Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə17/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

O'N TO'RTINCHl BOB
LI QAROQCHILAR LAGERI

Tom ertalab uyqudan uyg'onar ekan, o'zinhig qayerda ekanini darhol payqab ololmadi.


U o'rnidan turib o'tirib, ko'zlarini uqalab va atrofini kuzatib chiqqandan keyingina payqadi. Salqin va ko'kimtir g'ira-shira tong yorishib kelmoqda. O'rmonning haddan tashqan sukunati kishini shod va iiiamnim etuvchi hissiyotini tevarak atrofga tarqatar edi. Birorta yaproq ham tebranmas, tabiatning buyuk o'ylarini birorta tovush ham buzmas edi. Daraxt yaproqlari va yerdagi maysa o'tlarga tushgan shabnam tomchilari marvariddek yarqirab ttirardi. Kechqurun yoqilgan olov oppoq kul qatlamlari ostida dimlanib qojib, faqat ko'kimtir tutunning ingichka tolasigina buralib-buralib havoga ko'tarilar edi. Jo bilan Gek hah uxlab yotardiiar. Uzoqlardan, o'rmonning eng ichkari tomonlaridan qushjar tovushi eshitila boshladi. G'ira-shira tong yorishib, atrofdagi narsalar aniqroq ko'rina boshlagan sayin. tevarak-atroflarda tovnshlar ko'payib, hayot uyg'onib kelar edi. Tabiatning ajoyib manzaralari o'z yelkaiaridan uyqnni olib tashJab, ishga tutinganlari holda, xayol daryosiga cho'mib o'tiruvchi bu boianing ko'z oldidan birma-bir o'tib bormoqda edi.
Qirov tushib, nam bo'lgan yaproqJar ustidan yashii barg qurti o'rmaJab keJar edi. Vaqt-vaqti bilan u tanasining uchdan ikki qismin ko'tarib atrofga qaraganday bo'lar, keyin yana o'rmalashda davom etar edi. Shu vaqt uni ko'rgan Tom: «Xuddi bichiqchilardek o'lchov olayotir-a?» dedi. Qurt uning oldiga yaqnlashganda toshdek qotib qoldi. Qurt o'z tomoniga kelayotganiga yoki boshqa yo'l bilan ketishni mo'ljallayotganiga qarab, Tomning ko'nglida goh umid tug'ular, goh yo'qolar edi. Nihoyat, barg qurti bir necha vaqtlargacha gavdasini yuqori ko'targanicha o'ylanib turgandan keyin, Tomning oyog'idan o'rmalab chiqib, tanasida sayohat qilib, yura boshladi; buni ko'rgan Tom juda sevinib ketdi. Negaki bu unda yangi kiyim bo'lishi va u kiyim albatta juda go'zal, qaroqchilar- kiyadigan kiyim bo'lishidan dalolat edi.
Qayerdandir bir gala chumolilar paydo bo'lib, hammalari birdan ishga kirishdilar. Ulardan biri o'zidan besh marta katta va o'lgan bir o'rgimchakni sudrab, darhol kavagiga olib kirib ketishga muvaffaq bo'ldi.
Tanasining hammasi xol-xol bo'lgan kichkina qo'ng'izcha baland bir o'tning uchiga chiqib o'tirdi. Tom uning vistiga engashib, shunday der edi:
Ay qo'ng'izcha, qo'ng'izcha, uyingga tez uch, -
Uyingga o'i kctibdi, bolalaringni quch!
Uning shu so'zlari bilan qo'ng'izcha ham bolalaridan xabar olish uchnn uyiga qarab uchib ketdi. Bu ish bolani ajablantirmadi, chunki qong'izchaning har bir narsaga tezgina ishona berishini allaqachonlar bilar va uning soddaligidan foydalanib, uni ko'p aldagan edi.
Undan keyin yumaloq gavdasini zo'rg'a sudrab go'ng qo'ng'izi keldi. Uning oyoqlarini tanasiga siqib, o'zini o'likka solib yotishini ko'rish uchun Tom unga bir tegib qo'ydi.
Shu orada qushlar dahshatli bir shovqin ko'tardilar. Yevropa qirg'iylari va Amerika qirg'iylari daraxt shoxiga qo'nib, yerdagi qo'shnilarini masxara qilib, xandon ura boshladilar. Ko'm-ko'k uchqun kabi bir tusda havodan sershovqin boyo'g'li ham uchib o'tib, Tomga xuddi qo'lini cho'zsa yetarli darajada daraxt shoxiga qo'ndida, boshini bir yonboshiga qiyshaytirgani holda yangi kelgindilarga qaray boshladi. Bir ko'k olmaxon bilan undan kattaroq bir tulki jinsidan bir hayvon ikkalasi yugurganicha o'tib ketishdi. Bu hayvon har zamonda to'xtab, kutihnagan mehmonlarga tikilib qarab qo'yar edi. Bu hayvoiuar, aftidan, bundan avval hech bir kishi zotini ko'rmagan bo'lib, bulardan qo'rqish-qo'rqmasliklarmi ham bilmay turishardi.
Butun tabiat uyg'ongan edi. Quyosh nurlari qalin yaproqlar orasidan o'qdek teshib o'tgan, havoda uncha-muncha kapalaklar ham paydo bo'lgan edi. Tom yonidagi sheriklarini ham qo'zg'atdi-da. sliundan ikki minut o'tar-o'tmas ular oppoq quinlar ustida sho'xlik qilib, bir-birlarini itarib-turtib. quvlashib o'ynay boshladilar. Suvning narigi tomonida hali uyquda yotgan shaharcha bularni o'ziga jalb qilmas edi. Tasodifiy ravishda kelib qolgan suv to'lqini ularning solini oqizib ketdi, biroq bolalar buning uchun g'am yemadilar, balki shodlandilar. Buning ma'nosi go’yo o'zlari bilan shahar o'rtasida turgan ko'prikni yondirib yuborishdek gap edi.
Ular lagerga qaytib kelganlarida, o'zlarini juda tiniqqan, shod va sog'lom his qildilar, lekin qorinlari juda och edi. Hademay qaroqchilar olovi yana gunillab yona boshladi. Gek shu yaqin o'rtadan toza sovuq suv topdi, bolalar katta-katta email va yong'oq barglaridan idish qilib oldilar-da: -Shunday tog'li yerlarda, jimjitlik va salqin havo orasida bo'lgan suv qahva o'rnida o'tadi» degan qarorga keldilar. Jo nonushtaga go'sht kesib tayyorlashga urina boshlagan edi, biroq Tom bdan Gek uni to'xtatdilar. Ular suv bo'yidan bir holi tinch yer topib, qarmoq tashlagan edilar. Ovlari uzoq kutdirmadi. Ular qo'llarida ancha baliqni ko'tarib kelib qoldilar. Ular baliqlarni go'shtga qo'shib qovurib olar ekanlar, taaijubda qoldilar. Chunki baliqning bunchalik shirin bo'lishini haligacha tatib ko'rmagan edilar. Daryo balig'ini tutib keliboq qovurilsa, yaxshi bo'lishligini bular bilmas edilar, shu bilan birga ochiq havoda uxlash, yugurib o'ynash, cho'milish. ayniqsa, och qolishdan keyin ovqatniug qanday mazalik bo'lishhii ham endi bildilar.
Nonushtadan keyin Gek chilim chekib olgunicha, ular soyada yonboshlab yotdilar-da keyhi hammalari birga razvedkaga chiqib ketdilar. Ular sho'xlik bilaii dam-badam chirik to'ngaklar ustidan sakiray-sakray, qalin chakalakzorlarni oralab, boshidan-oyog'igacha yovvoyi tok novdalari bilan o'ralib ketgan daraxt shoxlari orasidan yurib borar edilar. Vaqt-vaqti bilan ko'm-ko'k gilam to'shalgandek maysazor va atrofi bebaho gullar bilaii to'lgan yerlarni ham uchratar edilar.
Ular soat sayiii cho'milishar, shuning uchun lagerga tushdan keyingina qaytib keldilar. Och qolib kelgan edilar, shuniiig uchun yana qarmoq solib o'tirmadilar, yaxna go’shit bilan ovqatlanib oldilar-da, keyin yana qaytadan soyada ag’nashib, so’zlashib yotdilar. Biroq bularning suhbatlari bo'lina-bo’lina, ha demay jimib qoldilar. O'rnioiming tantanali sukunati, yolg'izlik, kishilardan ajralib turish hissiyoti, bularning hanimasi - bolalarga o'z ta'siriui bildira boshladi. Ular o’ylanib qoldilar. Ularning ko’ngillarida qandaydir bir g'amginlik, uylarini sog’inish hissiyoti tug'da boshladi. Hatto Qonli Qo'l Finga nima? O'sha ham o’ziga tanish eshik oldilari va bo'sh yotgan bochkalarni xotirlay boshladi. Biroq bularning har qaysisi ham ko'ngillari bo'shligidan uyalar va hech qaysisi o'z fikrini ochiq aytishga jur'at qilolmas edi.
Bizlar ba'zi vaqtlarda soatning chiqillab yurishiga o'xshash maxsus bir tovush eshitamiz-da, uning nima ekaniga e'tibor qilmay parvosiz yuraveramiz, bolalar ham xuddi ana shunday, bir necha vaqtlardan beri uzoqlardan qandaydir bir ajoyib tovush eshitib turar edilar. Bora-bora bu tovush aniqroq eshitiladigan bolib, o’ziga e'tibor qilishni talab eta boshladi. Bolalar seskanib, alanglab, diqqat bilan quloq sola boshladilar. Orada birmuncha vaqt hech qanday tovush eshitilmay tamom jimjitlik hukm surdi. Keym uzoqdan qandaydir gungurt «bum»! - degan tovush keldi.
Jo shivirlab:

  • Bu nima? - dedi

  • Tushuna olmadim! - dedi shivirlab Tom.

  • Bu havoning guldurashi bo'lsa kerak, o'rtoqlar, -dedi Geklberri qo'rqqan holda, - chunki, havoning guldurashi...

- Jim tursang-chi! - dedi Tom unga baqirib.- Shovqin qilmay quloq solib tur!
Ular bir daqiqa chamasi indamay turdilar, bu bir vaqt ham ular uchun allaqancha zamonlardek bo'lib ko'rindi. Keyin tantanali sukunat ichida yana o'sha gungurt «bum»! degan tovush eshitildi.
- Yuringlar, o'rtoqlar, borib ko'ramiz.
Uchovlari ham o'riiilaridan turib, o'z shaharchalari tomoniga qarab turgan qirg'oqqa yugurishib ketdilar. Chakalak shoxlarini ikki yoqqa surib, o'sha tomonga tikihb qaradilar. Suvning o'rtasida, shahardan bir mil chamasi pastroqda, bir kater suvning oqimiga qarab ketib borar, yana undan boshqa juda ko'p qayiqlar yuqori va pastga qarab suzib borar edilar. Biroq, bolalar o'sha qayiqlardagi kishilarning nima qilib yurganliklanni anglay ololinadilar. Behosdan haligi kater ustida oq tutun paydo bo'ldi; tutun ko'payib bulutdek bo'lib ketdi va shu bilan qahramonlarimiz qulog'iga ketma-ket uchinchi marta boyagiday gungurt tovush eshitildi.

  • Endi tushundiin, - dedi Tom, - biror kishi suvga g'arq bo'lgan!

  • Albatta shundaydir-da. - dedi Gek, uning so'zini quvvatlab. - o'tgan yil Bill Terner suvga g'arq bo'lganida ham xuddi shunday bo'lgan edi. O'shanda ham suv ustida to'p otib yurgan edilar. Shunday qilsalar. suvga botganlar suvning betiga qalqib chiqar emish. Yana shunday vaqtlarda ozghia non olib, uning ustiga simob qo'yib suvga tushirar ekanlar, haligi non suvga botgan kishining yotgan yeriga borib to'xtab qolar emish.

  • To'g'ri, buni men ham eshitgan edim, - dedi Jo. -Faqat men nonning qanday qilib o'sha yerga borib to'xtab qolishiga tushuna olmayman.

  • Bvnda, meningcha, gap nonda emas, - dedi Tom, -ish o'sha nonga o'qilgan duoda. Nonni suvga tushirgan vaqtda, albatta, uni indamay tushirmaydilar.

  • Hech narsa demaydilar, - dedi Gek, - nonni suvga tushirganlarini o’zim ko'rganman-ku, hech narsa deb o’qiganlari yo'q.

  • Qiziqsan-a!... - dedi Tom. - Balki ular sekingina o'z ichlarida o'qigandirlar. Albatta! Buni darrov payqab olish qiyin.

Tomning so'zini ma'qnl topdilar, chunki shunday bo'lmaganda, oddiy bir bo'lak nonning shunday ish bajarishiga ishonish qiyin.

  • Oh, qani endi shu vaqt o'sha yerlarga bora olsak, -deb qo'ydi Tom

  • Mening ham borgim kelyapti, - dedi Gek. - Suvga cho'kkanning kim ekanini juda ham bilging keladi kishi.

Birdan Tomning fikriga bir narsa kelib qoldi.
- Suvga cho'kkanning kimligini bildim. Suvga cho'kkan - O'zhniz!
Ular o'zlarini darhol qahramon deb his qila boshladilar. Qanday tantana, qanday baxt! Ularni axtarib, o'ldi deb motam tutadilar, qanchadan-qancha qayiqlar ovora, azob chekib, ko'z yoshlarini to'kadilar, toshmehrliklari uchun vijdon azobida qiynaladilar. Hammasidan katta quvonch shuki, ular to'g'risida butun shahar so'zlaydi, ularning botirliklariga barcha shaharning bolalari rashk qiladi. Bu yaxshi ish emasmi? Nihoyat, bitta shu shov-shuv uchungina o'g'ri-qaroqchi bo'lib yursang arziydi-ku!
Kun kech bo'lib, qorong'ilik tusha boshlashi bilan katerlar o'z joyiga qaytdi va qayiqlarning hammasi ko'zdan g'oyib bo'ldi. Qaroqchilar ham o'z lagerlariga qaytib keldilar. Ular shod-u xurramlik qilar, qarindosh-urug'larini shuncha tashvish ichida qoldirishlan bilan mag'rurlanar edilar. Ular baliq tutib, pishirib, kechki ovqatni yeb bo'lganlaridan keyin. shaharda hozir bular to'g'risida nimalar so'zlayotganliklari va qanday ishlar qilinayotganligi to'g'risida har xil taxmin va farazlar tuza boshladilar, shu bilan birga, ular shahardagi uniumiy qayg'uni ko'z oldilariga shunday gavdalantirib keltirar edilarki, undan o'zlariga zavq olar edi. Biroq qorong'i kechaning qora ko'lankalari ularni o'z quchog'iga olgandan keyin gap-so'zlari sekin-asta pasaya boshladi. Endi uchovlari haui yonib turgan o'tga tikilib o'tirar, fikrlari esa bosliqa uzoq yerlarda kezib yurar edi. Tom bilan Jo, bu qilgan ishlari o'zlariga yaqin ba'zi bir kishilar uchun uncha ko'ngilli bir ish bo'lmasligini eslamasdan turolmadilar. Shubhalar tug'ildi. Ikkalasining ham ko'ngillari tinchimas, ikkalasi ham o'zlarini baxtsiz sanar edilar, hatto ba'zi vaqtlarda yuraklari to'lib ketib, ixtiyorsiz uh tortib ytiborardilar. Hatto Jo o'z o'rtoqlaridan, hozir emas, qachon bo'lsa ham shaliarga qaytib borishga qanday qarashlarini so'rashga ham jur'at qildi.
Tom bu iikrni istehzolari bilan ko'mib tashladi. Gek ham Touming fikriga qo'shildi-da, bechora hardamxayol qahramon o'zini oqlab olish uchun: "Buni shunchalik aytgan edim-da!» deb tushuntirishga shoshildi. Ha, isyon boshlanishi bilanoq bostirilgan edi...
_Qorong'iliq qalinlasha borgan sayin Gek mudrab tez-tez burnini torta-torta, piravordida xurrak ota boshladi, uning orqasidan Jo ham uyquga ketdi. Tom bir qancha vaqt tirsagiga tayangani holda joyidan qo'zg'almay o'rtoqlariga qarab yotdi, keyin sekingina tiz cho'kib, gulxanning miltillab turgan yorug'ida yerdagi o'tlarning orasini timirskilab qaray boshladi. U yerdan uch-to'rtta katta-katta oq anjir po'stloqlarini topib, ularning orasidan ikkita durustrog'ini ajratib oldi-da, o'chay-o'chay deb unltillab yotgan olov yoniga cho'kkalab o'tirdi va bu ikki po'stloqning har qaysisiui tirnab, uch-to'rt so'zdau iborat yozuv yozdi. Bulardan birini o'z choiitagiga soldi-da, ikkhichismi Joning qalpog'i ichiga tiqib, boshidan nariroqqa qo'ydi. Bundan tashqari, u yana o'sha qalpoq ichiga uch-to'rt narsani solib qo'ydi; bular ichida bir bo'lak bo'r, rezinka, uchta qarmoq va yana «chinakam xrustal» deb ataladigan bir soqqa ham bor edi. Keyin sekingina oyoqlarining uchi bilan yurib, daraxtlar orasidan keta boshladi; u o'rtoqlari yiroqda qolganliklarini va qadani tovushlari eshitilmay yotganini sezgach, chopganicha daryo bo'yiga qarab ketdi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə