Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari


MARK TVEN


TOM SOYERNING
BOSHIDAN KECHIRGANLARI
Q i s s a
Toshkent
Yang asr avlodi”
2011


BIRINC HI BOB
TOM O'YNAYDI, URUSH-TO'POLON QILADI, YASHIRINADI

-Tom!
Hech kim javob bermadi.


-Tom!
Hech kim javob bermadi.
-Qayoqqa gumdon bo'ldi ekan, bu tirmizak?.. Tom!
Kampir ko'zoynagini burniga tushirib, uning ustidan butun uyni ko'zdan kechirib chiqdi; so'ngra ko'zoynagini peshonasiga ko'tarib qo'ydi-da, lining tagidan qaray boshladi. U, bolaga o'xshagan kichik bir narsani qidirishga to'g'ri kelganda, hech vaqt ko'zoynagi bilan qaramas edi, chunki bu - qalbidan sevgan birdan-bir takallufli ko'zoynagi bo'lib, u chinakam zaruratdan emas, balki «olifta» ko'rinish uchungina taqilar edi. Kampir pechkaning mo'risidan ham xuddi shu taxlitda mo'ralay olar edi. Dastlabki daqiqada u go'yo hovliqib qolganday bo'ldi va unchalik jahl bilan aytmasa ham qattiq ovoz bilan:
-Shoshma, qo'limga tushib qolarsan, men seni... - deb qo'ydi.
U so'zini aytib tugatmadi, chunki xuddi shu vaqtda engashib olib pol yuvadigan cho'tka bilan karavot tagini zo'r berib axtara boshlagani uchun nafasi tiqilib qolgan edi. U karavot tagidan mushuk bolasidan boshqa hech narsa topa olmadi.
-Qanday yarainas bola ekan-a! Bunday bolani umriinda ko'rmagan edim.
U lang ochiq turgan eshik yoniga keldi va ostonada to'xtab, bog'dagi bangidevona o'tlar hamda pomidor ko'chatlari orasidan Tomni sinchiklab qidira boshladi. Tom u yerda yo'q edi. Keyin yana bir marta qattiqroq tovush bilan:
- To-o-m! - deb qichqirdi.
Orqa tomonda bir narsa shitirladi. U qayrilib qararkan, endigina qochmoqchi bo'lib turgan bolaning yengidan mahkam ushlab oldi.

  • Ana, aytmadimmi! Men bir karra shu omborni qarashim kerak edi-ya! Hoy, sen bu yerda nhna qilib yurgan eding?

  • Hech narsa.

  • Hech narsa deysanmi? Qo'llaringni qara, og'zingni qara, nimaga bo'yab olgansan?

  • Bilmayman, xola!

  • Sen bilmasang, men bilaman! Murabbo yegansan, bildingmi! Men senga bu murabboga tegma, agar tekkunday bo'lsang, xipchin bilan savalayman, deb qirq marta aytgan edim. Qani, xipchinni menga berchi!

Xipchinning shipillagan ovozi havoni yorib o'tdi. Kaltak yeyish xavfi aniq edi.
- Voy, xola, ana uyoqqa qarang, orqangizda turgan narsa nima?
Kampir qo'rqqansimon orqasiga endigina qayrilib qaragan va xavfli balodan qutulish uchun, etagini yig'ishtira boshlagan ham ediki, bola lip etib qochdi-da, baland taxta devor ustidan oshib, yugurganicha ketdi.
Polli xola biroz hayron bo'lib turdi-da, keyin sekingina kulib qo'ydi.
- Obbo, tirmizagey! Nahotki men uning bunaqangi ishlarini shu choqqacha fahmlamasam-a? U meni ozmuncha ahmoq qijdimi? Ammo, ko'rinib turibdiki, qari odam barcha ahmoqlardau ham alimoqroq bo'lar ekan. Qari itni yangi qiliqlarga o'rgatib bo'hnaydi, degan so'z bejiz emas ekaii. Biroq Tomning qiliqlari ham har xil: hech qaysisi bir-biriga o'xshamaydi, shunday bo'lgandan keyin uning nima qilmoqchi bo'lib yurganini bilib bo'ladimi? U jahlim chiqqan choqda dumini xoda qiladi yoki qanday qiiib bo'lsa ham meni kuldiradi va shundan keyin butun g'azabim tarqaladi-yu, unga tirnog'inini ham tegiza olmayman. Men zimmamdagi vazifani bajara olmayapman, Xudo gunohimni kechirar. Bolani kaltaklaniagan odam uni halok qilishligi muqaddas kitobda aytilgan1.
Men uni sho'x o'stirganim uchun gunohkorinan axir; bulling uchun biz har ikkimiz ham jazolanajakmiz. Uning miyasi har xil yomon o'ylar bilan band ekanligini bilganim bilan nima qila olar edim? Axir u, rahmatlik singlimning o'g'li-da, shuning uchun uni kaltaklashga qo'lim borinaydi! Har doim men uning ta'zirini bermay, qochirib yuborganimda, vijdonan azoblanamanki, uni aytib ham berolmayman, agar uni jazolasam achinganimdan ko'nghm pora-pora bo'ladi. Kitobda to'g'ri aytilgan, odamzodning umri kalta va g'am-g'ussa bilan to'la. Xo'p, mayli! U bugun saboqdan qochib, maktabga bormadi: tushki ovqat vaqtidan kechgacha tentirab yuradi, ertaga esa unga jazo berishga - uni qiyin bir ishga o'tkazib qo'yishga to'g'ri keladi. Yakshanba kunlari, bolalarning hammasi bayram qilib o'ynab yurgan vaqtlarida, uni ishlashga majbur qilish - rahmsizlik bo'lar, lekin boshqacha iloj yo'q: uning yomon ko'rgan narsasi -ish. Axir, men qachon bo'lsa ham unga nisbatan o'z vazifamni ado qilishim zarur-ku, aks holda bu tirmizak butunlay buzilib ketadi.
Tom chindan ham kun bo'yi shataloq otib o’yiiab yurdi va vaqtini juda xushchaqchaqlik bilan o'tkazdi. U xizmatkor negr bolasi Jimga ertangi kun uchun o'tin arralab, tutantiriqlar tayyorlab qo'yish ishiga yordamlashishi yoki (aniqroq qilib aytganda) Jimga o'zining boshidan kechirganlarini so'zlab berishi kerakligi uchungina uyga qaytib kelgan edi. Tomning ukasi Sid (o'gay ukasi) u kelgan vaqtda o'z ishlarini bitirib qo'ygan edi (unga tarasha va payralialar to'plab qo'yish buyurilgan edi), chunki u itoatli, kattalar oldida hech vaqt sho'xlik qilmaydigan bir bola edi.
Tom o'zining kechki ovqatini yer va bir bo'lak qand o'g'irlab olish uchun payt poylab o'tirar ekan, Polli xola, Tom o'z og'zidan ilinib, qilgan ishlarini aytib berarmikan, degan umidda unga dudmol savolar berar edi. Ko'p soddadil kishilarga o'xshab, u ham hech mag'rurlanmasdan o'zini juda hiylakor bir ayol hisoblardi va o'zining eng sodda maqsadlarini ham o'taketgan hiylakorlik, deb sanar edi.

  • Tom deyman, - dedi u, - bugun maktab juda isib ketgan bo'lsa kerak, shunday emasmi?

  • Ha, xola, ancha issiq bo'ldi. Rostdan ham isib ketdimi?

  • Ha, xola juda isib ketdi.

- Daryoda cho'milging kelgandir-a, Tom?
Tomning ko'nglida shubha paydo bo'ldi. U diqqat bilan Polli xolaning yuziga tikildi, lekin uning yuzlaridan hech narsa anglayolmadi. Tom esa javob berdi:
- Yo'q, xola, cho'milgim kelmadi.
Kampir qo'lini cho'zib, Tomning ko'ylagini ushlab ko'rdi.
- Harholda, - dedi kampir, - unchalik terlamabsan.
Kampir o'z nazarida Tomning ko'ylagi quruqligini qanday ustalik bilan bila olganiga va o'z miyasida nimalar borligi to'g'risida hech kim hech narsani xayoliga ham keltirmaganligiga mag'rurlanar edi. Biroq Tom shamolning qaysi tomonga qarab esayotganini payqagan edi. U bundan keyingi so'roqlarning oldini olib:
- Maktabimizdagi bolalarning hammasi salqinlanish uchun boshlarini suvga tiqib oldilar. Ko'rdingizmi, shuning uchun ham sochlarim hahgacha ho'l, - dedi.
Polli xola ranjigan edi: qanday qihb u, shundoqqina aybini fosh qihb turgan dalilni qo'ldan berib qo'ydi? Biroq shu zamon uning miyasiga yangi bir fikr keldi.
- Tom, boshingni ho'Uash uchun, yoqangdagi men tikib qo'ygan yerni so'kishga to'g'ri kelmadimi, axir?
Qani, yoqangni ko'rsatchi?
Tomning yuzidagi qo'rquv yo'qoldi. U nimchasining tugmalarini yechdi. Ko'ylagining yoqasi mahkam tikilganicha turar edi.
- Ha, yaxshi, barakalla! Men seni maktabga bormay, cho'milib yurgandirsan, deb o'ylagan edim. Sen mug'ombir bo'lsangham, ba'zan o'ylagandan ham yaxshi
bola bo'lib ketasanki, asti qo'yaver.
Polli xola o'zining hiylalari chippakka chiqqanligidan juda xafa bo'lsa hamki, ayni zamonda Tomning shu kundan boshlab gapga kiradigan bo'lib qolganligi uchun juda xursand edi.
Shu orada Sid oraga suquldi.
- Agar men yanglishmasam, - dedi u, - siz uning yoqasini oq ip bilan tikkan edingiz, hozir esa undan qora ip ko'rinadi.
- Ha, aytgandek, men oq ip bilan tikkan edim-a, Tom!
Biroq, Tom bu so'zning oxirigacha tinglab o'tirmadi, hp etib qochib, chiqib qichqirdi:
- Sid, ha sanimi, bu qilgan ishing uchun mendan ko'radiganingni ko'rasan!
Tom bir pana yerga bekinib ohb, nimchasining yoqasi ostiga qadab qo'yilgan va ip taqilgan ikkita katta ignani ko'zdan kechirdi. Ignaning biridan oq ip, ikkincbisidan esa qora ip o'tkazilgan edi.
- Shu Sid bo'lmasa, xolam ham payqamas edi. Ha shayton, u axir har xil ip bilan tikadida, goho oq ip bilan, goho qora ip bilan, uning qanday ip bilan tikkani esimda turadimi? Koshki u bir xil ip bilan tiksa!.. Harholda bu qilgan ishi uchun Sidning ta'zirini beramana!
Tom, ibrat bo'ladigan odobli bola emas edi. Ammo kim ibratli bola ekanligini u yaxshi bilar va undaylarni ko'ra olmas edi.
Oradan ikki daqiqa o'tar-o'tmas, u, o'zining butun xafachiliklarini unutib yubordi. Bu xafachiliklar odatda katta kishilami qiynaydigan xafachiliklarga qaraganda og'ir bo'lgani uchun emas, balki xuddi shu daqiqada uning boshiga katta qayg'u tushib, xafachiliklarni siqib chiqargani uchundir. Katta kishilar biror narsa bilan qiziqsalar, ular ham shuningdek xafachiliklarni unutib yuboradilar.
Tomni hozirgi vaqtda ko'rkam bir ish qiziqtira boshladi. U o'ziga tanish bo'lgan bir negrdan g'alati qilib hushtak chalishni o'rgandi, shu ish ustida bemalol mashq qilishni xohlar edi. Negr qush ovoziga o'xshatib hushtak chalar va u juda g'alati chiqar edi. Buning uchun tilni tanglayga tez-tez tegizib olish kerak edi.
U ko'chada quvonib, shaxdam qadamlar bilan gurs-gurs yurib borar edi. Og'zini to'latib-toiatib yoqimli, ohangdor hushtaklar chalar va qalbi minnatdorchilik bilan to'la edi. U o'zini, osmonda yangi sayyora kashf etgan astronom kabi his qilar, ammo uning quvonchi o'ziga xos edi.
Yoz kunlarining kechki paytlari ancha uzoq bo'ladi. Hah kun yorug' edi. Tom birdan hushtagini to'xtatdi. Uning oldida o'zidan kattaroq, begona bir bola turar edi. Kichkina, qashshoq shaharcha - Sankt- Peterburgda2 paydo bo'lgan har bir yoshdagi yangi odam Tomni qiziqtirar edi. Buning ustiga bola bayram bo'lmasayam yaxshigina kiyingan! Mana shu ahvol kishini juda ham hayron qoldirardi-da! Uning bosbida chiroylik qalpoqcha, ustidagi ko'k inovutdan tikilgan nimchasi ham shimiga o'xshab qaddi-qomatiga juda kelishgan, butun tugmalari qadalgan, yap-yangi va ozoda edi. Oyoqlariga chiroylikkina kavush kiygan. Hattoki bo'yniga och rang lentadan galstuk ham taqib olgan. Umuman shaharning olifta yigitlariga xos qiyofasi bilan Tomning g'ashini keltirar edi. Tom bu ajoyib qiyofali bolaga qancha tikilib qarasa, u shuncha tumshug'ini yuqoriroq ko'tarar va uning ustidagi kiyimlarini mensimagandek bo'lardi, Tomga esa o'zining kiyimlari avvalgisidan ham eskiroq ko'rinar edi. Ikkalasi ham bir-birlariga churq etishmay turaverdilar. Biroq ularning biri bir qadam siljishi bilan, ikkinchisi ham uning yon tomoniga bir qadam qo'zg'alib qo'yar edi. Shu zaylda ular, bir-birlarining ko'zlariga tikilishib, yuzma-yuz turaverdilar. Nihoyat, Tom:

  • Olishsam, seni urib tashlayman, - dedi.

  • Qani, urib ko'r-chi!

  • Nima qilar eding, uraman!

  • Urib bo'psan!

  • Uraman!

  • Yo'q, urolmaysan!

  • Yo'q, uraman!

  • Yo'q, urolmaysan!

2 Amerikaliklar o'zlarining kichik snaharchalarini poytaxtlarning ulug' nomlari bilan atashni yaxshi korardilar. Ularda bir necha Parij, uch-to'rtta Quddus, Stambui bor va hokazo. Bu kitobda tasvir etilgan shaharchani ular o'sha vaqtdagi Rusiya poytaxtining nonii bilan ataganlar.

Ular o'rtasidan bir nafas g'arazli jimjitlik hukm surdi. Nihoyat Tom:



  • Sening oting nima? - deb so'radi.

  • Isbing nima?

Shosbmay tur, men senga ko'rsatib qo'yaman!

  • Kuching yetsa, nimaga qarab turibsan?

  • Yana ikki og'iz so'z aytib ko'rchi, adabingni berib qo'yaman.

  • Ikki og'iz so'z! Ikki og'iz so'z! Ikki og'iz so'z! Ana aytdim! Xo'sh?

  • Ajab chaqqon ekansanmi! Agar men seni urishni xohlasam, qo'limning bittasini orqamga bog'lab qo'yib, bitta qo'lim bilanoq urib tashlar edim.

  • Xo'sb, nega endi urmaysan?

  • Shunday qilib g'ashimga tegaversang, albatta uraman-da!

  • Eh-e-e! Sendaylarning ko'pini ko'rganmiz!

  • Oliftagarcbiliging bilan juda katta kisni bo'lib ketdim, deb o'ylaysanmi? Qalpog'ingni qara-yu!

  • Qani, kucbing yetsa shu qalpog'imni boshimdan urib tushirchi? Keyin mendan ta'ziringni yeysan...

  • Yolg'on aytasan!

  • O'zing yolg'onchisan!

  • Po'pisa qilisbdan boshqani bilmaysan, o'zing esa qo'rqoqsan!

  • Ha, yaxshi, jo'na, jo'nab qol!

  • Hoy, menga qara: agar sen yana g'ashimga tegsang, kallangni uzib tashlayman.

  • Ohho, kallamni uzib bo'psan!

  • Albatta uzib tashlayman!

  • Qani, uzib tashlay qol, nimani kutib turibsan? Do'q qilasan-u, qo'lingdan hech narsa kelmaydi, bundan chiqdi qo'rqoq ekansan-da!

  • Qo'rqish xayolimda ham yo'q!

  • Yo'q, qo'rqoqsan!

  • Yo'q, qo'rqmayman.

  • Qo'rqasan!

Yana jimjitlik hukm surdi. Bolalar bir-birlari atrofida aylanishib, yana bir-birlariga qaray boshladilar.
Nihoyat, bir-birlariga juda yaqinlashib, yelkama-elka kelib turdilar.

  • Yo'qol bu yerdan! - dcdi Tom.

  • O'zing yo'qol!

  • Men ketmayman.

  • Men ham ketmayman!

Shunday qilib, ular yuzma-yuz turishdi; har birlarining oyoqlari orasidagi oraliq bir xil burchak tashkil qildi. Ular bir-birlariga g'azab bilan tikilishib, kuchlari boricha olisha ketdilar. Lekin ikkovlari ham bir-birlarini yenga olmadilar. Ular shunchalik uzoq mushtlashdilarki, yuzlari o't kabi yonib, qip-qizarib ketdi. Garchi ularning har biri xezlanib tursa hamki, endi ular biroz hovurlaridan tushdilar, shu paytda Tom:

  • Sen qo'rqoq laycha kuchuksan. Qarab tur hah akam kelsa chaqaman. U seni bitta jimjilog'i bilan yerga yotqizib, sulaytirib qo'ya qoladi, - dedi.

  • Sening akangdan qo'rqadigan yerim yo'q! Mening ham akam bor, u sening akangdan ham kattaroq. Akangni hov anavi devorning naryog'iga uloqtirib yubora oladi.

Haqiqatda esa har ikkovining ham akasi yo'q edi.
- Yolg'on aytasan!
- Sen yolg'on deganing bilan yolg'on bo'laveradimi?
Tom oyog'ining boshmaldog'i bilan tuproq ustini chizib qo'ydi-da:
- Seni shu chiziqdan o'tkazmayman, agar o'tsang, shunday do'pposlaymanki, o'rningdan turolmay qolasan, - dedi.
Begona bola shu paytning o'zidayoq chiziqdan o'tishga shoshildi va:

  • Qani, qanday qilib meni do'pposlar ekansan! - dedi.

  • Yo'qol! Ko'p yopishaverma, deyman!

  • Seni do'pposlayman, deb maqtangan o'zing-ku! Nega endi urmaysan?

  • Urishim aniq. Urolmaydi deysanmi? Ikki sent bersang uraman-da!

Begona bola cho'ntagidan ikkita chaqa olib, kulimsirab Tomga uzatdi.
Tom uning qo'lidagi chaqalarni bir urib, yerga tushirib yubordi. Bir damda ikkala bola mushuk singari yerda ag'anadilar. Ular bir-birlarining sochlaridan, nimcha va shimlaridan tortishar hamda chang-tuproqqa belanishib bir-birlarining burunlarini chimchilashar, tirnashar edilar. Nihoyat shu xil urushto'palon ichida o'z dushinanining ustiga minib olib, uni do'pposlayotgan Tomning gavdasi ko'rindi, Tom:
- Qalay, endi bo'ldimi?
Bola qanchalik chiransa ham, undan o'zini ajrata olmas va ko'proq kuchsizligidan achchig'lanib, tovushining boricha baqirardi.
- Qalay, ta'ziringni yedingmi? Mana senga! Mana senga! - Tom mushtlashda davom etar edi. – Tovba qildim de, yaramas bola!
Nihoyat, begona bolaning bo'g'iq tovush bilan qo'yib yubor» degan ovozi eshitildi. Tom uni qo'yib yuborar ekan:
- Bu senga saboq bo'lsin, bundan keyin sinamaganga
tega ko'rma! - dedi.
Begona bola o'rnidan turarkan, ustidagi changlarini qoqdi va ho'ngrab, burnini tortib, o'z yo'liga qarab ketdi; u yo'1-yo'lakay dam-badam orqasiga burilib, boshini qimirlatib qo'yar va Tomga qarab: «Bir kun qo'limga tushib qolarsan», deb do'q qilar edi. Tom esa uni masxara qilib kularkan, o'zining g'alabasidan xursand bo'lib, uyiga qarab jo'nadi.
Biroq u yo'liga qayrilib ulgurmagan ham ediki, haligi begona bola bir tosh bilan uning yelkasiga tushirdi-da, o'zi kiyikdek sakrab-sakrab qochib ketdi. Tom uning izidan tushib, uyigacha quvlab bordi va uning uyini ko'rib oldi. U o'z dushmanini qaytadan urushga chaqirib, eshigining og'zida ancha vaqt qarab turdi, lekin dushmani derazadan aft-basharasini burishtirib masxara qildi va uning oldiga chiqishni istamadi. Nihoyat, dushmanining onasi chiqib, Tomni axloqsiz, yaramas bola deb qarg'ab, tezlikda bu yerdan ketishini buyurdi. Tom ketmoqchi bo'ldi, ammo ketish oldida uni poylab yurishini bildirdi.
U uyiga juda kech qaytib keldi; tovush chiqarmaslik uchun, sekingina derazaga chiqdi. Lekin deraza tagida uni xolasi poylab turgan ekan. Xolasi uning ustboshlarini ko'rar ekan, bayram kuni qamab qo'yish to'g'risida qattiq qarorga keldi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə