi” asarini yozadi. Unda muallif pul muomalasini qattiq tartibga solishning zararli ekanligini, chetga monetalarning erkin chiqarilishi kerakligini, uningsiz tashqi savdoni normal rivojlantirib bo‘lmasligini qayd etib o‘tadi. Unga ko‘ra: “Har yili xorijliklardan xarid qilgan summadan ko‘ra ularga ko‘proq sotish” qoidasini ta’minlash asosiy hisoblanadi. Faqat aktiv savdo balansi yordamida, uning fikriga ko‘ra, mamlakat ixtiyorida qoladigan va uning boyligini orttiradigan pulni chetdan jalb qilish mumkin. J. Lokk “boylik” to‘g‘risida T. Man bilan deyarli hamohang fikr yuritgan. Uningcha, boylik deganda faqat oltin va kumush miqdorining ko‘pligi emas, balki uning boshqa mamlakatlarga nisbatan ko‘p bo‘lishi ko‘zda tutilishi kerak. R. Kantilon, xuddi J. Lokk kabi, o‘zining “Savdo tabiati to‘g‘risida ocherk” (1775) kitobida “qo‘shni mamlakatlarga qaraganda muomalada ko‘p puli bo‘lgan har qanday davlat, ularga nisbatan ustunlikka ega”, deb qayd qilib o‘tgan.

Tomas Man
Fransiyada merkantilizmning asosiy vakili mashhur siyosiy iqtisod traktati” (1615) asarining muallifi Antuan Monkreten (1576-1621) bo‘lib, u savdogarlarni ancha foydali toifa, deb e’tirof etadi.
Savdoni kasb-hunarning bosh maqsadi sifatida tavsiflab, A.Monkreten pul boyligini ko‘paytirish yo‘llarini qidiradi, o‘z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. Uning asarlarida davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi jamg‘armaning, mamlakat xo‘jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaraladi. A.Monkreten manufakturani rivojlantirishni, hunarmandchilik maktablarini tashkil etishni, mahsulotlar sifatini yaxshilashni va mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qiladi. Xorijiy savdogarlarni u mamlakat boyligini surib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi Fransiya tashqi savdosini kengaytirishni ko‘zda tutadi. U nisbatan monetarizm g‘oyasini, shuningdek savdo balansi konsepsiyasini aks ettiradi.
Merkantilizm, uning vakillari ijodiy merosidagi ham ijobiy, ham salbiy unsurlar nuqtai nazaridan, iqtisodiy ta’limotlar tarixida o‘chmas iz qoldirdi.Birinchidan, merkantilistlar konsepsiyasi deyarli butunlay muomala sohasidagi xo‘jalik hayoti amaliyotiga qaratilgan! Shunday bo‘lsa-da, bu ularga ko‘plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy oborotga kiritish, savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini berdi. Lekin ularning iqtisodiyotning boshqa sohalariga bo‘lgan ta’siri doimo aynan bir xil bo‘lgan emas. Masalan, mamlakatning o‘z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul muhim vosita ekanligini to‘g‘ri tushuntirib bergan holda merkantilistlar milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e’tibor bermadilar. Bundan tashqari, ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan; “ixtiyoriy ishsizlik”ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi “yalqovlik” yoki “axloqiy buzuqlik” hisoblangan.Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining va Yevropada ancha rivojlangan mamlakatlar – Angliya va Fransiyada uning o‘rnini olgan klassik siyosiy iqtisodning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqardi. Xususan, Fransiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol proteksionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura tarmog‘i yaratildi. Ammo bir vaqtning o‘zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo‘li bilan fermer xo‘jaliklarining shakllanishiga to‘sqinlik qilindi. O‘sha davrdagi Fransiya ichki bozori, uning azaliy raqibi – Angliyaga nisbatan “torligi” oqibatda aynan shu vaziyatga bog‘lab tushuntirildi. Natijada fransuz merkantilizmi “kolbertizm” deb atala boshlandi, klassik siyosiy iqtisod doirasidagi o‘ziga xos fransuz maktabi esa “fiziokratizm” ta’limoti deb yuritildi. Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma’lumki, Fransiyaga nisbatan ancha “unumli” bo‘lgan. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasidagi bu mamlakatning proteksionizm siyosatidagi asosiy yutug‘i, odatda Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri – Tomas Man nomi bilan bog‘lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma’lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan bo‘lgan g‘oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o‘z aksini topdi. Bundan tashqari, Angliya XIX asrda ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantilistik chora-tadbirlarni, jumladan ichki va tashqi savdoda to‘la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi.


Yüklə 339,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə