Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


KELAJAKDAGI BOTIR QAROQCHI



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə9/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

SAKKIZINCHI BOB
KELAJAKDAGI BOTIR QAROQCHI

Tom egri-bugri yo'llar bilan goh o'nga va goh so'lga burilib, uyga qaytadigan yo'lni aiicba orqada qoldirib ketdi. Shundaii keyin u bir tekis, chaqqon qadamlar bilan yurib ketdi. U yo'l ustidagi suvni ikki-uch marta u yoqdan-bu yoqqa kechib o’tdi, chunki unda suvdan kechib o'tganda o'z izlarini yo'qotib, ketlaridan quvib kelayotganlarni adashtirish ishonchi bor. Yarim soatdan keyin u Kardif tog'ining tepasida turgan Duglas degan tul xotinning qo'rg'oni yoniga yetib bordi, u yerga chiqqanida pastlikda qolgan vodiydagi maktab bmosi zo'rg'a ko'rinib turar edi. Tom qalin o'rinoiining juda ichkari tomonlariga kirib borib, yo'lsiz yerlardan yura-yura uning eng qalin yerlariga yetib bordi va shoxlari osilib tusbgaii bir katta balut daraxtining tagidagi yo'sin o'simligining ustiga o'tirib dam olmoqchi bo'ldi. Bu yerda shamoldan asar ham yo'q edi. Tush vaqtidagi jazirama issiqda qushlar ham sayrashdan to'xtagan edilar. Tabiat uyquga cho'mgan, uning uyqusini faqat qizilishtonning har zamon-har zamonda daraxtlarni «to'q-to'q» qilib cho'qigan tovushigina buzar edi. Bu ovoz atrofdagi sukunatni yana zo'raytirar, bola ham o'zining makonsizligini yana ko'proq sezardi. Uning ko'ngli g'am bilan to'lgan; uning barcha hissiyotlari, atrofini o'rab olgan tabiat bilan tamoman mos kelar edi. U tirsaklarim tizzasiga tirab, qo'llari bilan jag'iga suyangan holda anchagacha o'ylanib o'tirdi. Kishuung hayoti unga qayg’u va tashvishlardangina iborat bo'lib tuyular va u yaqinda dunyodan o'tgan Jinmn. Gojesdek o'lib ketishni orzu qilar edi. U xayolida, qabr ichida abadiy qo'zg'almay, daraxt barglarining mayin shitirlashlarini, qabr ustidagi maysa o't va gullarning tebranishlarini sezib va hech vaqt hech bir narsadan achchig'lanmay, xafa bo'lmay yotishning qanday rohat ekani to'g'risida o'ylar edi. Agarda yakshanba kungi maktabda yaxshi baho olgan bo'lsa, balki o'zi hain o'lib ketishni xohlar edi... Misol uchun mana shu qizni olsak, qani, bu unga niina yomonlik qildi? Hech narsa qilgani yo'q-ku! Qizga yaxshilik tilar, qiz esa uni go'yo bir it - xuddi bir it qatorida quvlab yubordi. U qachon bo'lsa ham o'zining shu qilgan ishlari uchun o'kinar, balki o'kinishning keyin hech bir foydasi bo'lmas. Oh, vaqtincha o'lib, qayta tirilish inumkin bo'lsa koshki edi!


Bolalikda kishining ko'ngli muloyim bo'ladi. Qancha xafa bo'lsang ham tezda tarqalib ketadi. Tomni shu yerdagi fikrlar chulg'ab oldi. Agarda u hozir boshi oqqan tomonga ketib, hamma uchun yashirin holda butunlay yo'qolib ketsa nima bo'ladi? Yo bo'lmasa, shu vaqt dengizlardan nariga, uzoq-uzoq joylarga, kishi oyoq bosmagan yurtlarga ketib qolsa va u yerlardan o'z vataniga hech qaytib kelniasa nima bo'ladi? Shunday qilganida Bekkining holi nima kechardi?.. U o'zida bir zamonlar masxaraboz bo'lish orzulari jo'sh urganini xotirladi, lekin hozir u fikrdan qaytdi, chunki uning ko'ngli ulkan romantik yuksakliklarga ko'tarilib turgan bir zamonda, olabayroq cholvorlar kiyib masxarabozlik qilib yurishi uning o'ziga ham jirkanch ko'rindi. Yo'q, u endi soldatlikka ketadi, ko'p yillar o'tgandan keyin yarador bo'lib, ancha shuhrat qozonib qaytib keladi. Yoki, undan ham yaxshisi hindilar oldiga o'tib ketib, ular bilan tog' yo’llari orqali kishi yurib bo'lmas tikka jarlarga o'rmalab chiqsa, tog' ho'kizlarini ovlab, hech qanday oyoq izi tushmagan uzoq g'arbning tekis yerlarida tentirab yursa va shu tariqa ko'p zamonlar yurib. oradan ko'p vaqtlar o'tgandan keyin hamma yog'i qonga bo'yalgan, butun vujudi patlar bilan bezalgan holda dahshatli ulug' bir boshliq bo'lib o'z uyiga qaytib kelsa, jimjit bir yoz tonggida harbiy unvon egasi bo'lib, to'ppa-to'g'ri yakshanba kungi maktab binosiga kirib kelsa, u vaqtda uni ko'rganlarning tomirlaridagi qonlarigacha qotib qolar, barcha o'rtoqlari hayron qolishib, rashklari kelar edi.
Yo'q, dunyoda bundan ham yaxshiroq kasb bor! U dengizda yurib, har kimlarni talovchi qaroqchi bo'ladi. Endi u o'z ko'zi oldida tasavvur etib bo'lmaydigan shuhrat bilan yoritilgan kelajagini ochiq ko'rdi. Uning shuhrati butun dunyoda yangraydi. Uning nomini eshitganda, xalq larzaga keladigan bo'ladi. U o'ziga maxsus « o'r n iblisi». degan bir kema yasab olib, uzun xoda uchiga qora bayroqlarni osib qo'yadi.
Shu tariqa u o'z shuhratining eng baland cho'qqisini egallab, birdan o'zining tug'ihb o'sgan shahrida, cherkovda qop-qora kiyimlarga o'ralgan, quyosh ta'sirida qorayib ketgan, egnida barqut kamzul va shim, oyog'ida uzun qo'njli etik, yelkasidan qizil tasma o'tkazilgan, belbog'ining orqa tomonida to'pponcha, yonida zang bosib ketgan pichoq, boshida patlar taqilgan qalpoq, qo'bga bir qora bayroq tutib olgan va u qora bayroqda esa kishi kallasining suyagi va yana ikki dona uzun suyakni bir-biriga ko'ndalang o'rnatib rasmi sohb qo'yilgan holda paydo bo'lsa, shunda atrofdagilar hammasi: «Bu kishi Tom Soyer, qaroqchi! Ispan dengizlarida yuruvclii Qora Intiqomchi!» deb so'zlashadilar.
Bo'ldi, masala hal! Uning topgan yo'li shu. U ertadan qolmay uydan qochib ketadi. Ertalabgacha tayyor bo'lish uchun hozirdanoq harakat qilish kerak. Qani, ko'raylik-chi, unda nimalar bor ekan.
Shu o'rtada bir chirib qolgan daraxt to'ngagi bor edi. Tom o'sha to'ngak yoniga borib uning chap yonidan qalamtarosh bilan chuqilay boshlagan edi, ko'p o'tmay pichoqning yerga tekkan tovushidan uning tagi bo'shliq ekanini payqadi. U kovakka qo'lini tiqar ekan, tantanali ravishda:
- Bor narsa shunda qol, yo'q narsa paydo bo'l! - deb baqirdi.
Tom o'sha chuqur ichidan tozagina qarag'ay taxtadan qilmgan quticha oldi. Uning ichida bir marmar toshdaii qilingan soqqa bor edi. Tom cheksiz taajjubda qoldi. U hayron bo'lib, boshining orqa tomonini qashib turar ekan:
- Bu o'zi bir karomat-ku! - der edi.
So'ngra u xafa bo'lib, tosh soqqani nariga turtib yubordi-da xayol surib ketdi. Masala sbundaki, u o'z o'rtoqlari bilan bir narsani chin haqiqat deb o'ylagan-u, lekin aldangan. Bularning awalgi ishonchlari shunday bo'lganki, agar siz ma'lum so'zlarni aytib, bir soqqani bir yerga ko'mib qo'ysangiz va ikki hafta davomida unga tegmasangiz, shundan keyin Tom aytgandek so'zlarni aytib o'sha yerni ochsangiz, siz o'zingizning bundan ilgari yo'qotgan soqqalaringiznmg hammasini topasiz va ular dastlab bir-birlaridan qancha uzoqqa tushgan bo'lsa ham siz ularni albatta xuddi shu yerdan topasiz, deb ishonar edilar. Biroq bu tajriba shubhasiz muvaffaqiyat qozonmadi va Tomning bunga bo'lgan ishonchlari ham butunlay yo'qolib ketdi. U bundan ilgari ham shunday ishlarni juda ko'p eshitgan, lekin bu tariqa muvaffaqiyatsiz bo'lib chiqishmi hech vaqt ko'rgan va eshitgan emas edi. lining o'zi ham shu ishni bir necha marta qilib ko'rgan, lekin u qo'ygan yerini mo’ljallab topa olgan emas, u endi bularni esidan chiqargan edi. Ko'p o'ylanib turgandan keyin, bu albatta biror ajinaning ishi bo'lsa kerak, degan qarorga keldi. Biroq buni qat'iy ravishda bilib olish maqsadida bir toza qumloq yerga borib, voronka shaklidagi bir chuqurcha yerni topib oldi-da, o'sha chuqurchaga og'zini qo'yib:

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə