Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti



Yüklə 99,57 Kb.
səhifə1/3
tarix01.10.2023
ölçüsü99,57 Kb.
#125183
  1   2   3
#14.4 Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti

Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti

  • Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti
  • Reja:
  • 1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o'rtalari). 2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o'rtalari).
  • Yangi ta'limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog'liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga qilinadi. Manufakturada esa kooperasiya yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo'ladi (XV asr). Fabrika to'g'risida esa quyida axborot beriladi. Merkantilizmning birinchi davri o'sha davr iborasi bilan aytganda monetar, ya'ni oltin va kumush pullar to'plash bilan bog'liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga urinilgan. Qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo'lishi mumkin).
  • Xaqiqatdan ham har qanday tadbirkorlik puldan boshlanadi va pul kapitalga aylanadi, chunki unga ishchilar yollanadi, qayta ishlash yoki sotish uchun tovarlar sotib olinadi. Uni amalga oshirish nihoyatda primitiv (sodda) yo'llar bilan amalga oshiriladi, bu ishlar odatda davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi bilan, ma'muriy yo'llar bilan bajarilgan. Bu jarayonda esa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha cheklangan bo'lib, rivojlangan merkantilizm tarafdorlari davlat aralashuvini tabiiy huquq tamoyillariga mos bo'lishini istaydilar. Qadimgi Sharqda paydo bo'lgan tabiiy huquq falsafasi antik dunyoda (Arastu va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa uyg'onish davrida yuksaldi. Bu huquqlar abstrakt «inson tabiati» va uning «tabiiy huquqlari»dan iborat deb qabul qilingan va ko'p hollarda O'rta asrdagi cherkov va dunyoviy (davlat) despotizmiga qarama-qarshi bo'lgan progressiv elementlardan iborat.
  • Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlarning tabiiy huquqlarini ta'minlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va xavfsizlik bor. Bu ta'limotning ijtimoiy ma'nosi shuki, davlat yangi jamiyat boyligi o'sishini ta'minlovchi sharoitni yaratishi va qo'llashi shart edi. Iqtisodiy ta'limotlarning tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o'tdi. Lekin bu aloqa mazmuni keyingi davrda ancha o'zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm, Angliyadagi Smit), chunki bu davrda burjuaziya davlat homiyligiga unchalik muhtoj emas edi, hatto u davlatning imkoni boricha iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo'lgan.
  • Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asrning ikkinchi yarmida paydo bo'ldi va XVII asrning o'rtalarida asosan Angliyada avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi
    Yüklə 99,57 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə